O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


To‘siq qo‘yish uchun zaruriy xulosalar



Download 3,65 Mb.
bet72/205
Sana26.06.2022
Hajmi3,65 Mb.
#706774
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   205
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

To‘siq qo‘yish uchun zaruriy xulosalar


  1. To‘siq qo‘yuvchini bajarish uchun sakrashi taranglashuv bilan (shu jumladan, joyida ham) va bevosita to‘pning yaqinida bajarilishi kerak.

  2. Itarilishda bukilgan qo‘llar bilan kuchli siltanish lozim.

  3. To‘siq qo‘yuvchilarning sakrash trayektoriyasi vertikal (bir qo‘lda bajarilgan hujum zarbalariga to‘siq qo‘yishdan tashqari holatlarda) bo‘lishi kerak.

  4. To‘p barmoqlar bilan qaytarilishidan so‘ng raqib maydonchasiga tushishi zarur.

  5. Havoda turganda qo‘shimcha qarash, uning zarbasi yo‘nalishini bila olishi lozim. To‘p arqonga tegib ketishi yoki to‘pning yaqinidan uzatishlari bajarilganda esa to‘pga qarash kerak.

  6. Uzatishlar bilan bajariluvchi hujum zarbalarini qo‘llarni to‘pga ko‘ndalang tomonlardan biriga o‘tkazish orqali to‘siqlash kerak, kaftlarni shunday tutish kerakki, to‘pning ketishi maydoncha tomonga bo‘lsin.

  7. To‘siq qo‘yish uchun qo‘l barmoqlarini imkon qadar zarba joyiga yaqin tutish lozim. Bu bilan maydonchaga tushadigan zarba ehtimoli kamayadi.

  8. To‘siqni bajarishda hujumchining ham, o‘zining ham bo‘yi va sakrash balandligini hisobga olish zarur, bunda quyidagi qoidaga amal qilinadi: agar to‘siq qo‘yuvchilar hujumchidan pastroq bo‘lsa, ular hujumchidan keyinroq sakrashlari va qo‘llarini yuqoriga cho‘zishlari, agar balandroq bo‘lsalar – unda ertaroq sakrashlari va barmoqlarini hujum joyiga yaqinroq qo‘yishlari lozim.

8. Yuqoriga ko‘tarilib to‘g‘rilangan qo‘llar bilan pastlashish kerak.

  1. Guruh bo‘lib to‘siq qo‘yilganda, kimning hududida zarba bajariladigan bo‘lsa, o‘sha to‘siq qo‘yuvchi sakrash joyini tanlaydi, boshqasi unga moslashadi.

Mavzu bo‘yicha nazorat savollari:


    1. Klassik voleybolga qisqacha tavsif bering.

    2. O‘yin funksiyalari mohiyatini yoritib bering.

    3. Hujumni tashkil etish usullarini ko‘rsating.

    4. Guruhli to‘siq qo‘yishda markaziy to‘siq qo‘yuvchining vazifalari nimalardan iborat.

    5. Hujum zarbalarida kuch impulsini aniqlash usullari qaysilar.

    6. Voleybolchilarning harakatini tavsiflang.

    7. Hujumchi harakatlarining tuzulish xususiyatlari nimalardan iborat.

    8. Turush holatlariga tavsif bering.

    9. To‘pni qabul qilish va uzatish texnikasini izohlab bering.

    10. Uzatishning bir tomonlama qattiq usuli haqida nimalarni bilasiz.

    11. To‘siq qo‘yish texnikasini izohlang.

    12. Zamonaviy voleybolda himoyada o‘ynashga tasnif bering.

    13. Himoyada harakatli vazifalarni hal etishning asosiy shartlari nimalardan iborat.

    14. Himoyachilarning tayyor holatini ta’riflang.

    15. O‘yinga kiritilgan to‘pni qabul qilish texnikasi deganda nimani tushunasiz.

    16. Himoyalanishni amalga oshirishda o‘yinchi harakatlari xususiyatlari nimalardan iborat.

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish