O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Turish holatlari, siljish va to‘xtash



Download 3,65 Mb.
bet35/205
Sana26.06.2022
Hajmi3,65 Mb.
#706774
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   205
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

Turish holatlari, siljish va to‘xtash

      1. Turish holatlari


Voleybolda turish holatlari o‘yinni muvaffaqiyatli olib borilishida katta ahamiyatga ega. U yoki bu turishda butun o‘yin davomida bo‘ladi. Bajarilishi oson bo‘lsada, ko‘pincha turishda – o‘yinchilar tomonidan xatolikka yo‘l qo‘yiladi.


Voleybolchining turishi – bu gavdaning eng oqilona holati bo‘lib, o‘yin jarayonida to‘pni samarali va ishonchli ishlashda, yoki harakatni bajarishga tayyorlanishga imkon beradi.
Ratsionallik, ya’ni samaradorlikning universal mezoni bo‘yicha foydalilikni qulaylik bilan adashtirmaslik lozim. O‘yinchi uchun o‘ta noratsional turish ham qulay bo‘lishi mumkin (yoki boshqa har qanday element), ular odatlanish, ko‘p martalab takrorlash mahsuli bo‘ladi. Ratsional samarali turish qulay va odatiy bo‘lishi lozim – kelajak uchun kerak.



  1. rasm.

Ba’zi o‘yin usullarida (pastdan va yuqoridan uzatish, qabul qilish, himoyada o‘ynash va b.) turish holatlari boshlang‘ich holat hisoblanadi (hujum zarbasi, to‘siq to‘pni yetkazish, himoya va oldini olishda).


Hal etuvchi vazifalarning turlichaligi turishlarning farqi va ularga talablarni belgilaydi. Yuqori, o‘rtacha va pastki turishlarni farqlash mumkin. Yuqori turishda hujumchilar, to‘siq qo‘yuvchilar, to‘pni o‘yinga kirituvchilar va ko‘pincha bog‘lovchilar turadi. O‘rtacha turishda to‘pni qabul qiluvchilar turib, ko‘pincha hujum zarbalarini qabul qiladilar, oldini oladilar va ikkinchi uzatishni bajaradilar. Pastki turishda himoyachilar turishadi (2-rasm). Bunda UOM (umumiy og‘irlik markazi)ning holati navbatdagi harakatning xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Shuni ham ta’kidlash o‘rinliki, o‘yinchining bo‘yi va uning koordinatsion qobiliyati UOMga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham samarali
turish holati shunday bo‘lishi kerakki, bunda UOM tezda tayanch chegarasidan chiqarilib, zarur harakatlanish va faoliyat ko‘rsatish imkoniyatini bera olsin.
Ularning farqi oyoqlarning bukilishida, tovonlar o‘rtasidagi masofa va havoda egilishining burchagi bilan belgilanadi. Barcha turishlar statik (o‘yinchining harakatsiz) va dinamik (asosiy tayanchni bir oyoqdan ikkinchisiga o‘tkazish bilan to‘pni qabul qilish, hujum zarbasini berish yoki to‘siq qo‘yishni kutishda) turlarga bo‘linadi. Keyingisi qadamlash va sakrashlar bilan amalga oshiriladi. Turishlar o‘yin harakatlarini tez boshlash va to‘pni ishlashni qulaylashtirish uchun mo‘ljallangan. Bu turish holati qanchalik pastroq bo‘lsa, oyoqni tizzalardan bukish va gavdani oldinga ko‘proq engashtirishni talab etadi. Bunday turishda, yelkani pastga egiltirgan holda, aks ettiruvchi turish holatining qattiqligini osonroq tashkil etish mumkin.
Aksincha, egilgan gavdada, yelka yuqoriga ko‘tariladi, qo‘llar tabiiy holda pastda bo‘ladi, bu himoyada va to‘pni qabul qilishda noqulaydir. Bunday dastlabki holatda aks ettiruvchi turish holatini tashkil etish uchun, o‘yinchi qo‘lini yuqoriga, to‘pga tomon ko‘tarishiga to‘g‘ri keladi, bu esa to‘pning zarbadan keyingi katta uchish tezligida qarshi zarba bo‘ladi, yetkazish aniqligini pasaytiradi.
Bunday bo‘shashgan holatda uchib kelayotgan to‘pga tezroq ta’sir ko‘rsata oladi, degan qarashlar asossizdir. Sportchilar tajribasi ham, eksperimental ma’lumotlar ham shuni ko‘rsatadiki, masalan, sprinter start holatida qolipni bosib turgan bo‘lsa, bu start vaqtini qisqartiradi. Shu bilan birga, muskullarni haddan ortiq taranglashtirish ham o‘yinchini “qisib” qo‘yadi va to‘pga tomon harakat boshlashini sekinlashtiradi. Shuning uchun, o‘yinchilar tezroq start olishga imkon beruvchi o‘zgaruvchan holda turishdan foydalanadilar.

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish