Umumiyvamaxsustayyorgarlikningbirligi. Sportda ixtisoslashish sportchini har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydi. Organizm imkoniyatlarining umumiy yuksalishi, jismoniy va ruhiy qobiliyatlarni takomillashuvi asosida sport turi bo‘yicha yuksak natijalarga erishiladi. Sportda barkamol bo‘lishning asosiy qonunlari sport trenirovkasi chuqur ixtisoslashtirilgan bo‘lishi bilan birga har tomonlama rivojlantirishni ta’minlashi kerak. Qaysi qobiliyat, jismoniy fazilat yaxshi rivojlangan bo‘lishi sport turining o‘ziga xos bo‘ladi. Har bir harakat va jismoniy mashqda turli harakat malaka va mahoratlari o‘zaro hamkorlikda ishlaydi. O‘zlashtirilgan malaka va mahoratlari qanchalik keng bo‘lsa, yangi harakatlarni o‘zlashtirish imkoniyati shuncha kattadir. Yangi harakat faoliyati ilgari o‘rganilgan harakatlar zaminida paydo bo‘ladi va ularni o‘z ichiga oladi.
Voleybol bo‘yicha maxsus ixtisolashtirilgan mashg‘ulotlar 10-12 yoshdan boshlab o‘tkaziladi. Lekin, “chuqur” ixtisoslashtirilgan tayyorgarlik jarayonigacha yosh sportchilar har tomonlama jismoniy, texnik va taktik tayyorgarlikka ega bo‘lishlari maqsadga muvofiq. 15-16 yoshga to‘lgan o‘smirlar bilan ishlashda universalizatsiya prinsipi ustun turadi. 17-18 yoshda – o‘quv-trenirovka jarayoni individuallashgan yo‘nalishda bo‘ladi. O‘yinchilarni mahorat-iste’dodi doirasida ularni egallagan o‘yin funksiyalari yanada chuqur ixtisoslashtirilib, shakllantirilib boriladi.
Mashg‘ulotninguzluksizligi, yuklamavadam olish tartiblari. Har bir trenirovka jarayonida o‘rganiladigan harakatlar malakalari avvalgi o‘rgangan harakatlar bilan qo‘shilib boradi. Bu bilan sportchining jismoniy fazilatlar rivojlanishi harakat malaka va ko‘nikmalarining hajmi ortib borishi ta’minlanadi. Uchinchi holatda shuni aytish mumkinki, sport trenirovkasi jarayonida yuklama bilan dam olishni almashtirib turish o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Trenirovka mashg‘ulotlarida sportchini umumiy holati to‘la tiklangan holda bo‘lmaydi. Buning uchun organizmga dam berish, shundan so‘ng mashg‘ulotlarni davom ettirish talab etiladi. Charchoqni butunlay yo‘qotish uchun yetarli dam olish, sportchining tayyorgarlik darajasi
yuqori bo‘lishi, shifokor-pedagogik nazorat puxta tashkil etilgan bo‘lishi shart. Har trenirovka mashg‘ulotini ish qobiliyatlari tiklangandan so‘ng boshlash natijalarni ijobiy ravishda ortishiga olib keladi. Bu talab har bir trenirovka mashg‘ulotlariga emas, balki trenirovkalarning siklik jarayonlari hafta, oylik hajmiga qo‘yiladi. Trenirovkalarning va dam olishlarning intervali trenirovkalar davri va bosqichlariga bog‘liq.