Taktik o‘tish harakatlari
O‘yinchilarning o‘tish taktik harakatlari hujum vaziyatining mudofaaga va aksincha, harakatlarni almashtirish bilan xarakterlanadi. O‘yinchilar o‘tish harakatlarining joylashuv bo‘yicha o‘z o‘rinlarida, shuningdek, joyni, faol harakatlar zonasi va funksiyalarini almashtirilgan holda ham bajarishlari mumkin. (36-jadval)
O‘yinchilarning o‘tish taktik harakatlari himoyadan hujumga va aksincha amalga oshirilib, hujumda ham, himoyada ham butun jamoaning o‘yin samaradorligini belgilaydi. O‘yin vaqtida bevosita hujum va himoya harakatlarining muvaffaqiyati alohida o‘yinchilar va butun jamoaning hujumdan himoyaga va aksincha, o‘yinga tez va uyushqoqlik bilan o‘ta olishiga bog‘liqdir. Bu ayniqsa, jamoaning “tezkor” o‘yinida alohida ahamiyat kasb etadi. O‘yinchilarning o‘tish harakatlari joylashuv bo‘yicha o‘z o‘rnini, faollik zonasi va funksiyalarini almashtirgan holda ham bajarishi mumkin. O‘tish harakatlari aralash holda, takroriy va aksincha: masalan, hujum-hujum- himoya-himoya-hujum shaklida bo‘lishi mumkin.
Strategiya deyilganda umumiy yo‘nalishda odatda alohida maqsadlarni qo‘yish va erishish tushuniladi. Ular joriy maqsadlarga mos kelmasligi mumkin. Biroq tezkor (joriy) maqsad va vazifalar strategik maqsadlarga erishishda yordam berishi mumkin va zarurdir. Jamoani boshqarish san’ati shundan iborat. O‘yinda yutqazish mumkin, yosh istiqbolli tarkib bilan o‘ynab ko‘rish kerak, oqibatda asosiy masalada yutib chiqish va ko‘p yillar o‘ynaydigan jangovor jamoaga ega bo‘lish mumkin. Kelajak haqida tafakkur – bu strategiyadir. U taktikaga qaraganda ustuvor hisoblanadi.
Strategik vazifalarga quyidagilarni kiritish mumkin:
zamonaviy voleybolning rivojlanish tendensiyalarini aniqlashtirish va tahlil etish;
asosiy raqiblarning o‘yin xususiyatlarini o‘rganish;
jahon tendensiyalari va o‘yinning rivojlanishini hisobga olgan holda jamoaning yangi ko‘rinishini tanlash;
ayrim asosiy musobaqalarga mo‘ljal olgan holda jamoaning tarkibini shakllantirish (Olimpiya o‘yinlari, jahon chempionati);
asosiy musobaqalarning vaqtlarini va shartlarini o‘rganish, undan jamoani samaraliroq tayyorlashda foydalanish;
musobaqalarni, tayyorgarlik vazifalari va maqsadlarini tabaqalashtirish;
voleybolchi o‘yinchilarni tayyorlash tizimining barcha bo‘g‘inlarini qayta qurish, jahon voleybolining rivojlanish tendensiyalari doirasida o‘yinchilarni tayyorlash uslubini yaratish;
- jamoa tarkibini shakllantirish imkoniyatlarini, iqlimni, asosiy musobaqalarni, vaqt va yil fasllarini, musobaqa o‘tkazish qoidalari, vaqti va boshqalarni hisobga olib, jamoani bo‘lg‘usi musobaqalarga tayyorlashning strategik modelini tanlash va ro‘yobga chiqarish;
ushbu vazifalarni amalga oshirish darajasi jamoa va umuman, voleybolni strategik boshqarish san’ati bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |