O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Sport mashg‘uloti davriyligining mohiyati



Download 3,65 Mb.
bet180/205
Sana26.06.2022
Hajmi3,65 Mb.
#706774
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   205
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

Sport mashg‘uloti davriyligining mohiyati


“Sport formasi” termini tajribaga asoslangan holda paydo bo‘ldi va keyinchalik sport mashg‘uloti to‘g‘risidagi ilmiy g‘oyalarning rivojlanishi bilan turli mualliflar uni ilmiy ta’riflashga harakat qildilar va yaqin vaqtlargacha sport formasi mohiyati to‘g‘risida yagona tushuncha yo‘q edi. Sport formasi qo‘zg‘alish-tormozlanish jarayonlarining katta konsentratsiyalangan holati sifatida ta’riflana boshlandi, bunda murakkab morfologik, bioximik, fiziologik funksiyalar takomillashadi. “Sport formasi” deb, sportchining eng yuqori natijaga erishishga imkon beradigan holatiga aytiladi. Bu holat jismoniy, texnik, taktik va psixo- funksional tayyorgarlikning eng yuqori darajada shakllangan “cho‘qqi”si bilan belgilanadi.


Sport formasining mezoni tariqasida eng avvalo yuksak sport natijalarining mavjudligi, ularning mustahkamligi va o‘sib borishini hisoblash zarur. Sog‘liq holati, jismoniy rivojlanganlik, jismoniy va psixologik tayyorgarlik sport formasini tashkil qiluvchi qismlari hisoblanadi. Sport formasi kishidan yaxshi sog‘liqni, funksiya sistemalarining yuqori darajada takomillashganligi, katta yuklamalarga organizmning bardosh bera olishi, tabiat omillariga yuqori darajada ko‘nikish, psixik jarayonlarining yuqori darajada salmoqliligi, shuningdek, hayotiy aktivligi (tetikligi, xushchaqchaqligi, harakatchanligi)ning yuqori darajada bo‘lishini talab qiladi.
Jismoniy rivojlanishdan muskul sistemasining rivojlanganligi (ma’lum me’yorgacha, har tomonlama, optimal), tana og‘irligi va uning qismlari (tayangan va tayanmagan holatlarda) harakatlarini boshqara bilish, tayanch harakat apparatining mexanik mustahkamlanishi, tashqi nafasning yaxshi rivojlanishi zarur. Jismoniy tayyorgarlikdan u sportning xususiyatiga qarab harakat fazilatlarining o‘zaro munosabati, eng katta yuklamalarga bardosh berish, texnik tayyorgarlik darajasi, katta
musobaqalarda qatnashish tajribasi mavjudligi talab qilinadi. Sport formasida bo‘lgan sportchining psixik tayyorgarligidan esa, nerv jarayonlarini muvozanatlashtirish qobiliyati, o‘zini yaxshi jalb qila olishi, juda yaxshi his qilish xususiyatiga ega bo‘lishi talab etiladi. Albatta, sport formasining bu komponentlariga xususiy ko‘rsatkichlar tarzida qarash lozim, ularning har birini batafsil aniqlashtirish uslubiy imkoniyatlarga va bu murakkab masalalarni yoritishda ilmiy yondashishning darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Yillik tayyorgarlik siklining davrlar va bosqichlarga bo‘linishi ko‘p yillik sport trenirovkasi jarayonida yuqori malakali sportchilar tayyorlash, ish qobiliyati va “sport formasi”ni muayyan tartibda shakllantirish, ushbu faollikni ma’lum muddat ichida (musobaqa sikli davomida) saqlab turish, uni tiklab borish, “vaqtincha yo‘qotish” va yana qayta shakllantirish bilan bog‘liq vazifalarni yechishga qaratilgan.
Birinchi faza – sport formasini shakllanishiga poydevor yaratish va uni eng takomil darajasiga ko‘tarilishini o‘z ichiga oladi. Bu faza ikki pog‘onadan iborat: sport formasining rivojlanishi uchun sharoit yaratish va uning bevosita shakllanishi. Birinchi pog‘ona organizm funksional imkoniyatlarining umumiy darajasini oshirish, sportchining jismoniy va irodaviy fazilatlarini har tomonlama rivojlantirish, turli-tuman harakat, ko‘nikma va malakalarini, shu jumladan, tanlab olingan sport turi texnikasining yangi elementlarini va taktikasini shakllantirish bilan xarakterlanadi. Bu bosqich anchagina biologik qayta tiklanishlar, jismoniy sifatlar va harakat koordinatsiyasidagi katta o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi. Bunda turli jismoniy sifatlarning rivojlanishi orasida moslik bo‘lmasligi mumkin.
Ikkinchi bosqichda o‘zgarish jarayonlari ixtisoslashgan xarakterda bo‘ladi. Sportchi organizmida sodir bo‘ladigan barcha o‘zgarishlarga maxsus mashq qilganlik va ixtisoslashgan fazilatlarning rivojlanishi hukmronlik qiladi.

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish