O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 3,65 Mb.
bet161/205
Sana26.06.2022
Hajmi3,65 Mb.
#706774
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   205
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

Uchtalik to‘siqdagi himoyada jamoaviy o‘yin taktikasi. O‘yinchilar uchtalik to‘siqni to‘r chekkasida ham, shuningdek, o‘rtasida ham qo‘llashlari, orqa qator o‘yinchilari esa himoyalash yoki himoyalashsiz maydonchani qo‘riqlashlari mumkin. O‘yinchilarning joylashuv variantlari 45-46-rasmlardagi sxemalarda keltirilgan.


A B



V G


45-rasm

  1. rasm sxemalarida uchtalik to‘siq to‘r chetlaridan (A va B variantlar) va to‘r o‘rtasidan (B va G variantlar) hujumlarda maydonchaning markaziy qismini yopib qo‘ygan holatlarda himoyalanuvchi jamoa o‘yinchilarining joylashuvi keltirilgan. A va G variantlar to‘siqni himoyalashsiz (straxovka), B va V esa-himoyalashni (straxovka) nazarda tutadi. 45-rasm sxemalarida to‘siqchilar tomonidan hujum uchun yon chiziq bo‘ylab erkin yo‘nalish qoldirilgan holda, himoyalashda o‘yinchilarning namunaviy joylashuvi ko‘rsatilgan. B va V variantlarda to‘siqni himoyalash (straxovka) bilan, A va G varintlarda esa himoyalashsiz (straxovka).



A B



V G


46-rasm.

To‘siq qo‘yishning bunday usullari, qachonki, raqib yon chiziq bo‘ylab deyarli hujum qilmaydigan holatlarda qo‘llaniladi. 46-rasm chizmalarida yonlanma chiziq bo‘ylab va maydonchaning o‘rtasida raqibning hujum yo‘nalishini yopuvchi uchtalik to‘siqda himoyachilar joylashu-vining maqsadga muvofiq usullari ko‘rsatilgan. Bu raqib to‘r bo‘ylab aylanib o‘tuvchi zarbalardan foydalangan holatlarda o‘zini oqlaydi. B va V variantlarda orqa qator himoyachilaridan biri to‘siqni himoyalaydi (straxovka), A va G variantlarida esa himoyalash (straxovka) bo‘lmaydi.




A B



V G


    1. rasm.

O‘yin va himoyada uchtalik to‘siqdan foydalanishning afzalliklari va kamchiliklari ham bor. Himoyachilar sonini kamayishidan to‘r oldida himoya kuchayadi, mudofaa esa zaiflashadi. Himoyachilar uchta (agarda bittasi to‘siqni himoyalamasa) yoki ikkita bo‘ladi. Uchtalik to‘siqdan foydalanilganda, qarshi hujumni tashkil etish qiyinlashadi, ayniqsa, birinchi temp bilan, chunki to‘siqda qatnashuvchi o‘yinchilar zarba uchun o‘z vaqtida yugurib kelishni bajarishga ulgurmay qoladilar. Shu bilan birga, raqibning hujumchi o‘yinchisiga ham uchtalik to‘siqqa qarshi kurashish vazifasi anchagina murakkablashadi. Uni aylanib o‘tuvchi zarba bilan “o‘tish” yoki kuchli zarba yordamida “yorib o‘tish” ham qiyin bo‘ladi. Shuning uchun, hujumchilar vujudga kelgan bunday vaziyatlarda ko‘pincha zarba o‘rniga to‘pni to‘siq orqasiga uloqtirish usulidan foydalanadilar. Bu himoyalanuvchi o‘yinchilarni, maydonchaning orqa qismi himoyasini birlashtirgan holda, to‘siqni himoyalashga majbur etadi. Jamoalar uchtalik to‘siqdan ancha kuchli, ikkitalik to‘siqdan osongina yengadigan raqib hujumchilariga qarshi foydalanadilar. Shuningdek, himoyachilar yuqori tezlikda uchayotgan to‘pni qabul qila olmaydigan holatlarda ham bu usul qo‘l keladi. Raqibning hujumlariga qarshi harakatning bunday usullarini raqib hujumchisining “birdaniga” zarba berishlarida, shuningdek, to‘rga uzoqdan va yaqindan uzatishlarda qo‘llash maqsadga muvofiqdir.


O‘yinchilar uchtalik to‘siqni raqibning yuqoridan uzatilgan zarbalari sharoitida “ko‘rib chiqishga” ulguradilar – bunda to‘siqchilar to‘siq qo‘yish joyiga siljish uchun, shuningdek, barcha o‘yinchilarga kim hujum qilishi oldindan ma’lum bo‘lgan hollarda ham yetarlicha vaqtga
ega bo‘ladilar. Eng afzali, intuitsiya bo‘yicha uchtalik to‘siqni himoyalash yoki umuman himoyalashsiz tizimlar hisoblanadi, biroq, o‘yinda vujudga keladigan aniq o‘yin vaziyatlaridan kelib chiqish lozim.

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish