4-variant. To‘siqni ikkita bo‘lib himoyalash. To‘rning o‘rtasida ikkitalik to‘siqni ikki o‘yinchi bilan himoyalash tizimi ko‘pincha o‘z- o‘zidan kelib chiqadi. To‘siqda qatnashmayotgan to‘siqchi, ba’zida hujum zonasiga shunchalik yaqin kelib qoladiki, faqat himoyalashda (“asosiy” himoyalovchi bilan birgalikda) foydali harakat qilishi mumkin bo‘ladi. Ikkilangan himoyalash to‘r chetlaridan bo‘ladigan hujumlarda ham foydalaniladi. “Asosiy” himoyalovchiga, guruhli to‘siqda qatnashmayotgan birinchi qatordagi yana bir o‘yinchi qo‘shiladi.
To‘siqni ikkilanma himoyalash tizimi ko‘pincha “aldovchi” jamoalar hujumchilari bilan bo‘lgan o‘yinlarda qo‘llaniladi. Keyingi holatda to‘p to‘siqchilarning qo‘lidan sakrab ketadi va trayektoriyasini o‘zgartirib, ko‘pincha to‘siqning orqasiga, eng kutilmagan yo‘nalishlarga tushadi. Bunday to‘plarni qabul qilishga bitta himoyalovchining kuchi yetmaydi. Bunday vaziyatlarda ikkilanma himoyalash vaziyatdan chiqish hisoblanadi.
Buni ikkilanma himoyalash tizimining ijobiy tomoni deb hisoblash mumkin. Maydonchaning oldingi qismida o‘yinchilarning ko‘pchilik bo‘lib qolishi, raqibning tezlikdagi o‘yinida vujudga keluvchi nostandart vaziyatlarda qo‘l keladi. Tizimning kamchliklariga maydonchaning butun orqa qismini himoyalovchi himoyachilar sonining kamligini (ikkita) ko‘rsatishi mumkin.
5-variant. Intuitsiya (ichki sezgi) bo‘yicha ikkitalik to‘siqni himoyalash (straxovka) tizimi. O‘yinchilar mudofaaga 43-rasmdagi, B
va G sxemalarga muvofiq joylashadilar. Uning mohiyati shundan iboratki, intuitsiya asosida himoyalashni raqibning hujumlariga qarshi harakat qiluvchi to‘rtta himoyachilardan biri amalga oshiradi. Odatda himoyalashga chetdagi himoyachilar qo‘shiladi, biroq to‘p oldilaridagi maydonchaga tushadigan himoyachilar ham himoyalashi mumkin. O‘yinchilarning kuzatuvchanlik va tahlillash qobiliyati, intuitsiya va tajribalari qanchalik yuqori bo‘lsa, mudofaadagi o‘yinchilarning himoyalashda maqsadga muvofiq qo‘shilishlari ham shunchalik ertaroq bajariladi. Himoyachi himoyalashga chiqqanida qolgan o‘yinchilar bo‘sh qolgan zonani nazorat qiladilar.
Intuitsiya bo‘yicha himoyalash tizimining kuchli tomonlariga maydonchaning himoyasi to‘rtta himoyachi tomonidan amalga oshirishini ko‘rsatish mumkin. Tizimning bo‘sh tomoni – doimiy asosda himoyalovchi o‘yinchining bo‘lmasligidir. Bunday himoyalashda to‘siqchi o‘yinchining qo‘liga berilgan zarbadan so‘ng to‘siqning orqasiga sakrovchi to‘pni qabul qilish deyarli imkonsizdir. Tajribada, o‘yinchilarning intuitsiyasi va oyoqlarning tezligi qanchalik yuqori bo‘lsa, tizim ham shunchalik samarali “ishlaydi”. Bu himoyachilarga hujumning rivojlanishini ko‘ra bilish, “o‘yinni oldindan o‘qiy olish”, o‘z vaqtida samarali qaror qabul qilish va uni amalga oshirishiga imkon beradi.
Intuitsiya bo‘yicha himoyalash (straxovka) bilan himoyalash tizimini o‘yinchilar kuchli hujumga ega bo‘lgan, baland bo‘yli hujumchilarning kuchli zarbalariga tayanadigan jamoalar bilan bo‘lgan o‘yinlarda qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Ular aldovchi zarbalar va to‘siqda hujumlarni kamdan-kam ishlatadilar, bundan himoyachilar ham foydalanadi, himoyalashni qo‘llamaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |