A B
V G
44-rasm
Ikkinchi zonadagi to‘siqda himoyachilar va himoyalov (straxovka)chilar “ko‘zgu”dagi kabi joylashadilar. To‘siqda qatnashmaydigan o‘yinchining himoyalanishida (straxovkada) bo‘lishi varianti afzalliklariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Maydonchaning himoyasida doimo orqa qatordagi uchta himoyachi o‘ynaydi, bu uning yuqori samaradorligini belgilaydi. Himoyaning ikkinchi eshelonidagi o‘yinchilarning funksiyalari soddalashadi – chunki
himoyalash (straxovkaga) va to‘siqda qatnashish uchun “qo‘shilish” kerak emas.
Himoyachilarning zarba oldidan joy tanlash uchun harakatlanishi kam darajada bo‘ladi. Bu ularning to‘pni qabul qilishda deyarli doimiy tayyorligini ta’minlaydi. To‘siqni himoya (straxovka)lashning bunday usuli kamchiliklariga quyidagilar kiradi:
Qarshi hujumni tashkil etishdagi qiyinchiliklar, bular hujumga qarshi turish jarayonida barcha hujumchilarning bitta “hududda” to‘planib qolishlari sababli (ikki kishi to‘siqda qatnashadi, uchinchisi to‘siqchilarni himoyalaydi) kelib chiqadi. Ikkinchi zonada to‘siqni tashkil etishda muammo chuqurlashadi. To‘pning to‘rga yetib kelmasligida ko‘pincha shunday vaziyat vujudga keladiki, hech kimga to‘pni uzatib bo‘lmay qoladi, chunki, to‘rtinchi zonadagi o‘yinchilar to‘siqdan keyin to‘rdan uzoqlashib joylasha olmaydi va zarba berish uchun yugurib sakrashni birinchi tempda ham, ikkinchi tempda ham bajarishning imkoni qolmaydi. Ikkinchi zonaga uzatish esa o‘ng qo‘llar uchun noqulay bo‘ladi, chunki to‘p noqulay chap tomondagi hujumchiga zarba uchun yaqinlashadi.
Vaziyatdan chiqish sifatida ikkinchi qatordagi o‘yinchilarning hujumlaridan foydalaniladi. Ular ma’lum darajada himoyalash (straxovka)ning ushbu tizim kamchiliklarini qoplaydi. Oldingi qatordagi o‘yinchining to‘siqni himoyalash tizimidagi boshqa bir zaif tomoni raqibning “tikka” trayektoriyali, to‘p yon chiziq hududiga tushadigan aldovchi zarbasini qabul qilishdagi qiyinchiliklarni ko‘rsatish mumkin. Himoyachi o‘yinchi odatda to‘rning chetidan qarshi hujumga ulgurish uchun, maydonchaning ancha ichkarisiga kirib qolishdan cho‘chib turadi va shu sababli ko‘pincha yon chiziq bo‘ylab to‘siqning orqa tomoniga yo‘naltirilgan to‘pga yetishga ulgurmay qoladi.
Uchinchi kamchlikgi shundan iboratki, himoyada majburan o‘ynayotgan o‘yinchilar, bog‘lovchilarga qaraganda kamroq harakatchandir, bular odatda himoyalash (straxovka) harakatlarini boshqalardan samaraliroq bajaradilar. Oldingi qatordagi o‘yinchining ikkitalik to‘siqda himoyalash tizimida to‘rning o‘rtasida tez o‘ynaydigan (bunda orqa qatordagi o‘yinchilar straxovkalashga yetib kelishga ulgurmaydilar), yoki to‘rning chekkasidan ikkinchi tempdagi pasaytirilgan uzatishli kuchli hujumlar chiqaruvchi jamoalarga qarshi o‘yinlarda qo‘llash (himoyalanayotgan jamoaning ikkinchi qatordagi o‘yinchilari orqa qatordan samarali qarshi hujum qilishni eplasa) foydaliroqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |