O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 3,65 Mb.
bet155/205
Sana26.06.2022
Hajmi3,65 Mb.
#706774
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   205
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

Hujum zarbalarini qabul qilishning jamoaviy taktikasi. Himoyada o‘yinchining taktik tizimlarini shartli ravishda uchtalik, ikkitalik va yakka to‘siqlardan foydalanishga ajratish mumkin. Ikkitalik to‘siqdan foydalangan holda hujum zarbalarini qabul qilish taktikasi. Himoyadagi ushbu o‘yin tizimini birinchi navbatda qarab chiqamiz, chunki raqibning hujumlariga ikkitalik to‘siqdan foydalanib qarshi harakat qilish vaziyati o‘yinda boshqalardan ko‘ra ko‘proq uchraydi. Odatda bu to‘rning chekkalarida yuz beradi; bunda o‘yinchilar joylashuvining o‘ziga xos klassik vaziyati shakllanadi, bu haqida mashhur olimlardan Yu.D.Jeleznyak, M.M.Glyzerlarning kitoblarida ma’lumotlar berilgan. To‘rning o‘rtasidagi ikki himoyalanuvchi o‘yinchilarning guruhli to‘sig‘i ham unchalik kam uchramaydi va uni e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi.

A B


Himoyada qo‘llaniluvchi o‘yin tizimlarining farqi asosan to‘siq qo‘yuvchilarni himoyalashning (straxovka) yoki uning yo‘qligi variantlari; kim himoyalashi (straxovka qilishi) va unda nechta o‘yinchi qatnashishi bilan aniqlanadi. Biroq himoyalanuvchi jamoa o‘yinchilarining joylashuvi zarba berilishi vaqtida standart holatda bo‘ladi va hujum hududi bilan belgilanadi. To‘r chekkalaridan hujum vaqtida o‘yinchilar joylashuvining standart (tayanch) sxemasi (43-rasm, A va B), to‘rning o‘rtasidan hujum qilishganda esa shu rasmning (B va G) variantlarida keltirilgan (A va B) variantlar – to‘siqning
himoyalanishi (straxovkasi) bilan, (V va G) variantlari himoyalanishsiz (straxovkasiz).


V G


43-rasm.
1-variant. Oldingi chiziqdagi (to‘siqdan bo‘sh bo‘lgan) o‘yinchi bilan ikkitalik to‘siqni himoyalash (straxovka)dagi o‘yin tizimi. Jamoalar ko‘pincha himoyada shunday o‘yin tizimidan foydalanishadiki, bunda himoyalash (straxovka)da, to‘siqda qatnashmaydigan oldingi chiziq o‘yinchisi ham aralashib ketadi. Agar to‘siq ishonchli zonada bajarilsa, unda mudofaadagi o‘yinchilarning funksiyalari quyidagi tarzda taqsimlanadi:
To‘siqni himoya (straxovka)lashda to‘rtinchi zona o‘yinchisi qatnashadi. Birinchi zona himoyachisi yon chiziq bo‘ylab yo‘naltirilgan to‘pni qabul qilish uchun javob beradi. Beshinchi zona himoyachisi hujum chizig‘ining oldiga o‘tib olib to‘siq yonidan bo‘lgan zarbalarga qarshi harakat qiladi. Oltinchi zona o‘yinchisi to‘siq qo‘yuvchilar o‘rtasidan yo‘naltirilgan va to‘siqdan yuqoridan uchib o‘tuvchi to‘pni qabul qiladi, bunday holat zich qo‘yilmagan to‘siq vaziyatlarida ro‘y beradi.
To‘siqdan yuqoridan berilgan zarbalarda maydonchaning orqa qismi hududini hajmi kattaligi markaziy himoyachiga to‘siqning chekkasida turish holatida bo‘lgan chetki o‘yinchilar imkon qadar yordam beradilar. Biroq, yon chiziq bo‘ylab zarba berilgan to‘pni qabul qiluvchi himoyachi, chiziqning yonida turgani ma’qul. Yon chiziqqa jips yo‘llangan to‘pni shunday qabul qilish qulayroq. Ancha “chuqur” zarbalarda qabul qilish ishonchsizroq bo‘ladi, biroq ko‘pincha to‘p himoyachi tomonidan o‘ynalgandan keyin tashqariga emas, maydoncha
tomonga sakraydi, bunda uni jamoaning boshqa o‘yinchilari hujumchiga qayta yo‘naltirishi mumkin. Chekkadagi himoyachi maydonchaga chuqur kirib borishi, yondagi yo‘lak to‘siq bilan yopilgan yoki hujumchilar himoyachilar o‘rtasidagi joyga doimo yo‘naltirilgan zarbalar bergan hollarda ma’qul bo‘ladi.


Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish