O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 3,65 Mb.
bet151/205
Sana26.06.2022
Hajmi3,65 Mb.
#706774
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   205
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

Maydonda to‘siqni bartaraf etishga yo‘naltirilgan hujumda o‘yinchi-larning guruhli o‘zaro harakatlari. Eng oddiy o‘zaro harakatlarga hujumkor kombinatsiyalar tegishli bo‘lib, ularda hujumchi
o‘yinchilar, hali to‘siq qo‘yuvchilar qarshi harakatni tashkil etish uchun zarba joyida siljishni ulgurmagan sharoitlarda, to‘r ustidan himoyalanmagan joylardan foydalanib, qo‘shni zonalarga zarba berishni bajaradilar.

  1. “Quvish” (40-rasm, A). Hujumchi o‘yinchining uchib borayotgan to‘p ortidan quvib harakatlanishidan iborat kombinatsiya.

  2. “Zona”(40-rasm, B). Bog‘lovchi va hujumchi o‘yinchilarning o‘rtasiga (ikki to‘siq qo‘yuvchilarning o‘rtasiga) hujum qilish maqsadidagi eng oddiy o‘zaro harakatlari. To‘pning uzatilishi uncha baland emas, ammo tez bo‘lishi kerak, bo‘lmasa to‘siq qo‘yuvchilar hujum zonasiga siljib ulguradilar. Kombinatsiyani orqadagi bog‘lovchiga uzatish bilan ham o‘ynash mumkin (“zona orqada”, 40-rasm, G).

Hujumchlar bir oyoq bilan siltanishdan sakrab zarba berishni o‘rganib olganlaridan keyin bunday kombinatsiyani qo‘llash samaradorligi oshadi. Odatda bog‘lovchi o‘yinchi ushbu kombinatsiyada uzatishni boshining orqasidan bajaradi, biroq, hujumchi uzatuvchining orqasidan chetga o‘tganida oldindan uzatish bilan ham hujum qilishi mumkin.
“Qaytarish” (40-rasm, B). Kombinatsiya hujumchi o‘yinchining sakrash uchun yugurib kelishga yo‘nalishini keskin o‘zgartirishi, raqib to‘siqchilarini chalg‘itishga intilishi natijasiga asoslanadi. Buning uchun, hujumchi bog‘lovchi o‘yinchi bilan to‘pni uzatish xarakteri bo‘yicha kelishib oladi. Ushbu kombi-natsiyaning yana bir maqsadi hujumchini to‘rning bo‘sh qismidan zarba berishga chiqishini ta’minlashdir.

A “Quvish” B “Qaytish”



V “Zona” G “Zona orqada” 40- rasm


    1. “To‘lqin” (41-rasm, A). Hujum qiluvchi kombinatsiya bo‘lib, unda ikki hujumchi bog‘lovchi o‘yinchining oldida bir-biridan ma’lum masofada turib, navbati bilan (har xil tempda) yugurishni bajaradi.

Agar bog‘lovchi o‘yinchiga yaqinroqdagi hujumchi birinchi tempda chiqsa, ikkinchisi uzoqroqda bo‘lsa, bunday kombinatsiya “to‘lqin” deb ataladi. Agar ularning yugurishi teskari tartibda bo‘lsa, unda “teskari to‘lqin” kombinatsiyasi (41-rasm, B) bo‘ladi. Unisini ham, bunisini ham bog‘lovchi o‘yinchi hujumchilar o‘rtasida turgan sharoitdagina bajarishi mumkin. U to‘pni o‘zining oldidagi hujumchiga yoki boshidan oshirib ikkinchi hujumchiga uzatsa ham bo‘ladi. “To‘g‘ri” yoki “Teskari to‘lqin-2” bo‘lishi uchun yugurishni qaysi hujumchi boshlashiga (41- rasm, B) bog‘liq. Ushbu kombinatsiyalarda asosan hujumchini yakka to‘siq qarshisiga olib chiqish maqsadi qo‘yiladi. To‘siqchilar guruhli to‘siq qo‘yishga harakat qilganda, hujum qilayotgan o‘yinchilar guruhida zarbani, kombinatsiyani qulay bajarish sharoitida, to‘siqsiz bajarish imkoniyati paydo bo‘ladi.

    1. “Kesishma” (krest) (42-rasm, A). Ushbu kombinatsiyada har xil tempdagi ikki hujumchining yugurish harakatlari kesishgan ko‘rinishga ega bo‘ladi. Agar bog‘lovchi o‘yinchidan uzoqroqdagi hujumchi birinchi tempda, yaqinroqdagisi ikkinchi tempda, birinchisining yo‘lini kesib o‘tgan holda harakatlansa, unda odatda “kesishma” (krest) deb (42-rasm, B) ataladi. Har ikkala kombinatsiya bog‘lovchi o‘yinchining orqasidan harakatlanayotgan birinchi yoki ikkinchi tempdagi hujumchiga uzatishlarda ham amalga oshirilishi mumkin. Bo‘g‘lovchi rejalarini ta’minlash to‘pni o‘ynashning ikki tomonlama yengil usulidagi barmoq bilan uzatishdan foydalanilganda ancha yengillashadi. Tez hujumning

samaradorligini ta’minlashning asosiy sharti hozircha to‘pni qabul qilishning sifati hisoblanadi. Bog‘lovchiga to‘pning yetib bormasligida birinchi tempdagi zarbalar “bekor qilinadi”, ularsiz esa kombinatsion hujumlar mumkin bo‘lmaydi. Yuqorida birinchi tempdagi hujumni “buzuvchi” sharoitlari bayon etilgan edi.



Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish