O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Orqa hududdagi bog‘lovchi o‘yinchi orqali hujumni tashkil etish tizimi



Download 3,65 Mb.
bet147/205
Sana26.06.2022
Hajmi3,65 Mb.
#706774
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   205
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

Orqa hududdagi bog‘lovchi o‘yinchi orqali hujumni tashkil etish tizimi.


Orqa hududdan chiqib keluvchi bog‘lovchi o‘yinchi orqali hujumni tashkil etish tizimining kuchli tomonlari mavjud. Hujum chizig‘ida doim uchta asosiy himoyachi o‘ynaydi, ulardan biri oldingi qatordagi bog‘lovchi o‘yinchi bo‘lishi mumkin (agarda jamoaning o‘yinchilar tarkibi 4x2 bo‘lsa). To‘p tez o‘ynalganda oldingi qatordagi uch hujumchini to‘siqlash raqib o‘yinchilariga ancha qiyinchilik tug‘diradi. Tizimning boshqa bir ijobiy tomoni shundaki, ikkinchi qatordan chiqqan bo‘g‘lovchi to‘pga yetib ulgurmagan yoki to‘pga birinchi tegishni amalga oshirganda, oldingi qatordagi bog‘lovchi sifatli uzatishni bajarish imkoniga ega bo‘ladi. Ushbu hujum tizimi obyektiv ravishda oldingi qatordagi bog‘lovchi o‘yinchi orqali to‘pni yutishdan ko‘ra, umuman ancha samarali hisoblanadi, biroq ushbu tizim kamchiliklardan ham holi emas.
Tizimning kamchiliklari shundaki, to‘pni zarbaga uzatishda orqa qatordan chiqib keladigan o‘yinchilarga birinchi uzatishdan hujum qilishi istisnodir, bu qoida tariqasida, ancha samarali bo‘lardi. Biroq o‘yinda, agar to‘siq qo‘yuvchilar orqa qatordagi bog‘lovchi chiqqanini hisobga olmagan bo‘lsalar, “sakragan” to‘pga zarba berishlari mumkin. Tizimning boshqa bir kamchiligi “o‘yin qoidalari”da orqa qator o‘yinchilariga to‘siqda qatnashish va hujum hududidan to‘pni raqib tomonga hujum qilib o‘tkazishning taqiqlanishi bilan jamoada to‘pni sifatsiz qabul qilish muammosi vujudga keladi, bularga: to‘p to‘r yaqinida qabul qilinsa, yoki arqonga urilsa, uni o‘ynash bog‘lovchi o‘yinchilarga ancha qiyin kechadi. Zarba yoki “aldash” o‘rniga u qiyin sharoitlarda himoyalashga majbur bo‘ladi. Zarbaga uzatish uncha aniq bo‘lmaydi, uning yo‘nalishi to‘siq qo‘yuvchi raqiblar tomonidan osongina aniqlanadi.
Ikkinchi qatordan chiqib kelgan bog‘lovchi o‘yinchi, to‘p qabul qilinganidan keyin raqib tomonga uchib o‘tayotgan to‘pga zarbani bajaruvchi raqiblarga to‘siq qo‘yish bilan qarshilik ko‘rsatish huquqiga ega emas. To‘g‘ri, yuqori darajadagi o‘yinda bog‘lovchi o‘yinchi, ma’lum bir sharoitlarda, yuqoridagi tros yaqinida qabul qilingan to‘pni hujumchilarga hujum qilishlari uchun yetkazib beradi yoki raqib to‘siq qo‘yuvchilaridan o‘tkazib yuborishi mumkin. Shartli kamchiliklarga, samarali hujum qilishga va raqibning zarbalarini to‘siqlashga qobiliyatli
bo‘lgan baland bo‘yli ikkita bog‘lovchi o‘yinchining jamoa tarkibida bo‘lishi ham kiradi. Shu sababli, ko‘pchilik jamoalar o‘yinchilar tarkibini 5:1 tamoyili bo‘yicha shakllantiradilar. Bunday jamoa hujumda juda kuchli bo‘ladi – axir beshta “sof” hujumchilar hujum qiladi, ulardan biri 2-zonadan hujum qilishga ixtisoslashgan bo‘ladi. Agar hujumdagi o‘yin tizimining har ikkala taktikasini – birinchi va ikkinchi uzatishlar holatida baholasak, bunda ularning har ikkalasi ham o‘zlarining kuchli va kuchsiz tomonlariga ega bo‘ladi.
Ikkinchi uzatishdan so‘ng hujum qilish tizimi jamoalar tomonidan asosiy taktika sifatda foydalaniladi. O‘yin jarayonida hujumni tashkil etishdagi ko‘pchilik taktik qurilmalar aynan ushbu tizim asosida o‘tkaziladi. U o‘zida, o‘yinchilarning odatda mustahkam hamkorligida amalga oshiriluvchi birinchi va ikkinchi tempdagi hujumlarni birlashtirishi mumkin. Ko‘pchilik hujumkor kombinatsiyalar bog‘lovchi o‘yinchining ikkinchi tegishidan keyingi uzatishlardan foydalanishi bilan o‘ynaladi. Ikkinchi tegishni amalga oshira turib, bog‘lovchi o‘yinchi, to‘rgacha yetib kelmagan to‘r ostida tez harakatlanish hisobidan, qabul qiluvchilar va himoyachilarning ko‘plab xatolari va kamchiliklarini to‘g‘rilashga qodir bo‘ladilar. Bu hujumchi o‘yinchilar harakatini tashkil etishning ishonchliligini oshiradi. Ikkinchi uzatishdan hujum qilishda hujumchi va bog‘lovchi o‘yinchilarga tayyorgarlik harakatlari uchun ko‘proq vaqt bo‘ladi, bu o‘yinchilarning hujumkorlik salohiyatini, shu jumladan, hujumni amalga oshirishda uzatish va zarbalarning usul va yo‘nalishlarini tanlash, hisobga olishda foydalanishni yengillashtiradi. Biroq qarshi harakatni tashkil etish uchun raqib jamoasining to‘siqchilari, himoyachilari va himoyalovchi (straxovkachi) o‘yinchilari ham xuddi shuncha vaqtga ega bo‘ladilar. Ular hujumni rivojlantirish jarayonida qulay o‘rinni egallashi va hujumning ehtimoliy yo‘nalishini hisoblashi uchun vaqt va imkoniyat yetarli bo‘ladi. Ushbu jihatdan qaraganda birinchi uzatishdan va birdan qayta hujum qilish ko‘proq samara beradi. Foiz hisobida olganda esa bu ikkinchi uzatishdagi hujumchilarga qaraganda, ochko yutib olishda yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘ladi. Biroq ushbu hujum usulining ham qo‘llanilishi bilan bog‘liq kutilmagan vaziyat yuz beradi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda birinchi uzatish hujumlaridan ko‘ra ikkinchi uzatish hujumlarida ko‘proq ochko yutib olinadi. Agar birinchi uzatishdan hujum tizimini asosiy hujum sifatida foydalanishga urinilsa, uning samarasi ikkinchi uzatishdan so‘ng tashkil etilgan hujumga qaraganda ancha past bo‘ladi. Buning sababi ikkita:

      1. To‘pni birdaniga zarbaga yetkazishni ta’minlash imkonsizligi va doimo foydalanuvchi birinchi uzatishni hujumlarida tasodifiy omilining yo‘qligidir.

      2. O‘z tarkibida beshta hujumchi va bitta bog‘lovchiga ega bo‘lgan jamoalar, ikkita bog‘lovchisi bo‘lgan jamoalarga nisbatan to‘pni qabul qilish hamda qisqa hujum va uzoqroqqa uzatish hujumini ko‘proq qo‘llaydilar.

Hujumda jamoaning samarali o‘ynashi uchun kurash olib borishning yuqorida qarab chiqilgan tizimlarida asosan hujumni rivojlantirish tezligi katta ahamyatga ega. Musobaqalar jarayonida o‘yinchilar asosan birinchi va ikkinchi tempdagi zarbadan foydalanishi mumkin. Birinchi tempdagi zarbani qo‘llab hujum qilish tezligi odatda “tez hujum” deb ataladi. Qoida tariqasida, tez hujumda markaziy to‘siqchilar (ular birinchi tempdagi hujumchilarda ham) qatnashadi. Birinchi tempdagi zarbadan foydalanmasdan, faqat ikkinchi tempdagi hujumlardan foydalanish “sekin” deb ataladi. Sekin hujumga o‘ta yuqori uzatishlardagi zarbalar ham kiradi. Ularni odatda to‘rga teskari, ayniqsa, maydonchaning ancha ichkarisidan uzatishlarda, kuchli zarbaga ega bo‘lgan (o‘yinni davom ettiruvchi va diagonal) hujumchilarga yo‘llanadi.
“Sof” holda birinchi tempdagi hujumdan foydalanmasdan o‘ynash o‘tmishga aylangan voleybol uchun xosdir. Afsuski, u to‘p bog‘lovchi o‘yinchiga yetkazib berilmagan juda mas’uliyatli vaziyatlarda maydonchada ko‘rinadi va bunda hujumdagi o‘yinning butun taktikasi to‘r chetidan ikkinchi tempdagi zarbalardan iborat bo‘lib qoladi.

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish