Bog'liq 013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI
Hujumdagi o‘yin taktikasi. Hujum qilish harakatlari taktikasi Hujum qilish harakatlarining jamoaviy taktikasi. Jamoaviy
hujum qilish harakatlari oldingi chiziqdagi yoki keyingi chiziqdan chiqib keluvchi bog‘lovchi o‘yinchi orqali to‘pni yutib olishda amalga oshirilishi mumkin. O‘yin davomida ularning to‘p uzatishi birdaniga birinchi tegish bilan yoki ikkinchi tegishda – himoyachi to‘pni qabul qilgandan so‘ng zarba berishga uzatish bilan bajariladi.
“Tezlikda” hujum qilishdan faol foydalanilgan holda, shuningdek, birinchi tempdagi zarbalar qo‘llanilmasdan ham amalga oshirilishi mumkin. Birinchi holatda jamoa o‘yinchilari birinchi va ikkinchi tempdagi zarbalardan foydalanish kombinatsiyalari yordamida har bir to‘pni yutib olishga intiladilar. Ikkinchi holatda hujum sekin rivojlanadi, ular yaqin o‘tmishdagi voleybol uchun xarakterlidir. Biroq hozirda ham kombinatsion o‘yinning bir elementi sifatida to‘p sifatsiz qabul qilingan holatlarda foydalaniladi. Hujumdagi o‘yinda jamoaviy taktika usullarining klassifikatsiyasi 34-jadvalda keltirilgan.
(34-jadval)
Oldingi chiziqdan va ikkinchi qatordan chiquvchi bog‘lovchi o‘yinchi orqali to‘pni o‘ynashda hujum tizimlarining kuchli va bo‘sh tomonlarini qarab chiqamiz. Ularning qo‘llanilish chastotasi ko‘p
darajada jamoa o‘yinchilari tarkibining shakllanish tamoyili bilan aniqlanadi. Agarda tarkibda to‘rtta hujumchi va ikkita bog‘lovchi o‘yinchi (tarkibni shakllantirish tamoyili 4x2) bo‘lsa, unda zarbaga uzatish asosan, ikkinchi qatordan chiqib keluvchi bog‘lovchilar tomonidan bajariladi. Agarda jamoa bitta bog‘lovchi bilan o‘ynayotgan bo‘lsa, unda u o‘rta qatorda ham yarim o‘yinchi hisoblanib, barcha hujumga uzatishlarni bajaradi. Qolgan uchta joylashuvlarda u orqa qatordan chiqqanidan so‘ng himoyalaydi.
Oldingiqatordagibog‘lovchio‘yinchiorqalihujumtizimi. Hujumning ushbu taktik tizimi kuchli tomonlariga kamida uchta vaziyatni kiritishi mumkin. Bog‘lovchi o‘yinchi o‘yin jarayonida oldingi qatorda bo‘ladi, bu uni zarbaga uzatishni bajarish uchun himoya zonasidan to‘p oldiga chiqishlarni bajarish zaruriyatidan xalos etadi. Bog‘lovchi, oldingi qatordagi o‘yinchi sifatida hujum qilish huquqiga ega bo‘ladi. Bu jamoaga birinchi uzatishdanoq, hujum zarbalaridan foydalanish imkonini beradi, bu ayniqsa, bog‘lovchi chapaqay bo‘lganida, kutilmaganlik effekti sababli yuqori samarali ochko yutib oluvchi zarba bo‘lishi mumkin. O‘ng qo‘l bog‘lovchilardan ko‘pincha, hujum zarbalari o‘rniga to‘pni kutilmaganda tashlash va turli trayektoriyaga yo‘naltirishda foydalanadilar, bunda bog‘lovchi o‘yinchining asosiy funksiyasi – to‘pni sheriklariga zarba berish uchun uzatish ekanligi yoddan chiqmasligi lozim.
Oldingi qatordagi bog‘lovchi o‘yinchiga to‘rni baland qismidagi trosdan qaytgan yoki raqib tomonda uchib o‘tayotgan to‘pni o‘ynash ancha oson. Bunday vaziyatlarda bog‘lovchi o‘yinchi zarurat bo‘lganda, uzatilayotgan to‘p bo‘yicha “birdaniga” raqib zarbasiga qarshi to‘siq qo‘yishda qatnashish yoki “aldamchi harakat”ni qo‘llash huquqiga ega bo‘ladi.
Tizimningqiyinchiliklarigaquyidagilarkiradi: Oldingi qatorda faqat ikkitagina hujumchi o‘yinchi qoladi, bu jamoaning hujum salohiyatini pasaytiradi. Vaziyatdan chiqish uchun orqa qatordagi o‘yinchilarning, ayniqsa, ko‘proq diogonal hujumchilarning hujumlaridan foydalaniladi. BO‘SM bosqichida bog‘lovchi o‘yinchilarga uzatish uchun ikkinchi qatordan chiqish va orqa qatordagi o‘yinchilardan biriga birinchi temp bilan yolg‘on hujum qilish mashqi bajartiriladi. Bog‘lovchi vazifasidagi o‘yinchilar uchun qoida tariqasida, baland bo‘yli hujumchilarning zarbalariga to‘siq qo‘yishda ma’lum qiyinchiliklar vujudga keladi. Ushbu kamchlikdan bog‘lovchi
o‘yinchi bilan bir xil vaziyatda joylashgan raqib jamoasi o‘yinchilari foydalanishga intiladilar.