O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


O‘yinchilarning to‘siqni bartaraf etishga yo‘naltirilgan guruhli



Download 3,65 Mb.
bet150/205
Sana26.06.2022
Hajmi3,65 Mb.
#706774
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   205
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

O‘yinchilarning to‘siqni bartaraf etishga yo‘naltirilgan guruhli o‘zaro harakatlari: Bunday kombinatsiyalar ko‘pincha bitta, ayrim hollarda ikkita to‘siq qo‘yuvchi bilan o‘ynaladi va to‘siqchilardan
oldinroq yoki to‘siqchilar yerga tushganidan so‘ng to‘pga zarba berish imkoniyati tug‘iladi. Raqib jamoasi o‘yinchilariga bunday zarbalarni qaytarish qiyin bo‘ladi, chunki ularning asosiy quroli to‘r yonidagi himoyaga (to‘siq) qarshilik ko‘rsata olmay qoladi. Kombinatsiyada bog‘lovchi bilan birgalikda ikki yoki uchta o‘yinchi qatnashishi mumkin.

A “Uchish” B “Otish”



V “To‘siq” G “Eshalon” 39-rasm


“Uchish” (39-rasm, A). Ikkita o‘yinchi – bog‘lovchi va birinchi tempdagi hujumchi (kam hollarda birinchi tempdagi ikkita hujumchi) faol ishtirok etadigan kombinatsiya. Hujumchi o‘yinchi uzatilgan to‘pga uchish zarbasini beradi. Kombinatsiya to‘siq qo‘yuvchi raqibdan oldinga o‘tishga mo‘ljallangan bo‘lib, u hujum joyiga yetib kelolmaydi, yoki birinchi tempdan hujum ehtimoliga ishonmaydi. Umuman esa, bunday kombinatsiyada yaxshi tashkillashtirilmagan to‘siq ham deyarli muvaffaqiyatli hisoblanadi. “Uchish”dagi zarbani bog‘lovchi o‘yinchining oldidan ham, uning boshidan oshirib uzatish holatida ham bajarishi mumkin (39-rasm, B). Bu kombinatsiya ham ikki kishi uchun mo‘ljallangan. Uning birinchidan farqi shundaki, tez uzatish bog‘lovchi
va birinchi tempdagi hujumchi o‘rtasidagi masofa kattaligi sababli ravon trayektoriyaga ega bo‘ladi. Maydonchaning ichki tomonidan beriladigan otib yuboruvchi uzatish zarbalari juda kam qo‘llanilsa-da, samarali bo‘ladi. “Uchish” ham, “otib yuborish” ham ikki va ko‘proq hujumchi o‘yinchi qatnashuvchi guruhli hujumlarning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.
“Morita”. Kombinatsiya 1969-yilda xalqaro maydonda uni birinchi bo‘lib qo‘llagan yapon hujumchisi familiyasi bilan nomlangan. Uning mohiyati quyida-gicha: hujumchi birinchi tempdagi zarbani berish uchun yuguradi, sakrash va taranglashuv uchun qo‘llarini orqaga o‘tkazadi, sakrashdan oldin biroz to‘xtaydi, biroq sakramaydi. Raqib o‘yinchisi, birinchi tempdagi hujum ehtimoliga ishonib, to‘siq qo‘yish uchun sakraydi. Uzatish esa to‘rdan bir metr balandlikda bo‘lib, hujumchining zarbasi to‘siq qo‘yuvchi yerga tushgan va ikkinchi marta sakrashga ulgurmagan vaziyatda bajariladi. Biroq zarbani boshqacharoq va yanada muvaffa-qiyatliroq bajarish ham mumkin. Agar hujumchi qo‘l siltanishini to‘xtatmasdan qo‘lni orqaga to‘liq aylantirib olsa, oyoqlarini yerdan uzmasdan to‘g‘rilasa, to‘siq qo‘yuvchilar birinchi tempdagi hujum ehtimoliga osongina ishonadilar. Qo‘llarning aylanma harakati paytida hujumchi yana egiladi va zarba berish uchun sakrashni bajaradi, bu vaqt to‘siq qo‘yuvchining yerga tushgan vaqtiga to‘g‘ri keladi.
“To‘siq” (39-rasm, V). Kombinatsiyada ikkita hujumchi va bog‘lovchi qatnashadi. Kombinatsiyaning mohiyati shundaki, ikkinchi tempdagi hujumchi birinchi tempdagi, hujumni soxtalashtiruvchi hujumchi bilan birgalikda to‘siqda sakragan raqib o‘yinchisi turgan joyga va aynan shu o‘yinchiga tomon zarba berishni bajaradi. Birinchi tempdagi hujumchi ma’lum ma’noda ikkinchi tempdagi hujumni niqoblab, to‘sib turadi, shuning uchun, kombinatsiya deb ataladi. Agarda to‘siq qo‘yuvchi o‘yinchi, ikkinchi tempdagi hujum bo‘lishini oldindan bila olsa va birinchi tempdagi hujumchi bilan birgalikda sakramasa, unda uzatish aynan shu o‘yinchiga yo‘naltiriladi.
“Eshelon” (39-rasm, G). Bu ham shunga o‘xshash kombinatsiya, biroq ikkinchi tempdagi hujumchi maydonning himoya hududidan yugurib chiqadi (birinchi tempdagi o‘yinchidan keyingi navbatda), to‘rdan qaytgan to‘pga zarbalar berib turadi. Agarda o‘yinda ikkinchi qator o‘yinchisi qatnashsa, bu kombinatsiyani “paip” deb ataydilar.

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish