O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


-variant. Ikkitalik to‘siqni (straxovka) himoyalamasdan o‘yinni



Download 3,65 Mb.
bet160/205
Sana26.06.2022
Hajmi3,65 Mb.
#706774
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   205
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

6-variant. Ikkitalik to‘siqni (straxovka) himoyalamasdan o‘yinni tashkil etish tizimi. Bir xil vaziyatlarda himoyada o‘ynashning o‘xshash varianti – himoyalashsiz “kamchiliklarga” ega bo‘lgan o‘yindan foydalaniladi. Tizimning farqi shundaki, himoyachilar himoyalashga ancha kechroq – hujumdan so‘ng, to‘siqdan uchib qaytgan yoki aldovchi zarba yordamida yuborilgan to‘p orqasidan borib qo‘shilishi mumkin. To‘siqdan sakrovchi to‘pni odatda tushish joyiga yaqin turgan o‘yinchi o‘ynaydi. Aldovchi zarba berilganda esa (odatda bu funksiyani chekka himoyachilar bajaradilar) kelishuv bo‘yicha bo‘ladi.
Himoyalashning ushbu tizimini intuitsiya bo‘yicha himoyalashga o‘tish varianti sifatida qarash mumkin. Bu himoyachilarda intuitsiya yetishmagan hollarda o‘z-o‘zidan kelib chiqadi. Himoyada
himoyalashsiz o‘yin tizimini past bo‘yli, harakatchan o‘yinchilar bo‘lganida, o‘z tarkibida baland bo‘yli, kuchli zarbali hujumchilar bo‘lgan jamoalar bilan o‘yinlarda qo‘llash ma’quldir. Ular zarba kuchiga ishonadilar, hujumda boshqacha yo‘llarni izlamaydilar.
7-variant. To‘siqni aralash himoyalash (straxovka) bilan himoya qilish tizimi. Bir so‘z bilan aytganda, guruhli to‘siqni aralash himoyalash variantlari bir qancha. Aralash himoyalash – bu har xil o‘yin harakatlarida himoyalashning har xil tizimlaridan foydalanishdir. Masalan, 5:1 formula bo‘yicha jamoaning o‘yin tarkibini shakllantirishda, agar bog‘lovchi o‘yinchi joylashuv bo‘yicha orqa qatorda o‘ynaydigan bo‘lsa, bunday hollarda “burchak bilan orqaga” himoya tizimini qo‘llagan yaxshiroq.
Boshqa varianti. Ikkinchi zonadagi guruhli to‘siqda (bog‘lovchi oldingi qator o‘yinchisi) himoyalash chekka himoyachi tomonidan amalga oshiriladi. To‘rtinchi zonadagi to‘siqda esa to‘siqdan holi bo‘lgan bog‘lovchi o‘yinchi tomonidan bajariladi, u odatda yaxshiroq himoyalaydi va zonada ikkinchi uzatishni amalga oshirish uchun qulayroq joylashgan ham bo‘ladi.
Aralash himoyalash variantlari ham kam emas. Ularni tanlash raqib jamoa xususiyatlariga, vujudga keladigan o‘yin vaziyatiga, shu jumladan, o‘yin hisobiga, o‘yinchilar mahorati va xususiyatlariga, ularning jismoniy ko‘rsatkichlari va jamoa o‘yin tarkibining shakllanish tamoyillariga bog‘liq bo‘ladi. Bu yerda voleybolchilarning turlicha taktik tuzilmalar doirasida o‘ynash ko‘nikmalari va o‘yinchilarning turli raqiblari hamda o‘yinlarda bir tizimdan ikkinchi tizimga o‘ta olish qobiliyatlari eng muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq himoyada o‘ynashda taktik tizimlarni har qanday maqsadga muvofiq almashtirishning samaradorligiga faqat jamoa o‘yinchilarining ularni yetarlicha egallaganda erishiladi. Yakka holda to‘siqlash odatda, boshqa o‘yinchilar guruhli to‘siqni tashkil qilish uchun hujum zonasiga siljishga ulgurmagan hollarda, majburiy chora sifatida qo‘llaniladi. Chunki yaxshi hujumchilar uchun ko‘pchilik hollarda yakka to‘siqchining “zonani” himoyalash tartiblarini bartaraf etish unchalik qiyinchilik tug‘dirmaydi yoki o‘yinchi qo‘llarini to‘p yo‘lini to‘sish tomonga o‘tkazib “ovlovchi” to‘siqdan foydalanadi. Hujum joyiga yaqin bo‘lgan, biroq to‘siq qo‘yishga ulgurmagan oldingi qator o‘yinchisi himoyalashga o‘tadi, uzoqdagisi esa orqa qator himoyachilari bilan birgalikda maydonchani himoyalaydi va to‘p qabul qilingan bo‘lsa, qarshi hujumda qatnashadi.
O‘yinchilarning saflanishi va ularning funksiyalari hujum zonasi va to‘pga zarba berish joyiga nisbatan to‘siqning joylashuviga bog‘liq ravishda biroz o‘zgaradi. To‘r chetidan va o‘rtasidan to‘siq qo‘yishda o‘yinchilar joylashuvining ayrim variantlari 44-rasmda keltirilgan. To‘r o‘rtasida yakka to‘siqda ko‘pincha, o‘z-o‘zidan, to‘siqga va himoyaga ulgurmagan oldingi qator o‘yinchilari hisobidan ikkita himoyalovchi paydo bo‘ladi (44-rasm, G). Yakka to‘siqni raqib hujumchilar odatda hujumkor zarba bilan bartaraf etishga urinsa-da, himoyalashda ikki o‘yinchining bo‘lishi to‘p to‘siqqa tegib, o‘z uchish trayektoriyasini o‘zgartirgan va hujum zonasiga tushgan hollarda foydali bo‘ladi. Maydonchaning orqa qismini yakka to‘siqda doimo uchta o‘yinchi mudofaalaydi, yakka to‘siq maydonchaning xuddi shunday qismini guruhli to‘siq kabi yopa olmaydi, shuning uchun himoyachilar oldida ancha qiyinroq vazifa paydo bo‘ladi. Uni o‘yinchilarning zarba yo‘nalishini bilib olish va qaytaruvchi platformani to‘p bilan uchrashish joyiga tezda o‘tkaza olish qobilyatlarisiz hal etib bo‘lmaydi.

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish