304
ulkan Marib to`g`oni qoldiqlari kishini hayratga
qoldiradi. Kataban poytaxti Timna shahrini
ibodatxonalari, nekropol, qal'a
qoldiqlari qazib
ochilgan. Nabatey podsholigi poytaxti Petra
shahrida me'morchilik inshootlari, haykallar topilgan.
Bundan tashqari, Arabiston va arablar
to’g`risidagi qisqa ma'lumotlar Osuriya, Yangi Bobil,
Eron manbalari va bibliyada uchraydi. Antik
tarixchilar Gerodot (er.avv. V asr)ning «Tarix»
asarida, Feofrastning (er.avv. IV asr) «O`simliklar
tarixi», Diodorning (er.avv. I asr) «Tarixiy
kutubxona» va Strabonning (er.avv. I asr)
«Geografiya» kabi asarlarida
qadimgi Arabiston
to’g`risida qator ma'lumotlar bor.
Arabiston tarixi XIX asrdan o’rganila
boshlandi. Dastlab epigrafik yozuvlar o’rganildi. XX
asrda Belgiya, Fransiya, Avstriya, AQShda Arabiston
xalqlarining geografiyasi, madaniyati,
dini va
xronologiyasiga bag`ishlangan qator tadqiqotlar
e'lon qilindi.
Shimoliy Arabiston qabilalari qadimgi
mashg`ulotlari Shimoliy Arabiston, Suriya va
Mesopotamiya cho`llarini qamrab olgan keng
hududda chorvachilik bo’lib, it, eshak, yirik
shoxli
qoramollar boqilgan.
Bu hududda yashagan urug` va qabilalar,
qabilalar ittifoqi va kichik davlat birlashmalarini
shakllantirganlar. Ularni hokimlari Osuriya
305
hujjatlarida «podsho» deb atalgan. Qadimgi davlat
birlashmalari sekin-asta harbiy san'atni va
qo’shinlarni shakllantiradilar. Jangchilar tuyaga ikki
kishidan minib, jang qilganlar. Arablar o’zlarining
kuchli qo’shnilari Misr, Sharqiy o’rtayer dengizi
qirg`og`ining kichik davlatlari va Osuriya bilan
xalqaro ziddiyatlarga tortilganlar.
Er.avv. IX asr o’rtalarida er. avv. 853-yilda
Karkara yonidagi bo’lgan jangda
osuriyaliklar arablar
ham kirgan koalitsiya qo’shinlarini tor-mor
keltiradilar. Arablar Osuriyaning Misrga qarshi
yurishida asosiy to’siq bo’lganlar. Bir necha arab
qabilalari Osuriya tomonidan bo`ysundiriladi. Arablar
Osuriyaning raqiblari Misr va Bobil bilan ittifoq
tuzadilar. Osuriya er. avv. VII asrning 40 yillarida
arab qabilalarini to’liq bo`ysundirishga erishadi.
Yangi Bobil podsholigi ham Arabiston yarim orolida
o`rnashib olishga uringan. Bobil podshosi Nabonid
shimoliy Arabistonning
bosh markazlaridan biri
Teymuni bo1ysundirib, uni o’z qarorgohiga
aylantiradi, bir necha qo’shni arab qabilalarining
shahar va vodiylarini o’ziga bo`ysundiradi. Er.avv VI
asrda Eron davlatining qudratini kuchayishi va uning
bosqinchilik yurishlarini rejasi Arabiston yarim
orolining shimoliy qismida forslarning arablar bilan
aloqa o’rnatishiga olib keladi. Shartnoma bo`yicha
fors podshosi Kambiz er.avv. 525-yil Misrga yurish
vaqtida arab nabateylari yeridan o’tish huquqini va
306
sahroda o’tish davrida ulardan fors qo’shinlarini
suv bilan ta'minlashga roziligini oladi. Arab
qabilalari
axmoniylar Eroniga bir yilda ming talant (30 t.)
miqdorida xiroj to’laganlar va arablar harbiy yurishlar
davrida fors qo’shinlari tarkibiga kiritilganlar. Ular
yunon – fors urushlari davrida (er. avv. IV asr) Gazo
shahri uchun jangda yunon-makedon qo’shinlariga
qattiq qarshilik ko’rsatganlar. Iskandarning Misrga
yurishi davrida arab qabilalarining ko’pchiligi
yunon-makedonlarga bo’ysunmaydi. Shu sababli
Iskandar sharqqa yurishini tugatgach, unga
bo`ysunganliklarini bildirib,
elchi yubormagan
arablarga qarshi yurish qilishni rejalashtiradi. Arablar
Rim davlati bilan ham aloqada bo’lganlar. Rimliklar
er. avv. 106-yillar atrofida Yamanga suqilib kirishga
urinadilar va Nabatey avlatini bosib oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: