O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Rim respublikasining tashqi siyosati



Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/244
Sana11.01.2023
Hajmi1,87 Mb.
#898754
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

Rim respublikasining tashqi siyosati. 
Bo’lib o’tgan voqealar senat hokimiyatining 
samarali boshqaruvi yo’qligini xalq kengashi 
ahamiyatining o’sishi va beqarorligini, siyosiy 
arboblarni o’sib borayotgan roli, ularning ochiqdan-
ochiq demogogiyasi kurashni zo’ravonlik usullarini 
qo’llashga tayyorligi yaqqol ko’rindi.
Grakxlar va ularning eng faol tarafdorlarini 
o’limidan keyin populyarlarning zaiflashuvi 
vaqtinchalik edi. Rim jamiyatidagi qaram-qarshiliklar 
bartaraf qilinmagan edi, begona hududlarda urush 
harakatlari olib borayotgan Rim qo’shinlariga 
qo’mondonlik qilayotgan nobillar homiylik qilgan 
qo’mondonlarning muvaffaqiyatsizliklari norozilikni 
kuchaytirdi.


787 
Rimning ichki siyosatidagi beqarorlik tashqi 
siyosiy masalaga hukmron doiralar e’tiborini 
vaqtinchalik susaytirdi. Er. avv. II asrning so’ngi 10 
yilligida Rimning xalqaro ahvoli keskin edi. Yaqin 
Sharqdagi eng kuchli ellin davlati Misr bilan Rim 
ittifoq tuzgan edi. Yaqingacha qudratli bo’lgan 
Salavkiylar davlati yemirilish davriga kirib, sharqda 
parfiyaliklar tazyiqi ostida hech qanday rol o’ynamay 
qo’ydi. Kichik Osiyoda Aristonik qo’zg’oloni 
bostirilganidan keyin vaziyat osoyishta edi. Ammo 
Afrikada rim hukmronligiga Numidiya podsholigi 
jiddiy xavf tug’dirayotgan edi.
Jumladan Afrikada Numidiya podshosi Yugurta 
bilan urush olib borayotgan rim qo’shinlari birin-ketin 
mag’lubiyatga uchradilar. Podsho Yugurta rimlik 
sarkardalarni sotib olish va harbiy hiylalar bilan 
rimliklarni bir necha bor tor-mor qildi va numidiya 
shaharlarida shu vaqtda bo’lgan italiyalik savdogar va 
sudxo’rlarni qirg’in qildi. Yugurta o’z siyosatida 
rimliklarni o’ziga dushman deb bilgan turli shimoliy 
afrika qabilalarini qo’llab-quvvatlashga tayandi. Er. 
avv. 109-yilda Numidiyadagi Sutule yaqinidagi 
jangda Yugurta rimliklarni tor-mor qildi. G’olib 
rimliklarni Numidiya hududidan chiqib ketish va 
Yugurta bilan shartnoma tuzish majburiyatini oldilar. 
Sutula yonidagi g’alaba Yugurtaning shimoliy afrika 
qabilalari oldida harbiy-siyosiy mavqeini kuchaytirdi. 
Ko’p sonlii gugul qabilalari, Mavritaniya podshosi 


788 
Bokx Yugurtaga yordam va’da qildilar. Rimning 
shimoliy afrika mulklarini yo’qotish xavfi yaqqol 
ko’rindi.
Rimda xalq yig’ini Yugurta bilan rimliklar uchun 
uyatli “tinchlik” shartnomasini tasdiqlamadi. 
Numidiyaga qarshi yana urush boshlandi, qo’shin 
tartibga solindi. Tezda asosiy Numidiya shaharlari 
bosib olindi. Yugurta sahroga chekinib, partisan 
urushiga o’tdi. Urush cho’zilib ketdi. Bundan norozi 
bo’lgan xalq yig’ini senatning irodasiga qarshi 
qo’shinga qo’mondonlik qilish uchun o’z sarkardasi 
o’zining dovyurakligi va harbiy qobiliyati bilan obro’-
e’tibor qozongan yangi odam “yangi kishi” 
dehqonning o’g’li plebey 48 yoshli Gay Mariyni 
qo’mondon qilib tayinladi. Gay Mariy er. avv. 107-
yilda konsulligidan keyin yaxshi qurollangan qo’shin 
bilan er. avv. 105-yilda Yugurta urushini tugatdi. 
Yugurta asirga olinib Rimda qatl qilindi. Numidiya 
qaram davlatga aylantirilib, uning rasman hukmdori 
qilib Yugurtaning aqli zaif ukasi tayinlandi. U nafaqat 
Yugurta urushini (er. avv. 111-105-yillar) tugalladi 
balki Rimni shimoldan german qabilalari kimvr va 
tevtonlar hujumidan himoya qildi.
Shimoliy Afrikadagi voqealar bilan bir vaqtda 
rimning shimoliy chegaralarida german qabilalaridan 
bo’lgan kimvr va tevtonlarning bosqini boshlandi. 
Kimvrlar va tevtonlar dastlab Yutlandiya yarim 
orolida yashar edilar, er. avv. II asr oxirida bu 


789 
qabilalar o’z joylaridan ko’vhdilar. Tevtonlar g’arbga 
Galliyaga, kimvrlar janubga tomon yurdilar. Jangovar 
kimvr qabilalarining (150 ming kishi atrofida) er. avv. 
113-yillar atrofida janubiy Germaniyaga kirib alp
dovonlariga kelib Italiyaning shimoli-sharqiy 
chegaralariga xavf soldilar. Konsul Papirey Karbon 
Noreya shahri yonida kuchli armiya bilan kimvrlar 
bilan uchrashdi, lekin shafqatsiz yengildi. Italiyaga 
yo’l ochiq edi, lekin kimvrlar alpdan shimolga o’tib 
Galliya hududiga bostirib kirdilar. Galliyada ham 
rimliklar er. avv. 109-yilda yana yengildilar. 
Kimvrlarni gelvetlar, Galliyani o’zida ularga 
qarindosh bo’lgan tevtonlar bilan birlashuvi rimliklar 
uchun xavfli vaziyatni yana murakkablashtirdi. Er. 
avv. 107-yilda konsul boshchiligidagi rim qo’shini 
Akvitaniyada pistirmaga tushib to’la yo’q qilindi.
Ammo rimliklar er. avv. 105-yilda janubiy Galliyada 
kimvrlardan eng dahshatli mag’lubiyatga uchradilar. 
Jang maydonida kann halokatidan ham ko’proq 80 
mingga yaqin legionerlar qoldi. Kimvrlar o’z 
g’alabalaridan keyin himoyasiz Italiyaga emas 
Ispaniyaga yurish qildilar.
Rim senati konsul Gay Mariy tashabbusi bilan 
harbiy-siyosiy islohotlar o’tkazdi. Islohotlar natijasida 
yangi yaxshi ta’lim berilgan qo’shin tuzildi. Ko’p 
sonloi tevton qabilalari er. avv. 102-yil Sekstiy Akva 
yonidagi jangda rimliklardan yengildi. Er. avv. 101-
yilda shimoliy Italiyadagi Vertsella yonidagi jangda 


790 
kimvrlar ham yengildi. Janglarda 150-200 ming 
germanlar halok bo’ldilar. Yana shunchasi Italiya va 
O’rtayerdengizi qul bozorlarida sotib yuborildi. 
Gay Mariyning bunday yutuqlarini asosiy sababi 
uning harbiy islohotlari edi. Ilgari Rim Qo’shini
zaruriyat bilan chaqirilgan fuqarolarning ko’ngilli 
qismlaridan iborat bo’lib, urush harakatlari 
tugaganidan keyin ular o’z tinch ishlariga qaytar 
edilar. Qo’shinda xizmat qilish ma’lum miqdorda 
mulkka ega bo’lgan, o’zini qurol-yarog’ bilan 
taminlay oladigan fuqarolarning faxriy 
majburiyatlaridan biri edi. Bunday tarkibda tuzilgan 
qo’shin Rim shahar davlati sharoitida o’zini oqlar edi. 
Endilikda Rim O’rtayerdengizining turli qismlarida 
to’xtovsiz urushlar olib borayotgan bir paytda harbiy 
majburiyat nafaqat faxriy aksincha og’ir ayniqsa 
ko’ngillilarning asosini tashkil etadigan dehqonlar 
uchun xonavayron qiladigan majburiyat bo’ldi. Gay 
Mariy senatdan qo’shinga mulkiy ahvoliga 
qaramasdan barcha fuqarolarni qo’shinga yollashga 
ruxsat oldi. Eng kambag’al shaharlik va yersiz 
dehqonlar davlatdan qurol-yarog’, harbiy xizmati 
uchun maosh, xizmat muddati tugaganidan keyin yer 
ulushi olar edilar. Italiklar va boshqa ittifoqchilar 
harbiy xizmatga ko’plab ntensiv boshlandilar. 
Natijada dehqonlardan tuzilgan ko’ngillilar qo’shini
professional qo’shinga aylana boshlandi. Bu qo’shin 
o’z ehtiyoj manfaatlari bilan aholini boshqa 


791 
tabaqalaridan ajralib turar edilar, hamda o’z 
qo’mondonlariga so’zsiz va sadoqat bilan bo’ysunar 
edilar, chunki bu sarkardalardan har bir legionerning 
taqdiri va farovon hayoti bog’liq edi. Gay Mariy 
qo’shinni tuzilishi, qurollanishi, jangni tashkil qilish, 
jangchilarni harbiy mashqlartini tashkil qilish, 
qismlarni tuzilishiga taalluqli bo’lgan qator 
islohotlarni amalgam oshirdi. Armiyani qayta 
qurishning ijobiy natijalari tevtonlar ustidan (er. avv. 
102-yil) qilingan g’alabalarda yaqqol ko’rindi. Bu 
ijobiy o’zgarishlar Gay Mariyni Rimdagi eng obro’-
e’tiborli kishiga aylantirdi. Natijada Gay Mariy 
uzluksiz 5 yil davimida mavjud qonunlarga zid 
ravishda konsul qilib saylandi.

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish