323
13.3. BURG’ qudug’ini yer ostida kapital ta’mirlash
Qudug’ini yer ostida ta’mirlash murakkab jarayon
hisoblanadi va bunday
ta’mirlash ishlari kapital ta’mirlash idoralari tomonidan bajariladi. Mazkur idoralar
har bir neft konlari boshqarmasida mavjud bo’lib, yuqori malakali ishchilar va
uskunalar, kuchli traktor-ko’targichlar, burg’ilash dastgohlari, burg’ilash va tutuvchi
asbob, sementlaydigan agregatlar va boshqa zarur asboblar bilan ta’minlanadi.
Kapital ta’mirlash ishlariga quyidagilar kiradi:
1) o’zga (ustki yoki ostki) suvlarni izolyatsiyalash, neftli gorizontni ishlatishni
qaytadan tiklash yoki yuqoridagi o’tkazib yuborilgan gorizontlardan birini
ishlatishga
jalb etish (shuningdek, ostki suvlarni izolyatsiyalash) uchun ta’mirlash-
izolyatsiyalash ishlari;
2) falokatlarni bartaraf etish maqsadida quduqqa tushib ketgan temir
predmetlarni chiqarib olish, qum bilan qisib qolingan quvurlarni bo’shatish va
boshqa ishlarni bajarish;
3) ishlatish quvurlar birikmasidagi nuqsonlarni bartaraf etish bilan bog’liq
bo’lgan ta’mirlash-to’g’rilash ishlari;
4) boshqa ish turlari
quduq tubini tozalash, quvurlardan qo’shimcha teshiklar
ochish va sh.o’.
Quduqlarni kapital ta’mirlash uchun dastlab ularning geologik-texnik hujjatlari
o’rganib chiqiladi, so’ngra bajariladigan ishlar rejasi tuziladi. Falokat yuz berganda
ishlatish quvurlari birikmasining holati va shikastlangan jihozlar yoki o’zga
predmetlarning joylashgan joyi aniqlanadi. Buning uchun
quduq tanasi sinchiklab
tekshiriladi. Ko’p paytlarda quduqlarning suvlanib ketishi sodir bo’ladi. Bunday
sharoitda darhol ostki yoki begona suvlarning kirib kelayotgan joylari aniqlanadi.
Buning uchun quduq kon va kon-geofizik metodlar bilan to’liq tekshirilib va suv
namunasi olinib, laboratoriyada tarkibi o’rganiladi.
Quduqqa tushib ketgan narsalarni ilintirish, ta’mirlash-izolyatsiyalash va
ta’mirlash-tuzatish ishlarini bajarish texnikasi bo’yicha zarur ma’lumotlar neft va gaz
quduqlarini burg’ilash va ishlatishga bag’ishlangan darsliklarda bayon etilgan.
Quduqni ishlatishning samaradorligini oshirish bilan bog’liq bo’lgan boshqa
ishlarni loyihalashtirishda geolog hamma gazneftli
mahsuldor gorizontlarning
ishlatilish holatini, shuningdek, ayrim quduqlarning geologik-texnik holatini qat’iy
tekshirib chiqishi shart. Bunday tadqiqotlar natijasi bo’yicha quyidagi tadbirlar
bajariladi:
1) ishlatilayotgan gorizont zaiflashganda quduqlarni qaytarish uchun yangi
ishlatish ob’ektlari
tanlanadi;
2) agar falokatga uchragan ishlatish qudug’ini har xil usullar bilan tiklash uzoq
vaqtga cho’zilib ketsa yoki bu ishni amalga oshirib bo’lmasa, ishlatish quduqlari
ichidan yangi quduqlarni burg’ilash uchun ob’ektlar tanlanadi;
3) ostki suvlardan izolyatsiyalanish metodi belgilanadi (bu faqat mahsuldor
gorizontning ostki qismida gil qatlami bo’lganda foydali hisoblanadi);
324
4) mustahkamlash quvurlari birikmasidagi teshiklar sonini ko’paytirish va
zichligini oshirish yoki ishlatish ob’ektini yiriklashtirish maqsadida quvurlar
birikmasini perforatsiyalash ishlari bajariladi;
5) quduq tubi zonasiga ishlov beriladi.
Gaz quduqlarini yer ostida ta’mirlash uchun ular dastlab to’xtatiladi
1)
. Bu bilan
gaz quduqlarini yer ostida ta’mirlash neft quduqlarini ta’mirlashdan farq qiladi.
Quduqni ishlatishdan to’xtatish uchun quvur tashqarisiga
gil eritmasi haydaladi
(qatlam bosimi katta bo’lmaganda esa suv haydash ham mumkin). Gaz quduqlarini
ta’mirlash paytida ostki yoki o’zga suvlar paydo bo’lishi mumkin, ularni yo’qotish
uchun quduqni sementlash yoki boshqa qatlamga ko’chirish va ta’mirlashni tugatish
zarur bo’ladi. Asosiy vazifa quduqlarni ishlamasdan turib qolish vaqtini kamaytirish
va ularni ishlatish koeffitsienti
2)
miqdorini 0,95 gacha etkazishdan iborat. Ostki yoki
ayniqsa ustki suvlar qatlamni yorib chiqqanida neftni siqib qo’yadi va natijada
quduqning ishlab chiqarish kuchi ancha kamayadi.
Quduqdagi suvning bosimiga va undagi boshqa sharoitlarga qarab turli xil
izolyatsiyalash ishlari bajariladi. Ustki suvlar yorib chiqqanida quvur tashqarisi
bosim ostida sementlanadi. Quduqda ostki suvlar mavjud bo’lganda esa turli
izolyatsiyalash usullaridan foydalaniladi: quvurning
filtrli qismini yuqoridagi
qatlarga ko’tarib, quduq tagini sementlash, qatlamga sementli eritmalar yuborish,
qatlamni gidravlik yorish, keyinchalik qatlamlarga qovushqoq neft yuborish va
gidravlik yorilgan
intervallarni sementlash, qatlamga reagentlar kiritish. Reagentlar
qatlam suvi bilan reaktsiyaga kirishib, gel hosil qiladi, gel suv o’tkazuvchan zonani
jipslab berkitib qo’yadi. Keyingi paytlarda sobiq Ittifoqning sharqiy rayonlarida
paker bilan jihozlangan quduqning o’zidan suv va neft namunasini alohida-alohida
olishga urinib ko’rilgan. Bunday ishlar turli sharoitlarda har xil samara berishi
mumkin. Avvalgi gorizontdan foydalanish imkoniyati bo’lmagan
taqdirda, quduq
tubi berkitiladi va quduq avval tashlab ketilgan yuqoridagi gorizontlarning biriga
ishlatish uchun o’tkaziladi. Bunday gorizontdan foydalanish mustahkamlash quvurini
perforatsiyalash yoki torpedalash orqali amalga oshiriladi.
Ayrim vaqtlarda, ayniqsa filtr o’lchami kichik va depressiya haddan tashqari
katta bo’lganda, mustahkamlash quvurlarining sinib va bukilib ketishi kuzatiladi.
Bularni ta’mirlash juda murakkab kechadi.
Kapital ta’mirlash bo’yicha bajariladigan ishlarning ko’p qismini ishlamayotgan
quduqlarni ifloslantiradigan
predmetlardan tozalash, zichlanib qolgan qumli va gilli
tiqinlarni bartaraf etish tashkil qiladi.
Odatda neft konlaridagi quduqlar fondidan foydalanish koeffitsientini orttirish va
ishlamayotgan quduqlar sonini kamaytirish muhim vazifa hisoblanadi. Bunday
vazifani bajarish uchun quduqlarni kapital ta’mirlash ishlari keng miqyosda olib
boriladi.
1)
Do'stlaringiz bilan baham: