13.2.3. Shaxta metodi
Neftni shaxta metodi bilan olish uni yer osti tog’ inshootlari yordamida chiqarib
olishga asoslangan. Ma’lumki, yer osti tog’ inshootlari odatda qattiq foydali qazilma
konlaridan qattiq ma’danlarni olishda ishlatiladi. Bunday ishlatish metodi bilan neft
olish uchun yer osti drenaj inshootlari (odatda quduqlar bilan birgalikda) barpo
etiladi, ulardan neft oqib chiqadi, ba’zan neftli tog’ jinslari chiqarib olinib, ularga
ishlov beriladi va ulardan (ekstraktsiya qilinib), ya’ni eritib neft ajratib olinadi.
Ekstraktsiya bu suyuq yoki qattiq moddalar aralashmalarining turlicha ta’sir
qiluvchi erituvchilar yordamida ajralish jarayonidir. Ekstraktsiyaning fizik mohiyati
suyuq yoki qattiq fazadagi moddadan ajralayotgan moddaning o’zaro ta’sir doirasida
suyuq holatga o’tishida ko’rinadi. Qattiq fazadagi modda ekstraktsiyasi
yosh tog’
jinslarini bituminologik tahlil usullaridan biri hisoblanadi. Xloroform va spirtbenzol
yordamida
bosqichma-bosqich
bajariladigan
ekstraktsiya
xloroformli
yoki
spirtbenzolli ekstrakt olishda ishlatiladi. Shuningdek, ularni qayta ishlash natijasida
jinslardagi organik moddalarning harakatchan komponentlari hamda neytral (A
bitumoid) va nordon (S bitumoid) bitumoidlar miqdori aniqlanadi.
Neftli tog’ jinslari chiqarib olinadigan har bir shaxta ikki tanadan
bosh (u
orqali neft ko’tariladi) va yordamchi (u orqali odatda havo tozalanadi) tashkil topgan.
Neftli shaxtalarni yong’indan saqlash uchun ular beton bilan mustahkamlanadi.
Shuning uchun shaxtalar aylana shaklida bo’lib, diametri 2,2-4,5 metrga teng bo’ladi.
Neftli qatlamni drenajlash jarayoni quyidagicha kechadi:
1) neftli qatlam bo’yicha o’tkazilgan shtreklar yordamida;
2) shtreklardan neftli qatlamga o’tkazilgan ariq va quduqlar orqali. Quduqlar
ko’pincha quruq
bo’sh qatlamning ustki qismida yoki tagida joylashadi;
321
3) qatlamning ustki qismida yoki tagida quruq
bo’sh jinslarda joylashgan tog’
inshootlaridan turib, neftli qatlamga tik va qiya burg’ilangan yer osti quduqlari
orqali;
4) yer osti kameralaridan turib neftli qatlam bo’ylab qazilgan uzun gorizontal
quduqlar yordamida.
Neftli qatlamni drenajlashning birinchi ikki usuli Frantsiyadagi Peshelbronn
konida va sobiq Ittifoqning YAreg konida amalga oshirilgan. Neft qatlamiga nisbatan
30-35 m yuqorida joylashgan tik qiyalangan quduqlar kusti yordamida neft uyumi
sizdirilib, shaxta metodi bilan neft olingan. Drenajlash yo’li bilan olingan neft
quduqdan kollektor ariqlariga oqiziladi. Bular orqali neft yer osti sig’imlariga oqib
boradi, so’ngra ulardan yer yuzasiga nasoslar yordamida chiqarib olinadi.
Keyinroq Rossiyada neftchilar shaxtali ishlatish sistemasini yaratdilar. Bunda
qatlam yassi qiyalangan (yuqoriga tomon), uzunligi 350 metrgacha bo’lgan quduqlar
orqali sizdirilgan. Bunday sharoitda neft qatlam ostida joylashgan kameralarga oqib
boradi va keyinroq u yer yuzasiga tortib olinadi. Mazkur sistema tog’ inshootlarini
qurish hajmini ancha kamaytirishga, neftning quduqqa oqib kelishini ko’paytirishga
va neftni shaxta metodi bilan chiqarib olish samaradorligining yuksalishiga olib
keldi.
Shaxta metodida quduqlarni burg’ilash uchun gidravlik uzatmali PBS
2G
burg’ilash stanoklari ishlatiladi. Quduqlar 76,2-101,2 mm diametrda burg’ilanadi.
Uyumni shaxta metodi bilan ishlatishda ventilyatsiyaga alohida e’tibor berish
kerak. Neft olinadigan shaxtada ishlaydigan har bir ishchi uchun sarf bo’ladigan
havoning normasi ko’mir shaxtasidagidan ikki baravar ortiq bo’lishi kerak. Neft
shaxtasida ishlash paytida yong’in va texnika havfsizligi qoidalariga qat’iy rioya
qilish lozim.
Ozarbayjonda yer yuzasida ochilib yotgan smolalangan qumlarni ishlatishda
ochiq tog’ inshootlaridan muvaffaqiyatli foydalanilgan. Bunday qumlar tajriba termik
qurilmasida qayta ishlanib, neftli jinsdan neft to’liq ajratib olingan.
Nefti tugayotgan konlardan quyidagi geologik sharoitlarda shaxta metodi bilan
neft olish mumkin: qatlamlar unchalik katta bo’lmagan chuqurlikda joylashgan
bo’lganda, ishlatish quduqlari bilan uyumni ishlatishda quduqning debiti kichik va
suvning miqdori kam va sh.o’. sharoitlarda, ayrim paytlarda esa shaxta metodi yangi
konlardan foydalanish boshlangan vaqtdan qo’llanilishi mumkin.
322
Do'stlaringiz bilan baham: |