312
Ikkilamchi metodlar bilan neft olishni amalga oshirish uchun ob’ektlar tanlashda
quyidagilarga e’tibor berish kerak.
1. Qoldiq neftga to’yinganlik jinsdagi g’ovaklar hajmining 35% va undan
ko’pini tashkil etishi lozim. Agar qatlamning neftga to’yinganligi bundan kam bo’lsa,
har 1 t neft olish uchun sarflanadigan ishchi omil oshib ketib, qo’llanilayotgan
metodning samaradorligi pasayadi.
2. Bog’langan suvning miqdori 25% gacha bo’lganda suvni qatlamga haydash
eng samarali hisoblanadi, ammo suvning miqdori me’yoridan ortib ketsa, suv
haydashning samaradorligi ancha pasayadi. Qatlamning suvga to’yinish darajasi 55%
bo’lganda mazkur metodni ishlatish mumkin. Bog’langan
suvning qatlamdagi
miqdori yuqori, ya’ni suvga to’yinganlik darajasi 70%ga teng bo’lganda, gazni
qatlamga haydash mumkin.
3. O’tkazuvchanligi har xil bo’lgan va turli tarkibli qatchalardan tuzilgan
qatlamlar ikki-uch ob’ektga ajratiladi, so’ngra ularning har biriga ishchi omil
alohida-alohida haydaladi. Bunda qatchalarning qalinligi 10-20 metrga teng bo’lishi
kerak. Haydash quduqlari kesimida ajratilgan yuqori o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan
qatchalarni izolyatsiyalash tadbirlarini ishlab chiqish lozim.
4. Agar qatlamning litologik tuzilishi o’zgaruvchan, linzasimon, qalinligi kichik
bo’lsa va qo’shni quduqlar bir-biri bilan o’zaro ta’sirda bo’lmasa, u holda neft
olishning ikkilamchi metodlaridan foydalanish yaxshi natija bermaydi.
5. Etarlicha qattiq bo’lmagan va yumshoq jinslardan tarkib topgan qatlamlardan
ikkilamchi metodlarni qo’llab neft olishni amalga oshirish noqulaydir. CHunki,
bunday jinslar quduqlarda tiqin hosil qiladi va ularga qarshi
kurashish tadbirlarini
ishlab chiqishga to’g’ri keladi.
6. Qatlamlarni bir qator bloklarga ajratib tashlaydigan tektonik buzilishlar sodir
bo’lganda, har qaysi blokka mustaqil ishlatish ob’ekti sifatida qarash kerak.
7. Neft chiqarib olish uchun ikkilamchi metodlarni qo’llashda erigan gaz rejimli
yopiq qatlamlar juda qulay hisoblanadi.
8. Qatlamlarni yuqori darajada suvlanganligi maydoniy suv bostirish
samaradorligini kamaytirib yuboradi. Qatlamlarning yuqori darajada gazga
to’yinganligi esa qatlamga gaz (havo) haydash uchun noqulay hisoblanadi, chunki
bunday ishchi omil g’ovakdagi neft atrofidan sirg’alib o’tishi mumkin va natijada
haydalayotgan gazning solishtirma sarfi ortib ketadi.
9. Odatda ishchi omilning solishtirma sarfi neftning sifatiga bog’liq bo’ladi.
Binobarin neftning
yuqori qovushqoqligi suv, gaz yoki havoning solishtirma sarfi
ko’payishiga sabab bo’ladi. Neftning qatlam sharoitidagi qovushqoqligi 50 mPa
s
dan ortiq bo’lganda, qatlamga ayniqsa havo haydash orqali ta’sir etish kam samarali
hisoblanadi.
10. Qatlamning o’tkazuvchanligi juda o’zgaruvchan bo’lgan taqdirda,
o’tkazuvchanlik bo’yicha kesmalarni bir-biriga tenglashtirish uchun turli tadbirlar
qo’llash lozim (torpedalash, gidravlik yorish va sh.o’.).
11. Neftni ikkilamchi metodlar bilan chiqarib olishni amalga oshirishda qoidaga
ko’ra, hamma foydalanilayotgan butun ob’ekt ishga tushirilishi lozim. Ikkilamchi
metodlarni ishlatish uchun tanlab olingan qatlamlardagi quduqlar to’ri zichroq
313
bo’lishi kerak. Buning uchun qo’shimcha quduqlar
qazish loyihalanadi va
burg’ilanadigan quduqlarning iqtisodiy tomondan maqsadga muvofiqligi aniqlanadi.
Qatlamga ta’sir etishning ishonchli metodini tanlab olish uchun baholash quduqlari
qaziladi. Bunda qatlamning mahsuldor qismidan namunalar olinib, laboratoriyada
qoldiq neft o’rganiladi va uni gaz va suv bilan siqib chiqarish imkoniyati aniqlanadi.
So’ngra olingan ma’lumotlar asosida qatlamga ta’sir etish va uni to’liq qamrab olish
jarayoni belgilanadi.
Qatlamga havo haydashda gaz namunasi muntazam ravishda olinib, uning
zichligi, tarkibidagi azot miqdori va gazning yonish issiqligi aniqlanadi.
Quduqqa
haydalayotgan suvning sifati nazorat qilib turiladi va chiqarib olinayotgan suvdan
kimyoviy tahlil uchun namunalar olinadi. Agar haydash quduqlarining solishtirma
yutish qobiliyati pasayib ketsa, quduq tubi zonasi ifloslangan bo’ladi va u jadal
sur’atda sinovli ishlatish va boshqa tadbirlar yordamida tozalanadi. YUqorida qayd
etilgan tadbirlar amalga oshirilgandan so’ng suvlilik
va gazlilik chegarasining
o’zgarib borishi quduqlarning har bir chorak uchun tuzilgan suvlanish va gaz omillari
xaritalari yordamida kuzatiladi.
Neft olishning ikkilamchi metodlarini qo’llashda ishchi omil haydash
quduqlaridan ishlatish quduqlari tomon yo’naltirilganda uning g’ovaklarini egallagan
neft atrofidan sirg’alib o’tishiga qarshi tadbirlar ishlab chiqishga e’tibor berish kerak.
Ishchi omilning sirg’alib o’tganligini gaz omillarining keskin ortib ketishi
(jarayonning boshlang’ich bosqichida) yoki quduqning debiti kamayib ketganida
uning suvlanishi orqali bilish mumkin.
Ishchi omilning neft atrofidan sirg’alib o’tishiga qarshi kurashish vositalariga
quyidagilar mansub:
1) ishchi omilning sirg’alishi sodir bo’ladigan uchastkalarda uning haydaladigan
hajmini va quduq debitini cheklash;
2) ishlatish quduqlarining davriy ishlatilishi va
haydash quduqlariga ishchi
omilni davriy haydash;
3) haydash quduqlariga paker o’rnatish va boshqa tadbirlar bilan yuqori
o’tkazuvchan qatchalarni izolyatsiyalash;
4) qatlamga havo haydash paytida haydash quduqlariga vaqti-vaqti bilan suv
yuborish va sh.k.
Neft olishning ikkilamchi metodlarini amalga oshirishda hamma jarayonlar
geologik-texnik jihatdan puxta hujjatlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: