«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi


 Qatlamdan neftni suv bilan siqib chiqarish



Download 8,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/275
Sana30.04.2022
Hajmi8,36 Mb.
#595769
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   275
Bog'liq
НГ конлари геолoгияси

 
12.6.2. Qatlamdan neftni suv bilan siqib chiqarish 
 
Qatlamga haydalgan suv g’ovak, kovak va darzliklardan neftni siqib chiqarish 
qobiliyatiga ega. Neft konlarini ishlatish amaliyotida qatlamdan neftni suv bilan siqib 
chiqarish keng qo’llaniladi. 
Qatlamda suvning harakatlanishiga siqib chiqarilayotgan neft ta’sir qiladi. 
Bunday ta’sir suv va neft qovushqoqligining bir-biridan farqlanishidan kelib chiqadi. 
Qatlamda nefti siqib chiqarilayotgan va suv harakatlanayotgan oblastlar yuzaga 
keladi. Ular bir-biridan suv-neft tutash yuzasi orqali ajralib turadi. Neftning 
qovushqoqligi katta bo’lgan joylarda uyumning o’lchami tutqich o’lchamiga nisbatan 
kichik va quduq diametri katta bo’lganda esa neftni suv bilan siqib chiqarish tezligi 
ortib ketadi. Siqib chiqarilgan neftdan bo’shab qolgan g’ovaklarga kirib kelayotgan 
suv g’ovak devorlariga yopishgan neft komponentlarining qarshiligiga duch keladi. 
Bu o’z navbatida suvning filtrlanishini pasaytirib yuboradi. 
Qatlamda neftning sizilib, quduqqa kirib kelishi quduqdagi erkin gazning 
harakatiga ham bog’liq. Agar neftli jinsda bir necha suyuq faza mavjud bo’lsa, u 
holda suyuqlikning filtrlanishi murakkablashadi. 
Neftning suv bilan siqib chiqarish darajasini belgilash uchun suvni haydash 
jarayoni butunlay ta’sir etmaydigan yoki etarlicha ta’sir etmaydigan uyumlar, 
shuningdek, ayrim qatlam va qatchalar aniqlanadi. Bunday ta’sir ko’pincha suv 
haydash zonalarining neft chiqarib olish zonasi bilan gidrodinamik bog’liqligi yaxshi 


306 
namoyon bo’lgan uchastkalarda ham aniq kuzatiladi. Mazkur uchastkalarda 
haydalayotgan suvning ta’sir etishi etarli bo’lmaganligining sababi haydash 
quduqlaridan suv bir vaqtda haydalganda bir ishlatish ob’ektiga birlashtirilgan bir 
necha qatlamlar (qatchalar)dan suvni faqat filtratsiya xususiyatlari yaxshi bo’lgan bir 
yoki ikkita qatlam qabul qiladi. Bunday qatlamlarning suv qabul qilaolishini 
ko’paytirish uchun ularda tanlab (pakerlar qo’llab) gidrouzish ishlarini bajarish, 
haydash bosimini orttirish, kimyoviy reagentlar bilan quduq tubi zonasiga ishlov 
berish, ob’ektni kichiklashtirish maqsadida maxsus asboblarni ishlatib qatlamlarga 
alohida-alohida suv haydash va sh.o’. jarayonlar amalga oshiriladi. SHuningdek, 
qatlamdagi suyuqlikning sizish oqimining harakatlanish yo’lini o’zgartirish 
maqsadida haydash quduqlarining bir guruhini ishlatishdan ma’lum davrga to’xtatib 
turish ham foydalidir. To’xtatilgan haydash quduqlari 2-4 oydan so’ng qaytadan 
ishga tushiriladi. 
Uyumning ishlatishni tartibga solishda qatlamning hamma uchastkalarining 
ozmi-ko’pmi bir me’yorda yuvilishi uchun ishlatish quduqlaridan suyuqlikni chiqarib 
olish va haydash quduqlaridan suv haydash jarayonini nazorat qilishga alohida 
e’tibor berilishi kerak. Bunday sharoitda uyumni ishlatish jarayonining samaradorligi 
ishchi omil − suvni iqtisodiy jihatdan tejab ishlatilishiga bog’liq.
Neftlilik chegarasining siljishini kuzatib borish ham juda zarur, chunki neft 
zaxirasini chiqarib olish sur’ati haydalgan suv frontining siljish tezligiga bog’liq. 
SHu boisdan suv frontining, ya’ni neftlilik chegarasining harakatini tartibga solish 
masalasi paydo bo’ladi. Bu masala bir xil tarkibli jinslardan iborat qatlamlarda hal 
etiladi. Turli tarkibli qatlamlarda tegishli miqdorda suyuqlik chiqarishga va qatlamga 
suv haydashga rioya qilgan holda neftlilik chegarasining bir me’yorda tortilishiga 
erishish ancha qiyin. 
Bunday sharoitda suvlilik chegarasining harakatlanishi mavjud imkoniyatlarga 
qarab tartibga solinadi. Bunda bajarilayotgan turli tadbirlar inobatga olinadi, 
chunonchi, yuqori darajada o’tkazuvchan qatlamlardan suyuqlikni chiqarib olishni 
chegaralash (agarda bu maqsadga muvofiq bo’lsa), yomon o’tkazuvchan qatlamdan 
suyuqlikni chiqarib olishni tezlashtirish (haydalayotgan suv bosimini ko’paytirish, 
qatlamlarga alohida-alohida suv haydash va qo’shimcha o’choqli suv bostirish orqali) 
va boshqalar. 
Ayrim hollarda ishlatish ob’ektining pastki qatlamlaridan neftni siqib chiqarishni 
uning ustki qatlamlaridagiga nisbatan ildamroq bajarish foydaliroq bo’ladi. CHunki 
pastki qatlamlarning suvlanish darajasiga ko’ra izolyatsiyalar texnik jihatdan 
qulayroqdir. 
Har xil tarkibli qatlamga suv bostirishda va undan neftni butunlay siqib 
chiqarishda davriy suv bostirish metodini qo’llash foydali hisoblanadi, bunda qatlam 
haydalayotgan va sizilayotgan suv oqimlarining yo’nalishini o’zgartirishga e’tibor 
beriladi. Davriy suv bostirish metodi qatlamga haydalayotgan suv sarfi yoki bosimi 
vaqt davomida o’zgartirilganda yaxshi natija beradi. Bu metodni statsionar suv 
bostirish metodidan afzalligi shundaki, nostatsionar suv bostirish rejimida 
o’tkazuvchanligi har xil bo’lgan uchastkalar oralig’ida bosimlar qiymatidagi farq 
keskin o’zgaradi. Buning natijasida kollektorning yomon o’tkazuvchan, neftga 


307 
to’yingan uchastkalarining ko’p qismini suv bosadi. Davriy suv bostirish metodi 
Romashkin konining ko’pgina uchastkalarida muvaffaqiyat bilan qo’llanilgan.
Shuni qayd etish lozimki, uyumni ishlatishni tartibga solish va uni jadallashtirish 
uchun ishlatish quduqlari tubidagi bosimning eng muvofiq qiymatini tanlash muhim 
vazifa hisoblanadi. 
O’zbekiston, Boshqirdiston va Tataristonda bajarilgan amaliy ishlar shuni 
ko’rsatadiki, quduq tubi bosimini neftga to’yinish bosimidan kamaytirish suvsiz 
ishlatish quduqlarida samarali bo’ladi, suvlangan quduqlarda esa quduq tubi bosimini 
bunday kamaytirishning maqsadga muvofiqligini to’liqroq o’rganishni taqazo etadi. 
Shuningdek, 
ishlatishni 
tartibga 
solishning 
muhim 
tomoni 
ishlatish 
quduqlaridagi suvlangan qatlamlarni o’z vaqtida izolyatsiyalashdan iborat. Bu o’z 
navbatida uyumni ishlatishning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini ma’lum darajada 
oshiradi. Bunday holatda neft bilan olinadigan yo’lakay suvning hajmi keskin 
kamayadi. 
Nihoyat, ob’ektdan neftni siqib chiqarish xarakterini o’rganishda izobara 
xaritalari katta yordam beradi. Izobara xaritalarining va qatlam bosimining eng 
yuqori va past bo’lgan uchastkalarini tadqiq qilishda ishlatish sistemalarining bir 
me’yorda amalga oshirilganligi va yuqori bosimli uchastkalarda suyuqlikni jadallik 
bilan chiqarib olish zarurligi to’g’risida fikr yuritishga imkoniyat beradi. Bu esa 
ob’ektdan neftni to’liq siqish va chiqarib olishni ta’minlaydi. 
Izobara xaritalarini tahlil qilish asosida qatlam bosimining anomal(nome’yor) 
yuqori bo’lgan uchastkalari aniqlanadi. Bunday uchastkalar qatlamlararo 
gidrodinamik bog’liqlik yaxshi bo’lganda va suyuqlikning qatlamlarning biridan 
ikkinchisiga oqib o’tishida (alohida-alohida ishlatilayotgan qatlamlarda) tarkib 
topadi. Bu jarayon qatlamlardan flyuid chiqarish sharoitlarini murakkablashtiradi. 
Neftni suv bilan to’liq siqib chiqarish uchun uyumga yuza − faol moddalar 
(YUFM)ning suvli eritmalari bilan ta’sir etish muhim ahamiyatga ega. Yuza − faol 
moddalar molekulalari suv bilan neft chegarasida suvning sirtqi tarangligini 
kamaytirib yuboradi, bu esa neftni suv bilan to’liq siqib chiqarishga imkon beradi. 

Download 8,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish