14.1-rasm. Gaz uyumini ishlatish grafigi:
1– bosim gaz shiqarib olish egri shizig’i; 2 –
bosim 0,1 MPa ga pasayganda gaz shiqarib
olish hajmining o’zgarish egri shizig’i.
338
Uyumni ishlatish jarayonida gaz uyumi holatini o’rganishda suv bosimi bor yoki
yo’qligini hisobga olish kerak, sababi, ishlatish jarayonida uning ta’sirida qatlam
bosimida biron-bir o’zgarish sodir bo’lishi mumkin. Gaz uyumini ishlatishda tahlilni
grafik yordamida amalga oshirish qulay. Bunda gazning siqiluvchanligi hisobga
olinadi va u yoki bu sanada amalda o’lchangan qatlam bosimi o’rniga grafikda r/z
miqdorni, ya’ni r
ni ko’rsatish lozim (7 bob, 1-§ ga qarang). SHunda uyumni
ishlatish grafigi 14.1-rasmda ifodalangan ko’rinishga ega bo’ladi.
Bu grafikda ordinata o’qiga r/z ning MPa dagi miqdori, abstsissa o’qiga esa
kondan gaz olish boshlangandan beri yig’ilgan miqdori (V mln.m
3
da) yoziladi;
shuningdek, T sanasida oy yoki yil davomida qazib olingan gaz miqdorini ham
ko’rsatish mumkin.
Gaz rejimi uchun bosim
qazib olingan gaz miqdori orasidagi bog’liqlik (14.1-
rasm, 1-egri chiziq) to’g’ri chiziq bilan ifodalanadi, uning ekstrapolyatsiyasi so’nggi
amaldagi (E) nuqta tashqarisida abstsissa o’qi bilan kesishguncha davom ettiriladi.
Uning yordamida gazning dastlabki sanoat zaxirasini aniqlash mumkin bo’ladi (A
nuqtada). Bu holatda (ya’ni suv bosimi yo’q sharoitda) bosim pasayishi 0,1 MPa
bo’lganda gaz chiqarib olishning o’zgarish egri chizig’i (14.1-rasm, 1 egri chiziq)
uyumni ishlatishning to’liq davrida abstsissa o’qiga parallel ravishda davom etadi (bu
esa uyumda gaz rejimi mavjudligining isboti hisoblanadi). 2- egri chiziq turli
sanalarda bosim 0,1 MPa ga kamayganda qazib olingan gaz miqdoriga qarab
hisoblash yo’li bilan tuziladi.
Agar uyumni ishlatish jarayonida suvning harakati kuzatilsa, bu holda bosim
gaz chiqarish egri chizig’i to’g’ri chiziqdan iborat bo’lmaydi va gaz zaxirasini
aniqlash uchun ushbu egri chiziqni abstsissa o’qigacha to’g’ri chiziq bo’yicha
ekstrapolyatsiya (E nuqtasidan so’ng) qilish mumkin bo’lmaydi. Ayni paytda 2- egri
chiziq hamisha abstsissa o’qiga parallel bormaydi, balki yuqoriga og’ishga moyil
bo’ladi. Masalan, S nuqtasidan boshlab (V sanasida) shunday bo’ladi. Demak, V
sanasigacha uyumda gaz rejimi mavjud bo’lgan, undan narida (2- egri chiziq CD
yo’nalishi bo’yicha davom etadi, 1- egri chiziq esa EF yo’nalishi bo’yicha ketgan)
qatlam bosimi pasayishiga qarab suvning faollashuvi kuzatiladi.
Uyumni ishlatishni tahlil qilish uchun bir qator boshqa grafiklar tuzish foydali,
ularda ordinata o’qi bo’yicha MP dagi r/z qo’yiladi, abstsissa o’qi bo’yicha esa
quyidagi miqdorlardan biri qo’yiladi:
1) gazni qazib chiqarish boshlangandan beri olingan gaz hajmini qatlam
sharoitiga keltirish yo’li bilan (qatlam gazining hajmiy koeffitsientini hisobga olgan
holda) tog’ jinsining bo’shab qolgan hajmi; 2) qatlamda qolgan gaz band qilgan
qatlam hajmi, (hajmiy koeffitsientini hisobga olgan holda); 3) qatlam gazining
hajmiy koeffitsientining o’zgarishi; 4) kundalik qazib olingan gaz.
Qatlamda qolgan gaz bilan band bo’lgan g’ovaklar hajmi V(m
3
da) tegishli
sanada quyidagi formula bilan aniqlanadi:
V=
jor
jor
qaz
bosh
α
р
V
V
, (14.1)
339
bunda V
bosh
standart sharoitlardagi gazning boshlang’ich sanoat miqyosidagi
zaxiralari, m
3
; V
qaz
standart sharoitlarda tegishli sanada qazib olingan gaz miqdori,
m
3
; r
jor
shu sanada qatlamning o’rtacha bosimi, MPa;
jor
qatlam bosimi uchun
(r
jor
) shu sanada gazning ideal gaz qonunlaridan og’ishiga tuzatish.
Gaz uyumiga suv kirib kelishi bilan uning hajmi kichrayadi. SHu munosabat
bilan ko’pincha
o’rnini to’ldirish koeffitsienti
(q. 8 bob, 5-§) tushunchasi kiritiladi,
bunda ma’lum vaqt oralig’ida gaz uyumiga kirgan suv hajmining xuddi shu paytda
uyumdan chiqarib olingan (qatlam sharoitiga keltirilgan) gaz hajmiga nisbati
tushuniladi. O’rnini to’ldirish koeffitsienti quyidagi formula bilan aniqlanadi:
r
z
V
V
W
К
qaz
, (14.2)
bunda
W
ushbu sanada qatlamga kirib kelgan suv miqdori, m
3
; V
qaz
standart sharoitlarda shu sanada qazib olingan gaz miqdori, m
3
; V
r
shu sanaga
tegishli o’rtacha qatlam bosimi uchun qatlam gazining hajmiy koeffitsienti.
Qatlamga kirib kelgan suv miqdori quyidagi formulaga binoan aniqlanadi:
V
α
p
V
W
bosh
bosh
bosh
, (14.3)
bunda
bosh
r
bosh
uchun gazning ideal gaz qonunlaridan og’ishiga tuzatish.
O’rnini to’ldirish koeffitsientining miqdori kollektorning litologik-fizik
xususiyatlariga, suv bosimi sistemasining tavsifiga va gaz olish sur’atiga bog’liq.
Gaz oz miqdorda olinganda u boshqa teng sharoitlarda ko’payadi, gaz uyumida
bosimning ortishiga olib keladi; gaz olishning bundan yuqoriroq sur’atlarida o’rnini
to’ldirish koeffitsienti kamayadi, qatlamning o’rtacha bosimi biroz pasayadi. Uyumni
ishlatish jarayonida o’rnini to’ldirish koeffitsientining o’zgarishini kuzatish orqali
suv bosimli sistemaning xususiyatlari haqida fikrlash va gaz uyumini ishlatishni
tartibga solish bo’yicha tadbirlar belgilash mumkin bo’ladi.
Gaz uyumini o’rganish orqali uning geometrik hajmini aniqlash, so’ng gaz
uyumi joylashgan kollektordagi jinslarning o’rtacha ochiq g’ovakliligini baholash
mumkin. 14.1-rasmdagi grafik yordamida gazning sanoat miqyosidagi boshlang’ich
zaxiralarini (V
bosh
) aniqlab, o’zida gazni joylashtirgan kollektorning geometrik
hajmini va uning o’rtacha ochiq g’ovakliligini hisoblash mumkin.
Uyumning geometrik o’lchami 16.1 formula bo’yicha aniqlanadi. Agar
burg’ilash natijasida gaz uyumining geometrik o’lchami yaxshi o’rganilgan bo’lsa, u
holda 16.1 formulada oddiy o’zgarish yasab, gaz kollektori uchun o’rtacha ochiq
g’ovaklilikni topish mumkin.
Suv bosimli rejim mavjud bo’lsa, gazning boshlang’ich sanoat miqyosidagi
zaxirasini (V
bosh
) 14.1-rasmda ko’rsatilgan grafik bo’yicha aniqlash qiyinchilik
tug’diradi. Bunday holatda V
bosh
ni uyumni ishlatishning boshlang’ich davrida, uyum
gaz rejimida ishlayotganda, masalan, bosim pasayishi metodi bo’yicha belgilash
lozim bo’ladi.
340
Do'stlaringiz bilan baham: |