Kondensat
yer osti gazlarining separatsiyalangan (ajralib chiqqan) suyuq
mahsuloti hisoblanadi. Mo’’tadil sharoitdagi qatlam gazining kondensati suyuq
uglevodoroddan tarkib topadi. Uglevodorodli kondensat foydali qazilma hisoblanadi.
Tarkibida ko’proq pentan va alkan, tsiklan, aren tarkibli, nisbatan og’ir
uglevodorodlar mavjud. Kondensatning zichligi odatda 0,758 g/sm
3
, temperaturasi
200
0
S dan 350
0
S ga etganda rostmana qaynaydi.
Kondensat neft kimyosi sanoatida qimmatbaho xom ashyo hisoblanadi. Shu
sababli zaxirasiga ko’ra yirik, kondensat miqdori yuqori bo’lgan uyumlarda
kondensatsiya boshlanish bosimidan yuqori bo’lgan qatlam bosimining saqlanishini
ta’minlaydigan ishlatish sistemasini qo’llash o’ta dolzarb muammolardan
331
hisoblanadi. Hozirgi vaqtda bu maqsadga qatlamga quruq gaz yoki suv haydash
metodini qo’llab erishish mumkin.
Aksariyat hollarda birinchi metod qo’llanilib, unga ko’ra qatlamga ushbu
uyumdan chiqarib olinayotgan kondensatdan ajralgan gaz qatlam bosimini saqlab
turishga etarli hajmda haydaladi. Bunday texnologik usul
saykling-jarayon
deb
ataladi. Qatlamga quruq gaz haydash quduqdan chiqarib olinayotgan gaz tarkibida
kondensat miqdori minimumga tushguncha davom etkaziladi. Shundan keyin bu
jarayon to’xtatilib, haydash quduqlari chiqarib olish quduqlari fondiga o’tkaziladi,
uyum oddiy gaz uyumi sifatida ishlatiladi. Bu metodni qo’llashda ayrim
qiyinchiliklar ham kelib chiqadi, chunonchi, quruq gazning ko’p qismidan uzoq vaqt
davomida xalq xo’jaligida foydalanilmaydi hamda jarayonni amalga oshirishda
texnik murakkabliklar yuzaga keladi.
Bunday hollarda uyumga suv bostirish metodi afzal bo’lib, undan uyumni
ishlatish boshlanishi bilan foydalanish mumkin. CHiqarib olinayotgan quruq gaz
to’laligicha xalq xo’jaligida ishlatiladi. Shu bilan birga suv bostirish metodini
qo’llash katta xarajatlar talab qiladi. Ularning asosiylari – yaxshi o’tkazuvchan
qatchalarda harakatlanayotgan suvlarning quduq tubiga kirib kelishi natijasida
quduqning suvlanishi va undan foydalanish muddatining qisqarishi va b. Uyumdagi
yuqori qatlam bosimini suv bostirish usuli bilan saqlashda ayrim quduqlar suvlanishi
mumkin, ularni ishlatish fondidan chiqarilishi uyumning ishlatish jarayoni
samaradorligini pasaytirishi va yer ostida gaz va kondensat zaxiralarining ma’lum bir
qismining qolib ketishiga sabab bo’lishi mumkin. Suv bostirish metodi gazkondensat
uyumlarini ishlatishda keng qo’llanilmaydi.
Tarkibida kondensat miqdori kam bo’lgan tabiiy rejimdagi gaz va kondensat
uyumlarini ishlatish loyihasini tuzish o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, gaz
chiqaruvchi quduqlarning loyihaviy soni uyumni uzoq vaqt ishlatish va eng ko’p
miqdorda gaz olishni ta’minlashga ko’ra aniqlanadi. Gazni chiqarib olish
koeffitsienti miqdorini loyihadagi ko’rsatkichga etkazish masalasi qazilgan ushbu
quduqlardan foydalanib hal qilinadi. Uyumdan olinayotgan gaz miqdorining
kamayishi boshlanganda qo’shimcha quduqlar burg’ilanishi to’xtatiladi. Neft
uyumlarida esa loyihalangan quduqlarning ko’p qismi neft chiqarib olish
koeffitsientining loyihaviy ko’rsatkichiga erishishga yo’naltiriladi. Tegilmagan neft
qoldiqlari aniqlangan uchastkalarda quduqlarni burg’ilash uyumni ishlatish davrining
yakuniy qismigacha davom ettiriladi.
Gaz uyumlarining geologik tuzilishi neft uyumlarinikiga nisbatan kam sonli
quduqlar bilan yoritilishi mumkin. SHu sababli gaz uyumlarining geologik tuzilishini
va zaxiralarini o’rganishda bilvosita metodlardan – gidrodinamik, moddiy balans va
boshqalardan ham foydalaniladi.
Gaz va gazkondensat uyumlarini ishlatish sistemasini tanlashda gazni yil
davomida gaz chiqarib olish dinamikasiga va konni ishlatishning hamma
jarayonlariga ularning geologik-kon tavsifi ta’sir etadi.
Uyumni ishlatishda uning tabiiy rejimi qatlam bosimining pasayish sur’atiga va
o’z navbatida quduq debitining kamayish tabiatiga ta’sir etadi. Bu hol chiqarib
olinayotgan gaz debitining maksimal qiymatini uzoq vaqt saqlab qolishga zarur
bo’lgan qo’shimcha quduqlarni burg’ilash muddatini, kon qurilishi davrini, quduqni
332
ishlatish texnologiyasini va miqyosini aniqlash imkonini beradi. Xuddi shunday
sharoitda suv bosimli rejimdagi uyumlarda qatlam bosimi gaz rejimdagiga nisbatan
juda sekin pasayib boradi, chekka oblastlardagi faollikning ortishi bilan bosimning
kamayishi sekinlashadi.
Shu bilan birga suv bosimli rejimning ta’siri noqulay oqibatlarga olib keladi.
Maydon va geologik kesim bo’yicha gazli jinslarning kollektorlik xususiyatlarini har
xilligi hamda uyumning turli uchastkalarining notekis drenajlanishi yaxshi
o’tkazuvchan qatchalarda suv oqimi harakatining tezlashishiga olib keladi. Bu hol
gazlilikning joriy tashqi chegarasida joylashgan quduqlarni muddatidan oldin
suvlanib qolishiga sabab bo’ladi.
Gaz uyumlarida neft uyumlaridagiga nisbatan suvning notekis harakatlanishiga
sharoit mavjud bo’ladi. Chunki jinslarning gaz o’tkazuvchanligi neft va suv
o’tkazuvchanligiga nisbatan past bo’ladi. Natijada gaz uyumlariga o’tkazuvchan
qatchalar bo’ylab suvning notekis kirib kelishi uchun sharoit yuzaga keladi. Bunday
holatda mahsuldor yotqiziqlarning qalinligini hisobga olgan holda chiqarib
olinayotgan gaz miqdorini tartibga solish muhim ahamiyatga ega, zero bu jarayon
suvning kirib kelish tezligini baravarlashtiradi. SHuningdek, quduqlarda suvlangan
intervallarni ajratish ishlari bajariladi. SHu bilan birga jinslarda suvning notekis
harakatlanishidan kelib chiqadigan salbiy oqibatlar zaminda gazlarning yo’qotilishiga
sabab bo’ladi.
Mahsuldor gorizontlar tarkibining har xillik darajasi turlicha bo’lib, suv bosimli
rejimdagi uyumlardan gaz chiqarib olish koeffitsienti qiymati katta intervalda
o’zgaradi. Kollektorlik xususiyatlari mo’’tadil har xil uyumlarda gaz chiqarib olish
koeffitsienti miqdori juda yuqori bo’lib, gaz rejimidagi uyumlarnikiga yaqin bo’ladi.
Geologik tuzilishi yuqori darajada o’zgaruvchan uyumlardan gaz chiqarib olish
koeffitsientining yakuniy qiymati biroz kamroq bo’ladi.
Chiqarish quduqlarini maydon bo’ylab joylashtirishda uyumning tabiiy rejimi
tabiatini va yotqiziqlarning mahsuldor qismining geologik tuzilishini hisobga olish
zarur.
Gaz rejimli sharoitlarda kollektorlik xususiyatlari mo’’tadil har xil bo’lgan
uyumlarda quduqlarni maydon bo’ylab bir tekis joylashtirish afzaldir. Qatlamlar
tuzilishi har xil bo’lib, uyum zonasida yuqori mahsuldorlikka ega bo’lsa, u holda
quduqlarni faqat shu zonaga joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Agar qatlamlarning
kollektorlik xususiyatlari uyumning gumbaz qismi tomon yaxshilanib borsa,
quduqlarni strukturaning eng yuqori qismiga joylashtirish lozim. Yirik konlarning
markaziy qismida joylashgan quduqlarning sanoat miqyosidagi ahamiyati bu
tadbirning yuqori samaradorligini ko’rsatdi.
Suv bosimli rejimdagi gaz uyumlarida quduqlarni joylashtirish chekka suvlarni
uyum tomon bir maromda kirib kelishini ta’minlashi lozim. Shu sababli quduqlarni
joylashtirish masalasi gazga to’yingan jinslarning butun qalinligi bo’yicha
drenajlashga jalb qilishni nazarda tutadi. Bunday shartlarning bajarilishini bir
maromda joylashgan quduqlar to’ri orqali nazorat qilish mumkin, bunday hollarda
tegilmagan gaz qoldiqlarini hosil bo’lishi keskin kamayadi.
Uyumlarning geologik tuzilishi mustaqil seriyalarda quduqlar burg’ilanayotgan
ishlatish ob’ektlarini ajratish masalalarini hal qilishga ta’sir etadi. Massiv tuzilishli,
333
bir gidrodinamik sistema bilan ifodalangan, mahsuldor yotqiziqlar qalinligi katta
bo’lgan (bir necha yuz metrga etadigan), gaz rejimidagi uyumlarni bir turkumda
burg’ilangan quduqlar yordamida yaxlit ishlatish yaxshi natijalar beradi.
Uyumlar bir necha qatlamlardan tuzilgan bo’lib, ular orasidagi gidrodinamik
bog’liqlik kuchsiz bo’lsa, gazli va suv bosimli rejimdagi gazga to’yingan qalinliklar
yig’indisi katta bo’lganda ikkita, uchta va undan ko’p ishlatish ob’ektlarini ajratish
maqsadga muvofiq. Bunday hollarda har bir ob’ektni ishlatishni boshqarish oson
bo’ladi.
Agar uyum qatlamsimon tuzilgan bo’lib, jinslarning kollektorlik xususiyatlari
bir-biriga o’xshash va qatlamlarning umumiy qalinligi kichik bo’lsa, hamma
qatlamlarni bir ishlatish ob’ektiga birlashtirish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq
bo’ladi. Bunday ob’ektlarda burg’ilanayotgan dastlabki quduqlar hamma qatlamlarni
ochishi lozim, keyin kavlanadiganlari esa oldindan tanlangan qatlamlarni ochadi.
Gaz uyumlarini yotish chuqurligi kon qurilishiga va ishlatish sistemasiga ta’sir
etadi. Qatlam bosimi infiltratsion tabiatga ega bo’lsa (bunday sharoitlarda faol suv
bosimli rejimning namoyonlanish ehtimoli ortadi), boshlang’ich bosim qiymati
mahsuldor qatlamlarning yotish chuqurligiga bog’liq holda o’zgaradi. Bu o’z
navbatida quduqlarning boshlang’ich debitiga va uyumdan gazni chiqarib olish
dinamikasiga ta’sir etadi.
Qatlam bosimini saqlagan holda gazkondensat uyumlarini ishlatishda ishlatish
sistemasini va uning ko’rsatkichlarini tanlash asosan geologik omillarga bog’liq.
Haydash va chiqarib olish quduqlarini joylashtirishning va gazkondensat uyumiga
ta’sir etishning samarasini asoslash ham o’sha geologik omillar bilan aniqlanadi va
xuddi neft uyumiga suv haydash kabi – uyum o’lchamiga, uning tektonik tuzilishiga,
jinslarning kollektorlik xususiyatlariga, jinslarning makro va mikro har xillik
darajasiga bog’liq bo’ladi.
Qatlamga quruq gaz haydashda, haydash va chiqarib olish quduqlarini
joylashtirish sistemasini asoslashda uyumning chegara tashqarisi oblasti bilan aloqasi
bor yoki yo’qligini, uyumning o’lchamini, jinslarning yotish burchagini hisobga olish
zarur. Uyumning o’lchami kichik, jinslarning yotish burchagi katta va uyumning
chegara tashqarisidagi oblast bilan (litologik tipdagi uyum bo’lib, uning asosida
to’silgan − o’ralgan neftli qatlamlar mavjudligi) o’zaro aloqasi bo’lmasa,
quduqlarning joylashtirish tartibi quydagicha bo’ladi: haydash quduqlari uyumning
ichki qismida, chiqarib olish quduqlari uyumning tashqi qismida joylashadi. Bu
variant quyidagi afzalliklarga ega: juda zich tuzilgan qatlam gazining zichligi kam
quruq gaz bilan yuqoridan pastga tomon yo’nalishda siqib chiqarilishi katta samara
beradi; qatlam gazining bir qismining uyum chegarasidan tashqariga siqib chiqarish
uchun geologik shart-sharoitlarning yo’qligi; saykling-jarayondan so’ng haydash
quduqlarini chiqarib olish quduqlari fondiga o’tkazish mumkinligi va b.
Uyum suv bosimli sistema bilan yaxshi aloqador bo’lganda, ayniqsa qatlamlar
qiya yotganda haydash quduqlari uyumning chekka qismlarida, chiqarib olish
quduqlari esa uyumning ichki qismida joylashgan varianti ko’proq afzallikka ega.
Bunday geologik sharoitlarda uyumni ishlatishning ushbu sistemasini qo’llash bilan
gazlilik chegarasidan uzoqda joylashgan chiqarish quduqlarini uzoq vaqt suvsiz
ishlatish mumkin.
334
Haydash quduqlari joylashgan zonada qatlam bosimining ko’tarilishi uyumga
chegara suvlarining kirib kelishini keskin kamaytiradi. Gazlilik maydoni qanchalik
katta bo’lsa, maydon bo’ylab haydash va chiqarish quduqlarini bir maromda
joylashtirish uchun shunchalik qulay shart-sharoitlar yuzaga keladi, ya’ni bu sistema
neft uyumlarini ishlatish sistemasiga o’xshasada, bunda quduqlar orasidagi masofa
katta bo’ladi.
Gazkondensat uyumlarini suv bostirish metodini qo’llab ishlatish mumkin,
bunda jins-kollektorlarning o’tkazuvchanligining yuqori bo’lishi haydash quduqlarini
suyuqlik qabul qilaolish imkoniyatini ta’minlaydi. Kichik uyumlarda chegara
tashqarisiga, yiriklarida – chegara ichra suv bostirishni qo’llash yoki haydash
quduqlarini qatorlar ko’rinishida joylashtirish maqsadga muvofiq.
Gazkondensat uyumlarini ishlatishda qatlamlar tarkibining har xilligi har qanday
ishchi omildan foydalanganda ham seziladi. Quruq gaz haydalganda uning chiqarish
quduqlari tubiga kirib kelishi muddatidan avval sodir bo’lishi mumkin. Bu holat
kondensatni uyumdan chiqarib olish jarayoni samaradorligini pasaytiradi, pasayish
muddatining uzoq vaqt saqlanib qolishiga olib keladi, shu sababli uyumga katta
hajmda gaz haydash lozim bo’ladi. Gaz haydash chog’ida qatlamlar tarkibining har
xilligi sababli yaxshi o’tkazuvchan qatchalar orqali suvning muddatidan oldin kirib
kelishi va chiqarish quduqlarining suvlanishi kuzatiladi.
Uyumlarning ishlatish sistemasini tanlashda, birinchi navbatda quduqlar sonini
aniqlashda qatlam-kollektorlarning mustahkamligi asosiy rol o’ynaydi. Gaz
quduqlari debitining yuqori bo’lishi quduq tubi zonasidagi qatlamlarning tabiiy
tuzilishini buzishi mumkin, shunga ko’ra bu jarayon neft quduqlaridan
foydalangandagiga nisbatan shiddatli kechadi. Kuchsiz sementlangan terrigen jinslar
va gil sementli yotqiziqlar tez buzilishga moilroqdir. Jinslarning maydalanishi quduq
suvlanganda yanada tezlashadi, chunki suv ta’sirida sement ko’pchiydi va
deformatsiyalanadi. Bunday jarayonlarni quduqlardagi drenajlanayotgan qatlamlar
qarshisiga maxsus filtrlar o’rnatish, quduqning suvsiz ishlash muddatini cho’zish,
quduq debitini cheklash kabi tadbirlar bilan to’xtatish mumkin. Oxirgi holatlarda gaz
olish sur’atini saqlab qolish uchun quduqlar miqdorini ko’paytirish kerak. Gaz
quduqlarini ishlatishda jinslarning buzilishi mumkin bo’lgan hajmini va bu jarayonni
cheklash tadbirlari kernni va turli rejimdagi suvsiz hamda suvlangan quduqlarni
o’rganish, konni tajriba-sanoat miqyosida ishlatish va razvedka qilish davrlarida
asoslash lozim bo’ladi.
Yuqorida qayd qilinganlardan ma’lumki, gaz va kondensat konlarini ishlatish
sharoitlarini va sistemalarini tanlashga geologik omillar kuchli ta’sir etadi, lekin ular
asosida faqat texnologik echimlarning dastlabki tavsiyalarinigina ishlab chiqish
mumkin bo’ladi. Demak, gaz uyumlarining ishlatish sistemasini tanlashda quyidagi
omillar ta’siri kuchli bo’ladi: konni ma’lum bir sur’atda ishlatish, unga mos keluvchi
qatlam bosimining pasayish tezligi, konni izlashga zarur bo’lgan inshootlar va ularni
qurish muddatlari, quduqlarni joylashtirishning turli variantlari, qatlamga gaz yoki
suv haydashning texnik imkoniyatlari va b.
Neft konlarida bo’lganidek, gaz konlarining hamma geologik omillarini hisobga
oluvchi eng qulay ishlatish sistemalari bir necha variantlarda bajarilgan gidrodinamik
hisob-kitoblar orqali asoslanadi, bunda konning kon-geologik tavsifi to’liq o’rganilib,
335
hisobga olinadi, eng yaxshi variant texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarni taqqoslash
asosida tanlanadi. Bu masalalar «Neft va gaz konlarini ishlatish» fani o’qitilganda
chuqur o’rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |