15.2. JORIY MUKAMMAL REJALASHTIRISH
4 Quduqlar unumdorligining pasayishi koeffitsienti deb quduqlarning kelg’usi debitining oldingi debitiga
nisbatiga aytiladi.
353
Kon bo’yicha rejalashtirilgan yilda, chorakda va oyda neft yoki gaz qazib olish
rejasi
joriy mukammal (kon ichidagi) rejalashtirishning asosidir.
Mukammal rejalashtirishda ishlatish loyihasi bo’lgan uyumlarni va ishlatish
loyihasi bo’lmagan uyumlarni ajratish kerak.
Ishlatish loyihasi bo’lgan uyumlar bo’yicha neft va gaz qazib olishni
rejalashtirish va quduqlarni burg’ilash shu loyihalar asosida bajarilib, fan va
texnikaning eng yangi yutuqlaridan foydalanib, uyumni ishlatish va burg’ilash
texnologiyalarini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni hisobga olib amalga oshiriladi.
Uyumning ishlatishni haqiqiy holati loyihada ko’rsatilgan ma’lumotlardan
birmuncha farqlanadigan hollarda rejalashtirilgan muddatda flyuid qazib olish va
burg’ilash hajmlariga tuzatishlar kiritiladi hamda ular loyihadagi ma’lumotlarga
muvofiqlashtiriladi. Bu vazifalarni xal etish va bunday tuzatishlarni amalga oshirish
u yoki bu kondagi aniq ma’lumotlar bilan ta’minlanadi.
Ishlatish loyihasi bo’lmagan uyumlar bo’yicha neft va gaz olishni rejalashtirish
keyingi yilga ko’chadigan, vaqt davomida debiti va bosimi pasayib boradigan
quduqlar fondi asosida amalga oshiriladi. Bunday hollarda quyidagi parametrlar
aniqlanadi:
1) har bir quduqning o’tgan yilning dekabr oyidagi sutkalik o’rtacha kirish
debiti;
2) debitlar o’zgarishi (pasayishi)ning oylik koeffitsienti
1)
;
3) ishlatilayotgan quduqlarning quduq-oylik soni (bir quduqning bir oydagi ishi
o’lchovi);
4) quduqlarning ishlatilish koeffitsientlari.
Kirish debitlari debitlar pasayishining oylik koeffitsientining miqdori bo’yicha
aniqlanadi. Uyumning quduq-oylik ishlatish miqdori va ishlatish koeffitsienti
quduqlarning ishlashini bir qator so’nggi yillari uchun belgilanadi va ularning
ishlatish muddatini hamda ta’mirlash davri oralig’i muddatini uzaytirish bo’yicha
tadbirlari hisobga olinadi.
Rejalashtirilgan yil davomida debitning pasayish koeffitsienti bir xil bo’lsa, neft
qazib olishni hisoblashni soddalashtirish uchun karralilik koeffitsienti K
kr
dan
foydalanish mumkin. Karralilik koeffitsienti deb kamayuvchi geometrik progressiya
hadlari yig’indisiga aytilib, unda birinchi had va progressiya maxraji bosimning oylik
pasayish koeffitsientiga teng, hadlar soni esa rejalashtirilayotgan davr oylari soniga
(bir yil bo’lganda 12 oy) teng. Bu koeffitsient quyidagi nisbatda hisoblanadi
К
-
1
К
К
-
К
=
К
n
kr
,
(15.1)
bunda K – debit pasayishining oylik koeffitsienti; n – rejalashtirilayotgan davr
oylari miqdori.
1)
Debitning o’zgarishi (pasayishi) koeffitsienti deb so’nggi debitning oldingisiga nisbatiga aytiladi (yillik
debitlarda bu yillik koeffitsient, oylik debitlarda
oylik koeffitsient bo’ladi).
354
Eng ko’p uchraydigan debitlar pasayishi koeffitsientlari qiymatlari uchun
karralilik koeffitsientini maxsus hisoblangan jadval bo’yicha aniqlash mumkin (15.1-
jadval)
15.1-jadval
Debitning o’zgarish
koeffitsienti
Karralilik koeffitsienti
12 oyga
6 oyga
1,000
12,000
6,000
0,990
11,248
5,791
0,980
10,549
5,593
0,960
9,298
5,216
0,940
8,215
4,860
Neft va gaz tashkilotlarida quduqlarning ko’chmas fondi bo’yicha qazib olingan
neft miqdori Q quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi (V.S. Gavura, A.I. Gubanov,
V.S. Kovalev va b., 1978):
Q=q·30,4K
kr
,
(15.2)
bunda q
sutka davomida chiqarib olingan dastlabki neft miqdori, t.
Rejalashtirilgan davrga karralilik koeffitsienti oldingi davrdagi daliliy
ma’lumotlar asosida aniqlanadi:
30,4
q
Q
К
i
i
i
kr
,
(15.3)
bunda Q
i
i yilda eski quduqlardan yil davomida qazib olingan neft miqdori, t;
q
i
i yilda sutka davomida qazib olingan dastlabki neft miqdori, t.
Debitning o’zgarish koeffitsientiga asoslangan metodni uyumdan olinadigan
zaxiralarni yuqori darajada barqaror chiqarib olish imkonini beradigan neftni
qatlamdan suv bilan siqib chiqarishda qo’llab bo’lmaydi.
Bu holatda neft qazib olishni rejalashtirish ikki bosqichdan iborat bo’lishi kerak:
1) uyumdan suyuqlikni chiqarib olishni rejalashtirish;
2) quduqdan chiqarib olinayotgan mahsulotning suvlanganlik darajasini
bashoratlash.
Suyuqlik olishni rejalashtirish uchun «Kuybishevneft» birlashmasi xodimlari
taklif etgan tenglamadan foydalaniladi:
5
4
3
2
1
ya.k
1)
-
f(i
fi
1
-
i
ji
ΔQ
-
ΔQ
+
ΔQ
+
ΔQ
+
ΔQ
+
Q
+
365
К
К
q
=
Q
(15.4)
bunda Q
ji
- rejalashtirilgan yilda suyuqlik olish, t; K
fi
-rejalashtirilgan yildagi
ishlatish koeffitsienti ; K
f(i-1)
- oldingi yildagi ishlatish koeffitsienti; q
i-1
oldingi yil
dekabrdagi sutkalik suyuqlik olish, t; 365 - rejalashtirilgan yilda «eski» quduqlarning
ish kunlari soni (kabisa yilda - 366); Q
ya.q.
– rejalashtirilgan yilda yangi quduqlardan
suyuqlik olish, t; ∆Q
1
- quduqlarning maqbul ish rejimini belgilash (mehnat
unumdorligini oshirish, mexanizatsiya vositasida qazib olishga o’tish) hisobiga
355
suyuqlik qazib olishning o’sishi, t; ∆Q
2
- quduqlarni boshqa gorizontlarga qaytarish
va qatlamlarni hamda kichik qatchalarni qo’shimcha ravishda otib perforatsiyalash
orqali suyuqlik qazib olishni o’stirish, t; ∆Q
3
- quduqlar tub zonasiga ishlov berib
ta’sir ko’rsatish (kislota bilan qayta ishlash, (yuza-faol moddalarni qo’llash va b.)
orqali suyuqlik qazib olishni o’stirish), t; ∆Q
1
, ∆Q
2
, ∆Q
3
rejalashtirilgan davrda
ma’lum quduqlar bo’yicha aniqlanadi; ∆Q
4
r
pl
qatlam bosimini oshirish hisobiga
suyuqlik qazib olishni ko’paytirish bo’yicha bashorat hisob-kitoblari, t; ∆Q
5
-
quduqlarni to’xtatish hisobiga suyuqlik qazib olishni kamaytirish, t.
Tenglamaning birinchi hadi alohida izohni talab etmaydi, bu oldingi yildagi
suyuqlik qazib olish bo’lib, rejalashtirilgan yildagi ishlatish koeffitsientining
o’zgarishiga to’g’rilangan.
Tenglamaning ikkinchi hadi
yangi quduqlardan suyuqlik chiqarib olish:
Q
n.s
=nq
n.s
T
1
,
(15.5)
bunda q
n.s
- bitta yangi quduqning bir sutkalik suyuqlik debiti,
t; n -
rejalashtirilgan davrda foydalanishga tushirish belgilangan yangi quduqlar soni; T
1
-
bitta yangi quduqning o’rtacha ish kunlari soni.
n va T
1
ning qiymatlari yangi quduqlar burg’ilash rejasidan aniqlanadi, q
n.s
ning
qiymati esa yangi quduqlar burg’ilanadigan rayonning geologik-fizik parametrlarini
va qo’shni quduqlar debitini tahlil qilish asosida aniqlanadi.
Tenglamaning uchinchi, to’rtinchi, beshinchi, oltinchi hadlari quduqlarning eski
fondi bo’yicha rejalashtirilgan yilda avvalgi yilga nisbatan suyuqlik qazib olishning
ortishini ko’rsatadi.
Eski fonddagi quduqlardan suyuqlik olishning o’zgarishiga sabab bo’ladigan
omillar miqdori juda katta. Suyuqlik qazib olish rejasini hisob-kitob qilishda faqat
uning asosiy o’sishini ta’minlaydigan tadbirlar hisobga olinadi.
Tenglamaning oltinchi hadi quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi
∆Q
4
= K
mahs
∆rT
4
(15.6)
bunda K
mahs
− uyumning mahsuldorlik koeffitsienti, (t/sut)/MPa; ∆r –
rejalashtirilgan davrda qatlam bosimining kutilgan o’sishi, MPa; T
4
- qatlam bosimi
r
q
oshganda uyumni ishlatishning taxminiy vaqti.
Tenglamaning ettinchi hadi quduqning to’xtatilishi hisobiga qatlamdan suyuqlik
olishning kamayishini ko’rsatadi:
∆Q
5
=nq
5
T
5
,
(15.7)
bunda q
5
- to’xtatilgan quduqlarning sutkalik o’rtacha suyuqlik debiti, T
5
-
rejalashtirilgan yilda foydalanishdan chiqarilgan quduqlarning o’rtacha bekor turgan
kunlari miqdori.
Qazib olinayotgan mahsulotning suvlanganligini bashorat qilish uchun ayrim,
masalan, B.F.Sazonov (1962) taklif etgan empirik bog’liqliklardan foydalanish
mumkin:
х
1
1
а
b
=
Z
,
(15.8)
bunda x - jami qazib olingan neft, t; Z - jami qazib olingan suyuqlik, t;
a
1
va
b
1
-
doimiy miqdorlar
x)
.
Grozniy, Ozarbayjon, Krasnodar o’lkasi va Embaning eski neftli rayonlarida
joriy rejalashtirish paytida ko’pincha har bir quduq uchun alohida neft qazib olish va
356
burg’ilash rejasi tuzilgan va ular ishlatish (15.2-jadval) va burg’ilash (15.3-jadval)
«gilami» deb atalgan.
15.2-jadval
Quduq
raqa-
mi
Ishga
tushiril-
gan sanasi
Chuqur-
ligi,
m
Ishlatish
kolonnasi
diametri,
mm
Qatlam
Oylar
Yil
mobaynid
a qazib
olingani, t
Ishlatish
oylari
soni
Eslatma
1.. XII
15.3-jadval
Qu
d
u
q
r
aq
am
i
Yil b
o
sh
ig
a
ch
u
q
u
rlig
i,
m
Loyihadagi
oylar
Yil o
x
ir
id
ag
i
ch
u
q
u
rlig
i,
m
Yil m
o
b
ay
n
id
a
k
av
lan
g
an
i,
m
Su
v
n
i b
er
k
itad
ig
an
b
o
sh
m
o
q
n
in
g
ch
u
q
u
rlig
i
Dastg
o
h
-o
y
lar
m
iq
d
o
ri
E
slatm
a
g
o
rizo
n
t
ch
u
q
u
rlik
,
m
I... XII
Eski (keyingi yilga ko’chiriladigan) quduqlar
Yangi quduqlar
Erkin gazni qazib olish miqdori kondan gaz olish imkoniyatini, gazuzatgich
quvurining o’tkazish qobiliyatini va magistral gazuzatgich quvuri trassasidagi
iste’molchilar ehtiyojini hisobga olib rejalashtiriladi. Oxirgisi shuning uchun ham
katta ahamiyatga egaki, gazuzatgich quvurining so’nggi punktida gaz iste’mol qilish
mavsumiy qisqarganda (tegishli gaz omborlari bo’lmaganda) magistral gazuzatgich
quvurlari quvvatidan ko’pi bilan 85% foydalanish mumkin. Trassa bo’yida gazning
mavsumiy ortiqchaligi paytida boshqa yoqilg’i o’rniga gazdan foydalanishga o’tishi
mumkin bo’lgan mavsumiy iste’molchilarning mavjudligi gaz iste’molining
doimiyligini ta’minlaydi. Gaz iste’molining mana shu muntazamligidan va o’tkazish
qobiliyati muvofiq keladigan gazuzatgich quvurining mavjudligidan kelib chiqib, gaz
qazib olishni rejalashtirish har bir quduq bo’yicha alohida amalga oshiriladi va
quyidagi formula bilan aniqlanadi
V
r
=V
sut
T
(15.9)
bunda V
r
- rejalashtirilgan yilda erkin gazni qazib olish, mln.m
3
; V
sut
- gazning
sutkadagi o’rtacha debiti, mln.m
3
; T - quduq ishlaydigan kunlar miqdori.
Keyingi yilga ko’chiriladigan quduqlar
Yangi quduqlar
Yangi quduqlar ishga tushirilishini hisob-kitob qilish, ularning miqdorini,
burg’ilash hajmini aniqlash va burg’ilash muddati tugashini quduqlarni ishga
tushirish bilan muvofiqlashtirish neft qazib olishni rejalashtirishga monand qilib
amalga oshiriladi.
357
Yo’lakay gaz qazib olishni rejalashtirish neftni gaz bilan to’yinganlik bosimidan
yuqori bo’lgan bosimda ishlatiladigan konlarda alohida va neftni gaz bilan
to’yinganlik bosimidan past bosimda ishlatiladigan konlarda alohida amalga
oshiriladi.
To’yinganlik bosimidan yuqori bosimda ishlatiladigan konlar uchun gaz
omilining qiymati vaqt davomida amalda o’zgarmas bo’ladi va rejalashtirilayotgan
yo’lakay gazlar miqdori joriy yildagi o’rtacha gaz omili qiymatini rejalashtirilgan
yildagi qazib olinadigan neft miqdoriga ko’paytirish orqali aniqlanadi.
Qatlam bosimi to’yinganlik bosimidan past bo’lgan sharoitda ishlatilayotgan
konlarda yo’lakay gazni qazib olish gaz omili asosida rejalashtiriladi, shu bilan birga
uning qiymatini vaqt mobaynida o’zgarishi ham hisobga olinadi.
Yo’lakay gazni rejalashtirishda uni qazib olishni ko’paytirishga harakat
qilinmaydi, sababi, ta’kidlab o’tilganidek, neftda erigan gaz qatlam energiyasining
asosiy elementlaridan biri hisoblanadiki, uni saqlash uyumni omilkorlik bilan
ishlatish uchun zarurdir. Bunday qimmatbaho mahsulotni mash’ala sifatida yoqishni
to’la to’xtatish va gazdan maqsadli foydalanishga e’tibor berish kerak.
Qazib olishni rejalashtirish turli xususiyatlariga ega bo’lgan neft va gaz uchun
alohida olib boriladi, shuningdek, ularni uyum tiplari va ishlatish rejimi bo’yicha
bo’lish ham maqsadga muvofiq. Bundan tashqari ishga tushirilayotgan quduqlarni
pastki gorizontlarga chuqurlashtirilish; ularni yuqorida joylashgan gorizontlarga
qaytarish bo’yicha ham ajratish mumkin. Rejalashtirilayotgan davrda quduqlarning
unumdorligini oshirish bo’yicha tadbirlarni ishlab chiqish va hisobga olish, eski
quduqlardan neft va gazni ko’p miqdorda olishni rejalashtirish muhim hisoblanadi.
Quduqlarni burg’ilash va neft hamda gaz qazib olishni rejalashtirishning grafik
ilovalari ham bo’ladi, bular orasida quduqlar fondlari xaritalari va neft-gaz
uyumlarining ishlatish holati aks etgan xaritalari birinchi darajali ahamiyatga egadir.
358
Do'stlaringiz bilan baham: |