«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi


Neft olishning jadalllashtirish metodlari



Download 8,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/275
Sana30.04.2022
Hajmi8,36 Mb.
#595769
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   275
Bog'liq
НГ конлари геолoгияси

 
13.2. Neft olishning jadalllashtirish metodlari 
(ikkilamchi metodlar) 
 
Nefti tugayotgan eski neft konlarida neft chiqarib olishning zamonaviy 
metodlarini qo’llash orqali qoniqarli texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarga erishib 
bo’lmaganda neft chiqarib olishning jadallashtirilgan metodlariga − ishlatishning 
ikkilamchi metodlariga tayaniladi. 
Neft chiqarib olishning ikkilamchi metodlarini loyihalashtirishda neft uyumi 
dastlab geologik-texnik jihatdan mukammal o’rganib chiqiladi: ya’ni qatlamning 
litologik-fatsial xususiyatlari, neft va gazning fizik-kimyoviy xususiyatlari, 
qatlamdagi qoldiq neftning miqdori va sh .k. aniqlanadi. 


312 
Ikkilamchi metodlar bilan neft olishni amalga oshirish uchun ob’ektlar tanlashda 
quyidagilarga e’tibor berish kerak. 
1. Qoldiq neftga to’yinganlik jinsdagi g’ovaklar hajmining 35% va undan 
ko’pini tashkil etishi lozim. Agar qatlamning neftga to’yinganligi bundan kam bo’lsa, 
har 1 t neft olish uchun sarflanadigan ishchi omil oshib ketib, qo’llanilayotgan 
metodning samaradorligi pasayadi. 
2. Bog’langan suvning miqdori 25% gacha bo’lganda suvni qatlamga haydash 
eng samarali hisoblanadi, ammo suvning miqdori me’yoridan ortib ketsa, suv 
haydashning samaradorligi ancha pasayadi. Qatlamning suvga to’yinish darajasi 55% 
bo’lganda mazkur metodni ishlatish mumkin. Bog’langan suvning qatlamdagi 
miqdori yuqori, ya’ni suvga to’yinganlik darajasi 70%ga teng bo’lganda, gazni 
qatlamga haydash mumkin.
3. O’tkazuvchanligi har xil bo’lgan va turli tarkibli qatchalardan tuzilgan 
qatlamlar ikki-uch ob’ektga ajratiladi, so’ngra ularning har biriga ishchi omil 
alohida-alohida haydaladi. Bunda qatchalarning qalinligi 10-20 metrga teng bo’lishi 
kerak. Haydash quduqlari kesimida ajratilgan yuqori o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan 
qatchalarni izolyatsiyalash tadbirlarini ishlab chiqish lozim. 
4. Agar qatlamning litologik tuzilishi o’zgaruvchan, linzasimon, qalinligi kichik 
bo’lsa va qo’shni quduqlar bir-biri bilan o’zaro ta’sirda bo’lmasa, u holda neft 
olishning ikkilamchi metodlaridan foydalanish yaxshi natija bermaydi. 
5. Etarlicha qattiq bo’lmagan va yumshoq jinslardan tarkib topgan qatlamlardan 
ikkilamchi metodlarni qo’llab neft olishni amalga oshirish noqulaydir. CHunki, 
bunday jinslar quduqlarda tiqin hosil qiladi va ularga qarshi kurashish tadbirlarini 
ishlab chiqishga to’g’ri keladi. 
6. Qatlamlarni bir qator bloklarga ajratib tashlaydigan tektonik buzilishlar sodir 
bo’lganda, har qaysi blokka mustaqil ishlatish ob’ekti sifatida qarash kerak. 
7. Neft chiqarib olish uchun ikkilamchi metodlarni qo’llashda erigan gaz rejimli 
yopiq qatlamlar juda qulay hisoblanadi. 
8. Qatlamlarni yuqori darajada suvlanganligi maydoniy suv bostirish 
samaradorligini kamaytirib yuboradi. Qatlamlarning yuqori darajada gazga 
to’yinganligi esa qatlamga gaz (havo) haydash uchun noqulay hisoblanadi, chunki 
bunday ishchi omil g’ovakdagi neft atrofidan sirg’alib o’tishi mumkin va natijada 
haydalayotgan gazning solishtirma sarfi ortib ketadi. 
9. Odatda ishchi omilning solishtirma sarfi neftning sifatiga bog’liq bo’ladi. 
Binobarin neftning yuqori qovushqoqligi suv, gaz yoki havoning solishtirma sarfi 
ko’payishiga sabab bo’ladi. Neftning qatlam sharoitidagi qovushqoqligi 50 mPa


dan ortiq bo’lganda, qatlamga ayniqsa havo haydash orqali ta’sir etish kam samarali 
hisoblanadi. 
10. Qatlamning o’tkazuvchanligi juda o’zgaruvchan bo’lgan taqdirda, 
o’tkazuvchanlik bo’yicha kesmalarni bir-biriga tenglashtirish uchun turli tadbirlar 
qo’llash lozim (torpedalash, gidravlik yorish va sh.o’.). 
11. Neftni ikkilamchi metodlar bilan chiqarib olishni amalga oshirishda qoidaga 
ko’ra, hamma foydalanilayotgan butun ob’ekt ishga tushirilishi lozim. Ikkilamchi 
metodlarni ishlatish uchun tanlab olingan qatlamlardagi quduqlar to’ri zichroq 


313 
bo’lishi kerak. Buning uchun qo’shimcha quduqlar qazish loyihalanadi va 
burg’ilanadigan quduqlarning iqtisodiy tomondan maqsadga muvofiqligi aniqlanadi. 
Qatlamga ta’sir etishning ishonchli metodini tanlab olish uchun baholash quduqlari 
qaziladi. Bunda qatlamning mahsuldor qismidan namunalar olinib, laboratoriyada 
qoldiq neft o’rganiladi va uni gaz va suv bilan siqib chiqarish imkoniyati aniqlanadi. 
So’ngra olingan ma’lumotlar asosida qatlamga ta’sir etish va uni to’liq qamrab olish 
jarayoni belgilanadi. 
Qatlamga havo haydashda gaz namunasi muntazam ravishda olinib, uning 
zichligi, tarkibidagi azot miqdori va gazning yonish issiqligi aniqlanadi. Quduqqa 
haydalayotgan suvning sifati nazorat qilib turiladi va chiqarib olinayotgan suvdan 
kimyoviy tahlil uchun namunalar olinadi. Agar haydash quduqlarining solishtirma 
yutish qobiliyati pasayib ketsa, quduq tubi zonasi ifloslangan bo’ladi va u jadal 
sur’atda sinovli ishlatish va boshqa tadbirlar yordamida tozalanadi. YUqorida qayd 
etilgan tadbirlar amalga oshirilgandan so’ng suvlilik va gazlilik chegarasining 
o’zgarib borishi quduqlarning har bir chorak uchun tuzilgan suvlanish va gaz omillari 
xaritalari yordamida kuzatiladi. 
Neft olishning ikkilamchi metodlarini qo’llashda ishchi omil haydash 
quduqlaridan ishlatish quduqlari tomon yo’naltirilganda uning g’ovaklarini egallagan 
neft atrofidan sirg’alib o’tishiga qarshi tadbirlar ishlab chiqishga e’tibor berish kerak. 
Ishchi omilning sirg’alib o’tganligini gaz omillarining keskin ortib ketishi 
(jarayonning boshlang’ich bosqichida) yoki quduqning debiti kamayib ketganida 
uning suvlanishi orqali bilish mumkin. 
Ishchi omilning neft atrofidan sirg’alib o’tishiga qarshi kurashish vositalariga 
quyidagilar mansub: 
1) ishchi omilning sirg’alishi sodir bo’ladigan uchastkalarda uning haydaladigan 
hajmini va quduq debitini cheklash; 
2) ishlatish quduqlarining davriy ishlatilishi va haydash quduqlariga ishchi 
omilni davriy haydash; 
3) haydash quduqlariga paker o’rnatish va boshqa tadbirlar bilan yuqori 
o’tkazuvchan qatchalarni izolyatsiyalash; 
4) qatlamga havo haydash paytida haydash quduqlariga vaqti-vaqti bilan suv 
yuborish va sh.k. 
Neft olishning ikkilamchi metodlarini amalga oshirishda hamma jarayonlar 
geologik-texnik jihatdan puxta hujjatlashtiriladi. 

Download 8,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish