197
bo’shlig’ida yaxlit sement halqasi hosil bo’lishiga to’sqinlik qilib, suvning yorib
chiqishiga imkon yaratib beradi. SHuningdek, og’irlashtirilgan gil eritma qatlam
g’ovaklariga singib, neftli va gazli qatlamlarni sinashda
juda noqulay sharoitlarni
yuzaga keltiradi. Chunki bunday sharoitda quduqlarda katta depressiya hosil qilishga
to’g’ri keladi va bu ishlatish quvurlari birikmasining sinishiga olib kelishi mumkin.
SHuning uchun qatlam bosimi normadan ortiqcha konlarda quduqlarni bosim ostida
burg’ilash kerak. Ammo quduq qazishning bu ilg’or usuli, afsuski, hozirgi vaqtda
etarli qo’llanilmayapti. Razvedka jarayonida qatlamning anomal yuqori bosimi bilan
bog’liq bo’lgan qiyinchiliklarni muvaffaqiyatli bartaraf etish uchun uning kelib
chiqish sabablarini o’rganish kerak. Bu nazariy va katta amaliy ahamiyatga ega.
8.1.1. Qatlamning bosimlarini o’lchash
Qatlamning ishlatish jarayonini kuzatish uchun ishlatish quduqlarida qatlam
bosimini muntazam o’lchab turish lozim. O’lchash ishlari chuqurlik monometrlarida
amalga oshiriladi. Chuqurlik monometrlarining ikki xili mavjud: 1)
maksimal
monometr; 2) ko’rsatkichlarni uzluksiz yozuvini qayd qiluvchi monometr.
Rossiya Federatsiyasi va O’zbekistondagi konlarda turli konstruktsiyadagi
monometrlardan keng foydalaniladi. Qatlam bosimini quduq tanasi bo’ylab
monometrda o’lchash orqali suyuqlik va gazning haqiqiy zichligini, bosimi va
temperaturasini, suv-neftli aralashmada erigan gazning
mavjudligini aniqlash
mumkin. Olingan ma’lumotlar izobara xaritasini tuzishda qo’l keladi.
Quduqlarni ishlatishning favvorali yoki kompressorli usulida ba’zi hollarda
chuqurlik monometrlarini qo’llashning iloji bo’lmaydi. Bunday sharoitda qatlam
(quduq tubi) bosimi formulalardan foydalanib hisoblash yo’li bilan aniqlanadi. Bu
formulalar qatlam bosimining haqiqiysiga yaqin keladigan miqdorini aniqlash
imkonini beradi.
Quduqlarni chuqur nasosli ishlatish usulida quduq
tubidagi bosimni hisoblash
yo’li bilan aniqlashda quduqdagi suyuqlikning statik sathi ma’lumotlaridan
foydalaniladi. Quduqlarda suyuqlik sathi (quvurorti bo’shlig’ida) YAkovlev
lebedkasi yordamida tushirilgan maxsus jelonka yoki exolotda o’lchanadi.
Quduqdagi neft va suv sathlari ma’lum bo’lsa, quduq tubi bosimini (r
qt
) quyidagi
formula orqali hisoblash mumkin:
,
100
ρ
h
100
ρ
h
р
s
s
n
n
qt
(8.1)
bunda h
n
, h
s
quduqdagi neft va suvning mos ravishda ustuni balandligi, m;
n
,
s
nef va suvning mos ravishda zichligi.
Nasos bilan ishlayotgan quduqning statik quduq tubi bosimini taqribiy qiymatini
tajriba ma’lumotlaridan foydalanib, empirik formula yordamida aniqlasa bo’ladi:
n
)
p
K(p
qt
qat
Q
,
(8.2)
bu yerda, Q
quduqdagi suyuqlik debiti, t/sut; K
quduqning
mahsuldorlik
koeffisienti, (t/sut) MPa; r
qat
o’rganilayotgan quduqni ishlatish to’xtatilgandan so’ng
o’lchangan qatlam bosimi, MPa; r
qt
berilgan ish rejimidagi quduq tubi bosimi,
198
MPa; r
q
- r
qt
quduq tubi depressiyasi (
R), MPa; n
filtratsiyaning chiziqli
qonunida birga teng deb olinadigan daraja ko’rsatkichi.
Tajriba suyuqlik chiqarish
chog’ida quduq tubida yuzaga kelgan ikki xil depressiyalar qiymati mos holda
quydagicha aniqlanadi:
Q
1
=K(r
qat
-r
1qt
) va Q
2
=K(r
qat
-r
2qt
)
bunda Q
1
va Q
2
mos ravishda birinchi va ikkinchi depressiyadagi debit, t/sut;
p
1qt
va r
2qt
mos ravishda birinchi va ikkinchi depressiyadagi quduq tubi (dinamik)
bosimi, MPa.
Ushbu nisbatlarning birini ikkinchisiga bo’lib va ularni soddalashtirib quyidagi
ifodaga erishamiz:
2
1
1qt
2
2qt
1
qat
Q
Q
р
Q
р
Q
р
(8.3)
Gazli quduqda quduq tubi bosimini hisoblash yo’li bilan yanada aniqroq natijaga
erishish mumkin.
Gazli quduqdagi statik quduq tubi bosimini og’zi yopilgan quduqqa o’rnatilgan
monometr ma’lumotlaridan foydalanib, hisoblash formulasining soddalashtirilgan
ko’rinishi quyidagicha bo’ladi:
7734
ρ
Н
р
р
g
m
m
qt
р
,
(8.4)
bunda r
qt
yopiq quduqning tubining statik bosimi, MPa; r
m
yopiq quduqning
og’zidagi monometrda o’lchangan bosim, MPa; N
quduq
chuqurligi, m;
g
gazning havo bo’yicha zichligi.
Bu formulada chuqurlik ortishi bilan gazning o’z og’irlik kuchi ta’sirida
zichligining o’zgarishi hisobga olinmagan. Gaz zichligining qayd qilingan
o’zgarishini hisobga olgan holda statik quduq tubi bosimini yanada aniqroq quyidagi
formula orqali topsa bo’ladi:
g
9
Нρ
10
1293
m
qt
е
р
р
,
(8.5)
bunda N
gaz qudug’i chuqurligi, m.
O’z-o’zidan ma’lumki, bosimni o’lchashda gazning sirqib chiqib ketishining
oldini olish va xatoliklarga yo’l qo’ymaslik uchun quduq og’zi tegishli ravishda zich
yopilgan bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: