42
Kavernomerda to’rtta dastak bo’lib,
maxsus o’rnatilgan prujinalar dastak uchini
quduq devorlariga qisib,
unga doimo tegib
turishini ta’minlaydi. Kavernomer quduq
bo’ylab harakatlanganda dastaklar quduq
diametrining
o’zgarishi
to’g’risidagi
ma’lumotlarni
yer
yuzasidagi
karotaj
stantsiyasiga yuboradi (4.3-rasm). Natijada
quduq
diametrining
chuqurlik
bo’ylab
o’zgarishini ko’rsatuvchi egri chiziq ―
kavernogramma chiziladi. Kavernogramma
ma’lumotlaridan,
shuningdek,
quyidagi
maqsadlarda foydalaniladi: a) quduq devori
bilan mustahkamlash quvuri oralig’idagi
bo’shliqni sementlashga sarf bo’ladigan
4.3-rasm. Kavernomer
sement miqdorini hisoblashda; b) quduq
ichidagi holatni baholashda; v) quduqning
geologik kesimini aniqlashda; g) geofizika ma’lumotlarini taqqoslashda; d)
quduqning texnik holatini nazorat qilishda; e) qatlamlarni sinashda paker qurilmalari
va mustahkamlovchi quvurlar boshmog’i o’rnatiladigan joylarni tanlashda; j) quduq
kesimida kollektorlarni ajratishda (boshqa kon-geofizika metodlari diagrammasi
bilan birgalikda), gil qobiq qalinligini aniqlashda va b. da.
Kavernogramma quduq chuqurligi bo’ylab 1:500 yoki 1:200, diametri bo’ylab
1:10 yoki 1:5 masshtabda qayd qilinadi. CHizilgan egri
chiziqlar tahlili quduq
diametri qiymatining jinslarning litologik tarkibiga ko’ra sezilarli darajada
o’zgarishini ko’rsatadi.
Gil va alevrolit qatlamlarida bajarilgan kavernogrammalarda quduqning haqiqiy
diametri nominal (belgilangan o’lcham)dan katta bo’ladi. Diametrning kattalashish
darajasi gil jinslar xususiyatiga va qatlamni harakatlanayotgan burg’ilash eritmasi
bilan qancha vaqt yuvib turilganligiga bog’liq.
Kollektorlik xususiyatlari yaxshi bo’lgan donador ohaktoshlar va dolomitlarda
hamda qumtosh va alevrolitlarda gil eritmasi yordamida quduq burg’ilanganda eritma
zardobini qatlam-kollektorga
singishi kuzatiladi, natijada quduq devoridagi bunday
jinslarda gilli qobiq hosil bo’ladi, bu jarayon kavernogramma diagrammasida qayd
qilinadi va quduq diametrini belgilangan o’lchamidan kichiklashganligi kuzatiladi.
Gilli qobiq qalinligi gil eritmasi sifati va jinslarning kollektorlik xususiyatlariga
bog’liq holda o’zgaradi. Kollektor-jinslarning g’ovakligi yuqori darajada, gil eritmasi
sifati esa past bo’lsa, gilli qobiqning qalinligi katta bo’ladi.
43
Zich tuzilgan ohaktosh va dolomitlarda, zich gilli qumtosh va alevrolitlarda gilli
qobiq hosil bo’lmaydi, shu sababli kavernogrammalarda bunday jinslar tarqalgan
uchastkalarda quduq diametri o’zgarishsiz qoladi.
Quduq diametrining kattalashishi yuqori g’ovaklilik, darzlik va kovaklikka ega
bo’lgan karbonat kollektorlar tarqalgan joylarda qayd qilinadi.
Odatda
kavernogrammada bunday uchastkalar burg’ilash eritmasi jadal yutiladigan
intervallarga mos keladi. Donador-darzli holatdagi zich tuzilgan karbonat kollektorlar
tarqalgan uchastkalar kavernogrammasida quduq diametri belgilangan o’lchamdan
o’zgarmaganligini kuzatish mumkin.
Angidritlarda quduqning belgilangan diametri o’zgarmaydi. Toshtuz (galit,
silvin) da quduq diametri sezilarli kattalashadi, gipsda ― ozroq oshadi.
Kavernogrammaning bunday xususiyati 4.4-rasmda ko’rsatilgan.
Demak,
kavernogrammaning
gorizontal
masshtabi to’g’ri tanlansa, uning yordamida quduq
kesimidagi terrigen jinslarni aniq ajratish mumkin
bo’lar ekan, ba’zan
standart zondlar bilan qayd
qilingan KS va PS da karotaj diagrammalariga
qaraganda ham aniqroq natija olinadi.
Kavernogramma ma’lumotlarini talqin qilishda
quydagilarga e’tibor berish zarur:
1)
qatlam-kollektorlarni
ochgan
quduqlar
diametri kavernogrammalarda haqiqiysidan kichikroq
bo’lishi, agar qatlamning qalinligi kam va u yuvilgan
gillar ustida yotgan bo’lsa, biroz kattalashgan bo’lishi
mumkin;
2)
kavernogrammalarda zich tuzilgan gilli
qumtoshlar va alevrolitlarni gil jinslardan ajratish
mumkin, standart elektr
karotaj diagrammalarida esa
ular tavsifi deyarli bir xil bo’ladi.
3)
Qumtosh va alevrolitlar orasida joylashgan
yupqa gil qatlar kavernogrammalarda standart elektr
karotaj diagrammalaridagiga nisbatan yaxshi
farqlanadi.
Demak, diagramma ma’lumotlariga ko’ra quduq
kesimidagi jinslarning litologik tarkibini aniqlash
hamda suyuqlik o’tkazadigan va o’tkazmaydigan
qatlamlarni ajratish mumkin bo’ladi. SHuningdek,
quduqlar kesimini o’zaro taqqoslash,
quvur tashqi
bo’shlig’i hajmini
hamda uni sementlashga
sarflanadigan sement miqdorini bilish, quduqda sodir bo’lgan falokatlarni bartaraf
etish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: