46
bosimidan kam bo’lganda sodir bo’ladi. YUtilish tezligi ham turlicha ― kuchsiz
yutilishdan (qatlam bosimi past, yirik zarrali yoki ingichka darzli jinslarda) falokatli
yutilishgacha (yirik kovaklar va keng darzliklar ochilganda) bo’lishi mumkin, bunda
yuvuvchi suyuqlikning aylanishi butkul to’xtashi mumkin.
YUvuvchi suyuqlik yutilishining oldini olish uchun konchi-geolog geologik-
texnik naryadda oldindan bunday hodisa sodir bo’lishi mumkin bo’lgan
intervalni
belgilashi lozim. Bunday zonaning ochilishiga 50-100 m qolganda suv beraolishi
juda kam va zichligi past bo’lgan eritma bilan quduqni burg’ilash davom ettiriladi.
Agar gil eritmasi jadal yutila boshlasa (150-200 m
3
/soatdan ko’p), u holda quduqqa
ohak-gilli, sement-gilli yoki silikat-gilli eritma haydalib, quduq tubida burg’ilash
eritmasining jinsga shimilishiga halaqit beruvchi qovushqoq tiqin hosil qilinadi.
Agarda bunday tadbirlar yordam bermasa, u holda quduq tubi sementlanadi.
SHimilish shiddatini pasaytirish uchun gil eritmasiga inert to’ldiruvchilar: tsellofan,
tangachasimon
slyudalar, qirindi, asbest va boshqalar qo’shiladi. SHimilish shiddati
pasaygandan so’ng, u tamponlovchi eritmalar (yuqori mustahkamlikka ega bo’lgan
gips, gelsement va b.) yordamida tugatiladi.
Ayrim hollarda ko’rilgan tadbirlar samara bermasa gil eritmasi yutilayotgan
zonani bekitish uchun quduqqa interval mustahkamlash quvurlari birikmasi
tushiriladi.
Yuvuvchi suyuqlikka ko’p miqdorda neft va gaz qo’shilishi natijasida uning
zichligi kamayadi va gil eritmasi ustunining quduq tubiga nisbatan bosimi pasayadi,
natijada quduqda otqin va ochiq favvoralanish yuzaga kelishi mumkin.
Bunday
hodisaning oldini olish uchun burg’ilash chuqurligi neft-gaz namoyonlanadigan
intervallarga yaqinlashganda zichligi yuqori bo’lgan yuvuvchi suyuqliklardan
foydalaniladi, quduq tubidagi bosim qatlam bosimidan oshiriladi. Bundan tashqari gil
eritmasi qovushqoqligi past bo’lishi lozim. Burg’ilanayotgan quduq og’zi maxsus
otqinga qarshi armatura-preventer bilan jihozlanadi.
Agar oddiy gil eritmasi bilan (zichligi 1,3 g/sm
3
) quduq
tubida kerakli bosimni
vujudga keltirib bo’lmasa, unda og’irlashtirilgan yuvuvchi suyuqlikka o’tiladi. Gil
eritmasi zichligi unga kukunsimon minerallar yoki yuqori zichlikka ega bo’lgan
moddalar (barit, gematit, oltingugurt kolchedani, magnetit qumi, pirit qoldig’i,
domna pechi changi va b.) qo’shib oshiriladi.
Og’irlashtirilgan yuvuvchi suyuqlik tayyorlash uchun kimyoviy ishlov berilgan,
suv beruvchanligi va qovushqoqligi past gil eritmalaridan foydalaniladi.
Og’irlashtirilgan gil eritmasining zichligi 1,6-1,7 g/sm
3
bo’lsa, kimyoviy ishlov
berilganlariniki 2,2 g/sm
3
ga etadi.
Yuqori zichlikdagi yuvuvchi suyuqlik ishlatilgan
quduqlarda kon-geofizik
tadqiqotlar o’tkazish qiyin kechadi, shu sababli ulardan zarur hollardagina
foydalanish maqsadga muvofiq.
Agar yuqori bosimli suvli qatlam ochilishidan oldin suv namoyonlansa, u vaqtda
burg’ilash eritmasining qovushqoqligi va zichligi oshiriladi, quduq og’zining
germetikligini ta’minlash uchun preventer o’rnatiladi.
47
Ko’pincha burg’ilash jarayonini quduqda sodir bo’ladigan o’pirilishlar va
to’kilmalar murakkablashtiradi. Quduq devoridagi gil va slanetslar o’pirilib,
suvda
bo’kadi, hajmi kattalashadi, bir-biriga yopishib, doloto ustida halqa va quduq ichida
tiqin hosil qilishi mumkin, natijada burg’ilash uskunasining qisilib qolishi, ayrim
vaqtlarda uzilib ketish hollari kuzatiladi. O’pirilishlarning oldini olish maqsadida suv
beraolishligi past, zichligi nisbatan yuqori bo’lgan burg’ilash
eritmasidan
foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: