327
Quduq tubidan eng uzoq masofaga tarqaladigan, kengligi katta bo’lgan
yoriqlarni hosil qilish eng ko’p foyda keltiradi. Shu maqsadda yuqori bosim ostida
katta hajmdagi, yoriq hosil qiladigan suyuqlik qatlamga haydaladi va hosil bo’lgan
yoriqlar yirik donali qum bilan to’ldiriladi.
Gidravlik yorishning texnologik jarayonini loyihalashtirishda
yoriqlarga
to’ldiradigan yirik donali qumning miqdori, quduqqa haydaladigan ishchi va
bosuvchi suyuqliklar hajmi belgilanadi.
Tog’ jinsining darzlilik darajasiga qarab qumning miqdori belgilanadi. Bo’sh
darz ketgan jinslarga odatda qariyb 4-5 t, kuchli darzlangan jinslarga esa 10-20 t va
undan ortiq qum haydaladi. Quvurlar birikmasining sig’imiga va qumning
suyuqlikdagi mumkin bo’lgan kontsentratsiyasiga qarab ishchi suyuqlikning hajmi
aniqlanadi. Quduq tubida qumning bir qismining qolib ketishining oldini olish uchun
haydaladigan suyuqlikning hajmi quvurlar birikmasining sig’imidan 40-50%
ortiq
qilib olinadi. Ammo quvurlar sig’imiga teng hajmda suyuqlik haydalgandan so’ng
qum quduq devoridan surilib ketishi mumkin. Buni bartaraf etish uchun qumni
quduqqa haydash sur’ati ancha kamaytiriladi.
Qatlamning qumni yutadigan zonasini aniqlash uchun unga haydalayotgan
qumning oxirgi bir qismi temirning radioaktiv izotoplari bilan faollashtiriladi. Ishchi
suyuqlik sifatida suv-neftli yoki neft-kislotali emultsiyalarni ishlatish tavsiya etiladi.
Bular qumning kontsentratsiyasini 500 g/l gacha etishiga imkon beradi va qatlamni
gidravlik yorish bo’yicha qilinadigan ishlarning tannarxini ancha kamaytiradi.
Gidravlik yorishning samaradorligi quduqlarning mahsuldorlik koeffitsientining
vaqt mobaynida o’zgarishi bo’yicha baholanadi. Agar mahsuldorlik koeffitsientining
miqdori yorish ishlari bajarilgandan keyingi davrda qiymatdan yuqori bo’lsa ham
gidravlik yorish imkoniyatlarini tugagan, deb hisoblab bo’lmaydi.
Qatlamlarning gidravlik yorish kam debitli ishlatish quduqlarining debitini
oshirish (shuningdek, haydash quduqlarining suyuqlik
qabul qilib olishini
ko’paytirish) uchun eng kuchli vosita hisoblanadi.
Quduqlarning kam debitli bo’lishiga quyidagi tabiiy omillar sabab bo’ladi: 1)
quduqlarni burg’ilash yoki qatlamlarni ochish jarayonida uning gillanishi; 2) quduq
tubida qumli yoki gilli tiqinning hosil bo’lishi; 3) quduqni ishlatish davrida suvlanish
tillari yoki konuslarining paydo bo’lishi.
Bosimi kam bo’lgan qatlamlarni loylanishdan saqlash uchun ularni ochishda suv
bera olishi kam bo’lgan gilli va neftli eritmalar yoki neft bilan yuviladi. Neftli qatlam
ochilgandan keyin uning gilli eritma bilan o’zaro ta’sirda bo’lgan vaqti juda kam va
faqat rejalashtirilgan texnik operatsiyalarni bajarish uchun etarli bo’lishi kerak.
Burg’ilash jarayonida ishlatilayotgan neftli gorizontlarga gilli eritmaning ko’p
miqdorda shimilishi ishlatish quduqlarining loylanishiga va ular debitining keskin
kamayishga sabab bo’ladi. SHuning uchun bunday holatlarda qo’shni quduqlar
qazilib bo’lgunga qadar ularga yaqin joylashgan ishlatish quduqlari to’xtatib turiladi
yoki ishlatilayotgan qatlamni to’sish uchun quduqqa
oraliq quvurlar birikmasi
tushiriladi.
Agar quduqni ishlatish paytida unga qatlamdan ko’p miqdorda qum yoki gil
bo’lakchalari kelib tushib, tiqinlar hosil qilsa hamda quduqning debitini kamaytirib,
turli asorat va nuqsonlarni keltirib chiqarsa, u holda quduq tubi zonasi kimyoviy usul
328
bilan mustahkamlanadi va qum-sementli aralashma bilan qotiriladi hamda teshikli
yoki yoriqli filtrlar ishlatiladi.
Shuni nazarda tutish lozimki, vaqt o’tishi bilan neft uyumlarining tabiiy tugab
borishi va quduqlar debitining kamayishi muqarrardir.
Bunday sharoitda quduqni
kam debitli davrini imkon qadar kamaytirish muhim vazifa hisoblanadi. Buning
uchun quduqlar unumdorligini oshirish maqsadida turli tadbirlar amalga oshiriladi.
Jumladan, erigan gaz rejimdagi va gaz qalpoqli rejimdagi qatlamlarga kislotali va
qizdirilgan kislotali ishlov beriladi. Shuningdek, quduqni perforatsiyalash,
torpedalash, qatlamni gidravlik yorish va boshqa metodlar qo’llaniladi. Suv bosimli
rejimdagi
qatlamlarda esa, qayd etilganlaridan tashqari, uyumdan foydalanishning
to’rtinchi bosqichida ishlatish jarayoni jadallashtiriladi (12-bob, 2-§ ga qarang).
Neftni to’liq chiqarib olishda kam debitli quduqlar fondining ahamiyati juda
ulkandir.
Do'stlaringiz bilan baham: