336
2) ostki suvlar konusining quduq tomon tortilishini va ularning suvlanishini;
3) quduq tubi zonasidagi jinslar g’ovaklarning tuz kristallari bilan bekilishini va
loyqa bosishini;
4) ishlatish quvurlari birikmasining etarli darajada mustahkam emasligini va
quduq og’zidagi bosim miqdorini.
Quduq tubi zonasi buzilishining oldini olish maqsadida quduqda eng ko’p
depressiya hosil qilish yoki eng katta debit hajmini aniqlash uchun (ayniqsa suvning
so’rilishi mumkinligi haqida ma’lumotlar mavjudligida) kondagi quduqlarda sinov
ishlari o’tkaziladi.
Shuningdek, quduq tubi atrofi zonasida tuz yotqiziqlari paydo bo’lishini ham
hisobga olish lozim, chunki bunday hodisa sodir bo’lganda jinslar o’tkazuvchanligi
pasayadi.
Ishlatish quvurlari birikmasi mustahkam qurilishi va uni ishlatish jarayonida
o’ziga tushishi mumkin bo’lgan bosimga chidamli bo’lishi lozim. Agar quduq
konstruktsiyasi va uning uskunalari to’g’ri tanlangan va texnik soz holatda bo’lsa,
ular quduqlar debitini cheklamaydi.
Quduq og’ziga tushadigan bosim quduqlarni
ishlatish rejimi va gazdan
foydalanish sharoiti bilan aniqlanadi. Quduq tubi zonasi qatlamining emirilishi va
shu bilan bog’liq holda qum zarrachalari va jins bo’laklarining yer yuzasiga chiqishi,
shuningdek, quduqlarning suv bosishiga olib keladigan ostki suvlar konusining
tortilishi gaz quduqlari debitini cheklaydigan asosiy sabablar hisoblanadi.
Gaz konini ishlatish tavsifi undan foydalanish jarayonida doimo o’zgarib boradi.
Uni ishlatish va foydalanishning uchta xarakterli davri farqlanadi.
Birinchi davr.
Gazning qatlamdagi harakati chog’ida yo’qoladigan bosimni
to’ldirish va iste’molchiga zarur bo’lgan gazni jo’natish uchun 4-5 MPa bosimda
gazni magistral gaz uzatgich quvuriga uzatishni ta’minlash uchun qatlam bosimi
etarli darajada yuqori bo’ladi (debiti o’sib boruvchi davr).
Ikkinchi
(muntazam debitli)
davrda
qatlam bosimi gazni bosh kompressor
stantsiyasiga (bu yerda gaz magistral gaz uzatgich quvurlari orqali iste’molchiga
uzatiladi) uzatish uchun etarli bo’lgan darajada pasayadi.
Uchinchi davrda
(debitning pasayishi) qatlam bosimi shu qadar kuchli
pasayadiki, bunday bosimda gazni uzoq masofalarga (shu
jumladan, bosh
kompressor stantsiyasigacha ham) jo’natish samarasiz bo’lishi mumkin. Bunday
holatda qazib olinayotgan gazdan mahalliy iste’molchilarni ta’minlash uchun
foydalanish lozim. Bunda quduqdan chiqayotgan gaz debiti kamayib boradi va
qatlam bosimi quduq og’zida atmosfera bosimiga, shuningdek, quduq tanasidagi gaz
ustuni bosimi darajasiga teng bo’ladi. Ba’zan konni sanoat miqyosida ishlatish bu
hodisadan ancha avval iqtisodiy samarasiz bo’lib qoladi; gazning asosiy sanoat
miqyosidagi zaxiralari odatda gaz uyumini ishlatishning birinchi va ikkinchi davrida
tugaydi.
Gaz konini ishlatishni loyihalashda, quduqning mumkin bo’lgan eng ko’p
debitini, mustahkamlash quvurlari birikmasining chidamliligini, qazib o’tilgan gaz
qatlamlarini to’la izolyatsiyalash maqsadida mustahkamlash
quvurlari orti
bo’shlig’ida sement ko’tarilishini ta’minlaydigan eng maqbul konstruktsiyani
yaratishni nazarda tutish lozim.
337
Gaz konini ishlatish va gazni iste’molchilarga jo’natish masalalari konni oqilona
ishlatish kabi muhimdir. Gaz konini ishlatishning oqilona sistemasi qazib
olinayotgan 1 m
3
gazga eng kam xarajat sarflagan holda yer qa’ridagi gaz zaxirasini
iloji boricha to’la chiqarib olinishini ta’minlashi kerak.
Sermahsulligi, yaxshi o’tkazuvchanligi, bosimli rejimi bilan ajralib turadigan
gazli qatlamlarni gazlilik chegarasiga parallel qilib burg’ilangan quduqlar qatori bilan
ishlatish tavsiya etiladi. Butun maydon bo’ylab tarqalgan ostki suvlar ustida
joylashgan, kollektorlarining o’tkazuvchanligi yomon bo’lgan turli tipdagi gaz
uyumlari uchun va massiv tipidagi gaz uyumlari uchun quduqlarning bir maromdagi
to’rini joylashni qo’llash kerak (massiv uyumlarning gumbazida quduqlar soni biroz
ko’payishi mumkin).
Quduqlar orasidagi masofani tanlashda gazli qatlamning
fizik xususiyatlarini
o’rganish natijalari va quduqlarni hamda qatlam gazini tadqiq qilish ma’lumotlari
asos qilib olinadi. SHuningdek, yillik gaz qazib olish hajmi, quduqlar debiti,
magistral gaz o’tkazgich quvurning gaz
o’tkazish imkoniyati va iste’mol
ob’ektlariga gaz etkazib berish uchun
zarur bo’lgan bosimni ham hisobga
olish
lozim.
Gaz
konlari
uchun
quduqlarning bir maromda joylashgan
to’rida odatda ular orasidagi masofa
neft konlariga nisbatan katta bo’lib,
700-2500 m ga etadi.
Gaz uyumlarini
ishlatishda odatda
yuqorida
qayd
qilingan
omillarga
muvofiq
quduqlardan
gaz
olish
normasini belgilash yo’li bilan debitlar
cheklanadi.
Gazlilik chegarasining bir tekis
siljishini ta’minlash uchun chegara
zonasi yaqinida joylashgan quduqlardan
gaz
olish
tartibga
solinadi.
SHu
maqsadda ishlatiladigan quduqlar mos
tarzda joylashtiriladi, ish rejimi va quduqlarni ishga tushirish tartibi belgilanadi.
Masalan, AQShda gaz olish normasi quduqlar orasidagi masofaga qarab
belgilanadi; quduqlar orasidagi masofa 150-1000 m bo’lganda debit normalari 7-25%
chegarada o’zgarib turadi.
Gaz-neft uyumining gaz qalpog’ini asosiy neft zaxirasini chiqarib olmasdan
turib ishlatishga kirishish tavsiya etilmaydi. Agar gaz qalpog’i haddan tashqari katta,
neft hoshiyasi esa kichik bo’lsa, gaz qalpog’idan neft bilan bir paytda gaz chiqarib
olish mumkin. Kondan bunday foydalanishda gaz qalpog’idagi
gaz bilan neftning
aralashib ketishiga yo’l qo’ymaslik kerak.
Ko’p qatlamli gaz konlarida ishlatiladigan quduqlar miqdorini kamaytirish
maqsadida bir quduqda ikkita va undan ko’proq gaz gorizontlari ayrim-ayrim
ishlatiladi va bunda ular bir-birlaridan paker bilan ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: