O‘zbekistonliklar nega qozoq unini ma’qul ko‘rmoqda? Don masalasiga mas’ullar bu yil O‘zbekistonda har yilgidanda ko‘proq g‘alla hosili kutilayotganini aytishadi. Ammo nega o‘zbekistonliklar non va turli pishiriqlar uchun qozoq unini ko‘proq ma’qul


Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari



Download 56,3 Kb.
bet5/13
Sana23.07.2022
Hajmi56,3 Kb.
#843100
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
data set

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari: Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har qanday ajratib qo‘yish, ularning huquqlarini cheklash, obektlar va xizmatlardan foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratishdan bosh tortish taqiqlanadi;
davlat ularning huquq va erkinliklari ta’minlash uchun sharoit yaratadi;
alohida e’tiborga muhtoj bolalar uchun inklyuziv ta’lim tashkil etiladi.
Shuningdek, prezident Konstitutsiyaga kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya bo‘yicha qator normalar kiritishni ham ilgari surdi.
Sodiq Safoyev - AQSh safari taassurotlari, konstitutsiyaviy islohot va JIDU «monopoliyasi» haqida

Yaqinda AQShga safar qilgan Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Kun.uz muxbiri bilan safar taassurotlari, shuningdek, AQSh rasmiylarining O‘zbekistondagi jarayonlarga munosabatlari haqida suhbatlashdi. Shuningdek, Safoyev Konstitutsiyaviy islohotlar, Diplomatiya universiteti «monopol» maqomini saqlab qolish borasida ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.


Yaqinda AQShga tashrif buyurdingiz. Cafar taassurotlari bilan o‘rtoqlashsangiz.
— Suhbat boshida shuni qayd etib o‘tmoqchimanki, bugun diplomatiya jamoatchilik fikrisiz va ijtimoiy fikrsiz ilgari surilmaydi. Ijtimoiy fikr esa nafaqat axborot berish usuli, balki milliy manfaatlarni ilgari surish vositasi sifatida ko‘rilmoqda. Shuning uchun OAV vakillari bilan uchrashish biz uchun katta mas’uliyat va imkoniyat. Shuningdek, xalqaro munosabatlarda xalq vakillari, parlamentning roli ham tobora ortib bormoqda.
Bevosita savolga qaytsak, AQShga tashrif Kongressning ikkala palatasi bilan Oliy Majlis palatalarining muloqotini chuqurlashtirishga qaratilgan edi. Bugun hammamiz AQShning dunyodagi ahamiyatini ortiqcha gap-so‘zsiz tushunamiz. 2018 yilda Shavkat Mirziyoyevning Vashingtonga safari davomida O‘zbekiston–AQSh o‘rtasidagi strategik hamkorlikning yangi erasi haqidagi hujjatga qo‘l qo‘yilgan edi.
Bu bizga yangi yo‘llarni ochib berdi. Bularning ichida eng muhimi parlamentlararo aloqalarni chuqurlashtirish haqida. Nima uchun, chunki AQSh siyosiy tizimida hech bir masala, jumladan tashqi siyosat masalalari kongressmenlar va senatorlarsiz hal qilinmaydi. Ular bilan munosabat bizga boshqa sohalardagi aloqalarimizni rivojlantirishga imkon beradi.
Yana bir narsa, 2018 yilgi safarda Shavkat Mirziyoyev kongressmenlar bilan uchrashuvda O‘zbekiston bilan hamkorlik guruhini tuzish bo‘yicha tashabbus bildirgan edi. Ya’ni Kongressda O‘zbekiston bo‘yicha kokus tuzildi. Bu bizning katta g‘alabamiz bo‘ldi. Siz so‘ragan tashrifda shu kokusning ikkinchi yalpi majlisida qatnashdik.
Bugungi kunda kokusning 17 ta a’zosi bor, yil oxirigacha ular 30 tagacha yetishi mumkin. Tashrifda parlamentdan tashqari, AQSh ma’muriyati, aql markazlari va universitetlar bilan ham samarali uchrashuvlar o‘tkazdik.
Kokuslar nima maqsadda tuziladi o‘zi, bu piar emasmi?
— Buning piarga bevosita aloqasi yo‘q. Balki qandaydir bevosita O‘zbekistonning nufuzini va imijini ko‘rsatishga yordam berar, lekin bu nihoyatda jiddiy va natijador. O‘zi umuman Amerika kongressmenlari xo‘jako‘rsinga qiladigan tadbirlarni xush ko‘rishmaydi. Bir tadbir qilinadigan bo‘lsa, uning samarasi qanday, qancha sarmoya ketdi va u yerdan nima olamiz, degan ratsional fikr yuritish bor. Zamonaviy jamiyatning bir ko‘rinishi – ratsional fikr yuritish. Manfaat juda oddiy: Markaziy Osiyoning va mintaqadagi O‘zbekistonning ahamiyatini tobora anglab borishmoqda.
Bu yerda albatta AQSh kabi davlatning o‘z manfaatlari bor. Bu xavfsizlikka ham, iqtisodiy masalalarga ham taalluqli.
Bundan tashqari, aynan shu kokus O‘zbekiston mustaqilligi va suverenitetini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus rezolyutsiyasini ishlab chiqib, ilgari surmoqda. Bu juda muhim. Birinchidan bu AQShning O‘zbekistonga nisbatan fundamental tamoyilini ko‘rsatadi. Ikkinchidan, bu AQSh ishbilarmon doiralari uchun katta signal, qo‘llab-quvvatlanayotgani haqida. Hozir rezolyutsiyani o‘tkazish uchun 3-4 ta ovoz qoldi, buning ustida ishlar ketyapti.
Shuningdek, ushbu kokus orqali biz haqimizda qolib ketgan stereotiplarni bartaraf etishga harakat qilinyapti. Avval qabul qilingan «Jyekson-Venik tuzatishi»ni hozir O‘zbekistonga aloqasi yo‘q. Shuni yo‘q qilish uchun ham vaqt keldi, kokus shu masala bilan ham shug‘ullanyapti. Agar bu cheklovlar O‘zbekistonga nisbatan bartaraf etilsa, bizga yuksak texnologiyalar kelishi uchun yangi imkoniyatlar ochiladi.
· «Jyekson-Venik tuzatishi» (Jackson–Vanik amendment) – 1974 yilda kongressmenlar Genri Jyekson va Charlz Venik tomonidan AQShning “Savdo to‘g‘risida”gi qonuniga kiritilgan o‘zgartirish. Unga ko‘ra, immigratsiyaga oid va boshqa turdagi inson huquqlarini qo‘pol ravishda buzib kelayotgan asosan kommunistik blok davlatlariga nisbatan diskriminatsion tarif va bojlar joriy etish nazarda tutilgan. 2000-2012 yillarda bu cheklovdan Qirg‘iziston, Gruziya, Ukraina, Armaniston, Moldoviya va Rossiya chiqarib tashlangan. Cheklov doirasida MDHdan Belarus, Ozarboyjon, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlari qolgan.
Bilamiz, AQSh parlamenti huzurida har bir yirik sohalar, hattoki hududlar bo‘yicha ham mutaxassislarni jamlagan aql markazlari faoliyat yuritadi. Bizda ham chiqarilayotgan qonunlarning sifatliroq chiqishi uchun Oliy Majlis huzurida shunday aql markazlari tuzilishi kerak, deb o‘ylaysizmi?
— Bilasizmi, bu har bir davlatning moliyaviy va mutaxassis kadrlardan iborat imkoniyatlariga bog‘liq. Ertaga bir aqliy markaz ochamiz, deb aytish juda oson. Lekin kim ishlaydi u yerda, qanday samara keltiradi? Buning faqatgina nomi shundaymi yoki haqiqatda foyda keltiradimi? Mana shu asosiy masala.
To‘g‘ri, biz Kongressning tadqiqot markazida ham uchrashuv o‘tkazdik. U yerda ko‘plab professorlar, fan doktorlaridan iborat 600 kishi ishlaydi, yillik budjeti ham 100 million dollardan ortadi. Bu ko‘p yillar davomida shakllanib kelayotgan an’ana.
Bizda ham hozir boshlanyapti bu. Parlament qoshida Qonunchilik muammolarini o‘rganish instituti ta’sis etilgan. U ham xuddi shu vazifani bajaradi. Parlament a’zolariga tadqiqotlar o‘tkazish va qandaydir tavsiyalarni ishlab chiqish borasida.
Biz safar davomida AQShdagi aql markazlari bilan hamkorlik haqida kelishib oldik. Bu yilning o‘zida 6 marotaba yosh parlament a’zolari, davlat-hokimiyatidagi yosh iste’dodli xodimlar AQShga borib, ko‘plab masalalarda tajriba almashish va o‘rganishi [reja qilingan]. Rivojlangan davlatlardan biror nimani o‘rganishdan hech qachon uyalmaslik kerak. Bu kelishuvlar ham tashrifimizning amaliy natijalaridan biri bo‘lsa kerak.
Ko‘proq suv ishlatgan ko‘proq to‘lashi kerak”. Amerikadagi vatandosh – O‘zbekistondagi suv muammolari va tejamkorlik haqida

Asqarali Karimov – texnika fanlari doktori, muhandis. 20 yildan beri AQShning Texas shtatida yashaydi, hozirda Templ shahridagi yirik injyenerlik-konsalting kompaniyasida suv xo‘jaligini loyihalash direktori bo‘lib ishlaydi. Shu kunlarda volontyor sifatida O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.


“Qilayotgan ishlarimni yurt oldidagi burchim deb bilaman”, deydi u. Biz Asqarali Karimov bilan Amerikadagi faoliyati, O‘zbekistondagi suv muammosi, infratuzilma, yomg‘irlardan keyin toshqinda qoladigan Toshkent kabi mavzularda suhbatlashdik.
Facebook kompaniyasining serverlarini quradigan inshootni loyihalashtiryapmiz”
— Bugungi kunda “Kasberg, Patrick & Associates” injyenerlik loyihalash kompaniyasida gidrologiya loyihalarini boshqaraman. Texnik direktorman. Hozir asosiy mijozlarimiz – shaharlar. Shaharlarda toza ichimlik suvi, oqova suvlar, yo‘l infratuzilmasi, drenaj (yomg‘ir yog‘ganda shaharlardagi suvni olib chiqib ketish) – hammasini kompaniyamiz loyihalaydi.
Loyihalarimiz ko‘p. Yana biri – o‘zimizning Tempos shahrida Meta (Facebook, Instagram tarmoqlariga egalik qiluvchi kompaniya) serverlarini saqlaydigan inshootning kanalizatsiyasi, suvi kabilarni loyihalayapmiz, 1 mlrd dollarlik loyiha.
Bundan tashqari, shahardagi suv tozalash inshootimizni kengaytiryapmiz, bu 50 mln dollarlik loyiha, keyingi yili ishga tushirishimiz kerak. Dunyodagi eng oxirgi texnologiyalar – membrana, ultrabinafsha dezinfeksiya tizimlaridan foydalanib quryapmiz. Suv tozalash inshootini kengaytirishimiz sababi – aholi ko‘paymoqda. Biz keyingi 20-30 yilni kutib o‘tirmasdan, hozirdan quryapmiz.
O‘zbekistonda qishloq va shaharlar kengayishiga oid volontyorlik loyihasini qilyapmiz”
— Toshkentda ishlab yurgan paytlarim Oklahoma universiteti olimlari bilan hamkorlikda grant tashkil qilingan. O‘zbekistonda ilmiy ish qilmoqchimiz, qaysi shaharlarni tanlab olsak bo‘ladi deb o‘yladik. Ilmiy ishdan maqsad – O‘zbekistonda oxirgi 30-40 yilda shaharlar va qishloqlarning kengayishi bo‘yicha qanaqa o‘zgarishlar bo‘layotganini o‘rganish.
Kosmik s’yomkalar berilgandan keyin “remote sensing” texnologiyasi orqali buning ustida ishlanadi. To‘rtta shahar tanlab olganmiz: Buxoro, Samarqand, Qarshi va Toshkent. Hozir “dala ishlari” uchun, ya’ni shaharlarga borib, ularning chekkalaridagi drenaj tizimlari, yangi paydo bo‘lgan ko‘cha va mahallalarni o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rish uchun keldik.
Oklaxoma universitetidan ikkita ilmiy xodimim bor. Biri talaba, ikkinchisi ilmiy xodim. Bu hammasi – volontyorlik loyihasi. Yurtimdagi muammolarni ko‘rib turib, ko‘z yummasdan qo‘limdan kelgancha bu muammolarni yechishni maqsad qilganman. Shu narsalarni Amerikada ham qilaman va O‘zbekistonda ham amalga oshirishni burchim deb bilaman.
Toshkentning oqova va drenaj tizimi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqyapman”
— Toshkent shahridagi muammolardan biri – barcha turdagi oqova suvlar uchun quvurlar bitta: sanoat korxonalari ishlatgan suvlar ham, drenaj suvlari ham bitta joyga boradi, sovet paytida shunday qilib qo‘yilgan. Amerikada esa ular alohida, turli suvlar bir-biriga qo‘shilmaydi.
Ikkinchi muammo, kuchli yomg‘ir payti suv lyuklardan yoki tuproqdan sizib o‘tib tagidagi sopol (50 yil oldin qurilgan) quvurlarga o‘tadi, natijada yomg‘ir suvlari ham borib oqova suv tozalash inshootiga tushadi. Inshoot esa, aytaylik, kuniga 1 million kub metr suvni tozalash quvvatiga ega. Ko‘p yomg‘ir yog‘ganda esa suv tozalash inshootiga shunchalik ko‘p suv kelganidan ayrim hollarda suvni oxirigacha tozalamasdan daryoga tashlab yuborishga majbur bo‘linadi.
Hozirda yog‘ingarchilik miqdorlari, suv tozalash inshootlaridan chiqqan suvlarning tozalanish darajasi bo‘yicha oxirgi bir yildagi laboratoriya ma’lumotlarini olib o‘rganyapman.
Bundan tashqari, drenaj tizimda lotoklar muammosi ham bor. Amerikada lotoklar yo‘q, yo‘lning ikki chetiga quvurlar qo‘yiladi va pastga tushgan suv shu orqali olib chiqib ketiladi; yo‘llar ham o‘rtasi balandroq, ikki cheti nishablik qilib quriladi – suv yo‘l yuzida turib qolmasligi kerak.
[Shahar hokimi] Jahongir Abidovich o‘zlari iltimos qilgan, yaxshilab o‘rganaylik, shoshilmasdan, keyin tavsiyalar bering deb. Ishni qayerdan boshlashim kerak, qanaqa qilib yomg‘ir suvlarini olib chiqib ketish kerak, nima ishlar qilishimiz kerak – hozir shuning ustida ishlayapman. Xudo xohlasa, hamma o‘zimga kerakli ma’lumotlarni yig‘ib olganimdan keyin o‘z tavsiyalarimni beraman.
[...] Toshkent 70-yillar oxirida ma’lum bir sondagi aholiga mo‘ljallab qurilgan, aytaylik, 2 mln odamga (taxminan). Shuncha paytdan beri poytaxt aholisi qanchaga ko‘paydi: 2 barobarga deylik. Lekin pastdagi quvur o‘zgargani yo‘q-ku. Quvurlar eskirgan, hajmi kamaygan: 1500 mmlik diametrdagi quvur bo‘lsa, hozir biz o‘sha quvurdan ikki barobar ko‘proq suv o‘tkazishimiz kerak. Bu – nasoslarga bosim, ko‘proq suv yo‘qotilishi, agregatlar ishdan chiqishi, ko‘p elektr sarf bo‘lishi degani.
Buni hali chuqur o‘rganganim yo‘q. Har bir shaharning o‘z dasturi bo‘lishi kerak, bitta nasos 70-50 yil ishlamaydi, 10-15 yilda nasosni almashtirish, ta’mirlash kerak. Demak, shahardagi suv muammolari infrastruktura juda eskirgani bilan ham bog‘liq.
Ko‘proq suv ishlatgan ko‘proq to‘lashi kerak”
— Qurg‘oqchilik bo‘lgandan keyin migratsiya ko‘payadi, qurg‘oq joylardan xalq ko‘chib ketadi. Ko‘pchilik Toshkentga ko‘chib keladi, chunki bu yerda sharoit, suv bor. O‘zbekistonni qaraydigan bo‘lsak, biz sharqdan g‘arbga qarab cho‘zilganmiz. Foydalanadigan suvimizning taxminan 75-90 foizi boshqa mamlakatda – Tojikiston, Qirg‘izistonda to‘planadi.
Suv tanqis ekan, hisoblagichlar hamma joyga qo‘yilishi kerak. Hozir O‘zbekistonda ham tabaqalashtirilgan tarif yo‘lga qo‘yilishi ustida ishlanyapti. Masalan, men Texasdagi uyimda muayyan kubometrgacha miqdordagi suv uchun har bir kub metrga 1 dollardan to‘layman, agar oylik iste’molim undan oshib ketsa, 1,5 dollardan, yana ham oshsa, 2 dollardan to‘layman. Chunki men ko‘pchilik odamlarga nisbatan ko‘p suv ishlatyapman, shu sabab ko‘proq to‘lashim kerak.
Hammasi kelib odamlarning fundamental bilimlariga, ilmga borib taqaladi. Suv qayerdan kelyapti deb hammamiz o‘ylashimiz, ishlatilgan suv qayerga boradi degan narsani o‘zimiz izlanib boshlashimiz kerak. Qars ikki qo‘ldan chiqadi: harakat qilinsa-yu, xalqdan reaksiya bo‘lmasa, natija bo‘lmaydi.
“Men pulini to‘layapman, davlat qilishi kerak” deyishi mumkin kimdir. To‘g‘ri, uni ham qoralab bo‘lmaydi, siz – soliq to‘lovchisiz. Demak, sizni suv bilan ta’minlash davlatning vazifasi. Lekin agar biz qanchalik ko‘nikmamizni oshirib borsak, masalaga kollektiv yondashgan bo‘lamiz. Rivojlangan davlatlarga qarasak, xalqda bilim bor: suv qayerdan kelyapti, konsentratsiyasi qancha va hokazo. Chunki ularga doim o‘rgatiladi: turli tashviqotlar qilinadi, mahallalarda yig‘inlar bo‘ladi, maktablarda o‘rgatiladi.
Qurg‘oqchilikka moslashish uchun suv tejash texnologiyalarini qo‘llash va suvni tejashni o‘rgatish juda muhim. Chunki suv bo‘lmasa, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtira olmaymiz, natijada iqtisodiy muammolar boshlanadi.

Download 56,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish