O‘zbekistonliklar nega qozoq unini ma’qul ko‘rmoqda? Don masalasiga mas’ullar bu yil O‘zbekistonda har yilgidanda ko‘proq g‘alla hosili kutilayotganini aytishadi. Ammo nega o‘zbekistonliklar non va turli pishiriqlar uchun qozoq unini ko‘proq ma’qul


Test savollarining qiyinlik darajasi qanday bo‘ladi?



Download 56,3 Kb.
bet8/13
Sana23.07.2022
Hajmi56,3 Kb.
#843100
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
data set

Test savollarining qiyinlik darajasi qanday bo‘ladi?
Test variantidagi savollar soni 100 foiz deb olsak, 15 foizi oson darajada, 70 foizi o‘rta qiyinlik darajada, qolgan 15 foizi esa murakkab darajada bo‘ladi.
Mutaxassislik fanlar blokidagi birinchi va ikkinchi fanlardan tuzilgan testlar qiyinlik darajasiga ko‘ra bir-biridan farq qilmaydi. Lekin majburiy fanlar blokidagi: ona tili, matematika hamda O‘zbekiston tarixi fanlaridan beriladigan test savollari mutaxassislik fanlariga qaraganda soddaroq bo‘ladi.
Fanlar majmuasi o‘zgartirildi Shu yil 23 aprelda bu yilgi test sinovlarining fanlar majmuasi tasdiqlangandi. Unda o‘tgan yilgiga nisbatan ayrim yo‘nalishlarda o‘zgarishlar mavjud.
Jami 461 ta yo‘nalishning 7%ida fanlar majmuasi o‘rni almashgan, ya’ni birinchi fan ikkinchiga aylangan va aksincha, 2,8% yo‘nalishda esa bitta fan o‘zgargan. Faqat bitta yo‘nalishda 100% o‘zgarish bo‘lgan, ya’ni Biotibbiyot muhandisligi yo‘nalishida ikkala mutaxassislik fani ham almashgan. 
Rossiya Ilon orolini tashlab ketdi. Ukrain armiyasi orolni muntazam ravishda o‘qqa tutayotgandi

Rossiya mudofaa vazirligi Qora dengiz hududida, Odessaga yaqin joylashgan Ilon orolidan qo‘shinlarini olib chiqqanini ma’lum qildi. Ukraina qurolli kuchlari bir necha bor bu orolga raketa zarbalari yo‘llab, u yerga joylashtirilgan turli qurol va texnikalarni yo‘q qilgani haqida bayonot bergan.


RF armiyasi o‘z bayonotida qo‘shinlarni olib chiqish qarori «yaxshi niyat qadami sifatida» qabul qilinganini da’vo qilmoqda. Rossiyalik harbiylar bu kabi formulirovkani mart oyi oxirida Ukraina shimolidagi hududlardan (Kiyev, Chernihiv va Sumi oblastlari) chekinganida ham qo‘llagandi. G‘arblik ekspertlar fikricha, bu hududlarda Rossiya harbiy mag‘lubiyatga uchragan va chekinishga majbur bo‘lgan.
«Bu orqali Rossiya Federatsiyasi jahon hamjamiyatiga BMTning Ukraina hududidan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksport qilish uchun gumanitar yo‘lak tashkil etish bo‘yicha sa’y-harakatlariga to‘sqinlik qilmasligini namoyish etadi.
Bu qaror Kiyevga Qora dengizning shimoliy-g‘arbiy qismi Rossiyaning to‘liq nazoratida ekani tufayli bug‘doyni olib chiqish imkonsizligini aytib, yaqinlashib kelayotgan oziq-ovqat inqirozi mavzusida spekulyatsiya qilishiga imkon bermaydi», deyiladi RF mudofaa vazirligining Ilon orolidan qo‘shinlar olib ketilgani to‘g‘risidagi bayonotida.
G‘arb davlatlari va Ukraina Rossiya ukrain portlarini blokada qilishda davom etmoqda va bu orqali ukrain oziq-ovqat mahsulotlari jahon bozoriga olib chiqilishiga to‘sqinlik qilmoqda deb hisoblaydi.
RF mudofaa vazirligi bayonotidan oldinroq Ukrainaning «Janub» operativ qo‘mondonligi RF armiyasi qismlari joylashtirilgan Ilon oroli bo‘ylab raketa va artilleriya zarbalari orqali navbatdagi muvaffaqiyatli amaliyot amalga oshirilgani to‘g‘risida xabar tarqatgandi. Qo‘mondonlik xabarida bu hujumlar natijasida rossiyalik harbiylar «garnizonning qolgan qismini ikkita tezyurar kater orqali shoshilinch ravishda evakuatsiya qilgani va katta ehtimol bilan orolni tark etgani» ma’lum qilingandi.
Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak ham «Ilon orolida rossiyaliklar qolmagani» haqida yozgan. «Janub» operativ qo‘mondonligi aniqlik kiritishicha, ayni damda orolda yong‘in va portlashlar ro‘y bermoqda.
Yermak rossiyaliklarning «yaxshi niyat» haqidagi bayonotiga ham munosabat bildirgan. «Bularning barchasi butkul feyk. Birinchidan, Ukraina qurolli kuchlari rossiyaliklarni Ilon orolidan haydab chiqardi. Ikkinchidan, rossiyaliklar g‘alla saqlanayotgan omborlarimizni o‘qqa tutishmoqda. Rossiya oziq-ovqat inqirozini yuzaga keltirishda va aldashda davom etmoqda. Ular hamon bizning portlarimizni bloklab turishibdi va donlarimizni yo‘q qilishmoqda. Ularga global Golodomor kerak», degan Yermak.
Urush boshidan buyon Ilon oroli uchun bir necha bor janglar boshlangan, ammo Ukraina qurolli kuchlari uchun uni ozod qilish ustuvor vazifa bo‘lmagan. May oyida Rossiya mudofaa vazirligi ukrain harbiylarining orolni qaytarib olish uchun muvaffaqiyatsiz urinishi haqida xabar berganida Ukraina mudofaa vazirligi bunday urinish amalga oshirilmaganini ma’lum qilgan, Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Aleksey Arestovich esa Ukraina oroldagi Rossiya nishonlariga zarba berish ancha osonlashganini aytib o‘tgandi.
20 iyun kuni ham ukrainlar Ilon oroli bo‘ylab muvaffaqiyatli zarbalar yo‘lladi. Ushbu hujumdan keyin Ukraina qurolli kuchlari oroldagi Rossiya garnizoni jiddiy yo‘qotishlarga uchragani haqida ma’lumot berdi. Bu zarbalar ortidan, xuddi o‘sha kunning o‘zida Rossiya Odessa oblasti bo‘ylab 14 raketa zarbasi yo‘lladi. Ukrain harbiylari o‘shanda bu orolga qilingan hujumga javob reaksiyasi bo‘lganini aytishgandi.
Rusi instituti eksperti Jastin Bronkning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya kuchlari orolni katta ehtimol bilan ukrainlarda uzoq masofaga otuvchi artilleriya qurollari paydo bo‘lgani tufayli tark etishdi. Ukraina qurolli kuchlari uchun orol ikkinchi Chernobayevkaga aylandi (Xerson oblastidagi Chernobayevka haqida ham mem tarqalgan - Rossiya qo‘mondonligi bu hududdagi aerodromga yangidan yangi kuchlarni yuboraveradi, ukrainlar esa ularni har safar yakson qilaveradi).
«Rossiya uchun bu orolni ushlab turish doim qiyin bo‘lgan. Ukraina so‘nggi vaqtlarda bir necha bor texnik innovatsion va ta’sirchan hujumlarni amalga oshirdi - raketa tizimlari orqali ham, aviatsiya yordamida ham. Orolda joylashtirilgan Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari va boshqa tizimlar muntazam ravishda vayron qilingan. Rossiyaliklar doimiy ravishda orolga yangi tizimlarni olib kelishgan, ularga esa orolga yetib kelmasidan zarbalar berilgan. Men o‘ylaymanki, bu Rossiyaning Ukrainada endi yetarli darajada uzoqqa o‘t ochuvchi artilleriya qurollari paydo bo‘lganini tan olishi natijasidir», degan ekspert.

Download 56,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish