O‘zbekistonliklar nega qozoq unini ma’qul ko‘rmoqda? Don masalasiga mas’ullar bu yil O‘zbekistonda har yilgidanda ko‘proq g‘alla hosili kutilayotganini aytishadi. Ammo nega o‘zbekistonliklar non va turli pishiriqlar uchun qozoq unini ko‘proq ma’qul


Tahlil: Ilon orolining strategik ahamiyati nimada?



Download 56,3 Kb.
bet9/13
Sana23.07.2022
Hajmi56,3 Kb.
#843100
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
data set

Tahlil: Ilon orolining strategik ahamiyati nimada?
Ilon (Zmeiniy) oroli - Qora dengizdagi kichik quruqlik (maydoni 20,5 gektar), eng yaqin Ukraina sohili 35 kilometr masofadan o‘tgan. U Odessa va Mikolayivdan ancha uzoqda (mos ravishda 140 va 230 km) joylashgan bo‘lsa-da, havo hujumidan mudofaa tizimlari joylashtirish platformasi sifatida uning Rossiya uchun harbiy ahamiyati yuqori edi.
Ilon oroliga o‘rta masofaga harakatlanuvchi zenit-raketa majmualari joylashtirilsa, bu orqali Odessa yaqinida Rossiya harbiy-dengiz kuchlari desant amaliyoti amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlash mumkin edi - ukrainlar shunday bo‘lishidan qattiq xavotirda edi.
Ilon orolining kamchiligi shundaki, u chindan ham juda kichik orol bo‘lib, unda tabiiy boshpanalar deyarli yo‘q va sohil yaqinligi bu yerni o‘ziyurar gaubitsalar va baravar o‘t ochish tizimlari orqali osonlik bilan o‘qqa tutishga imkon beradi - havo hujumidan mudofaa tizimlari bunday vositalarga qarshi samarali emas. Bu yerga beriladigan zarbalardan yashirinishning imkoni yo‘q, maydon kichikligi esa texnika va garnizonni tig‘iz joylashtirishga majbur qiladi. Shu bilan birga, orol Qora dengiz flotining dengiz va havo bazalaridan ancha yiroqda joylashgan.
Garnizonni dengiz aviatsiyasi va flot bilan qo‘llab-quvvatlash samolyot va kemalarning o‘zini xavf ostida qoldiradi, chunki dengiz yoki havodagi har qanday faollik G‘arb tomonidan zarur vositalar bilan ta’minlangan Ukraina tomonidan kuzatiladi, Ukraina qurolli kuchlari havodagi nishonlarga va kemalarga qarshi majmualar bilan qurollangan.
Ilon orolini ushlab turish uchun dengizda va havoda katta amaliyot boshlash talab etilardi. Shunga qaramay, Rossiya orolni egallab turish harakatidan qaytmadi va bu faqat yangi yo‘qotishlarga olib keldi. Natijada uni tashlab ketish mantiqiy qaror bo‘ldi.
Ukraina ham orolni o‘z nazoratiga olishga urinishini aytish qiyin - uning relefi va hajmi Ukraina qurolli kuchlari uchun ham Rossiya armiyasiga bo‘lgani kabi muammo tug‘diradi.
Urushga qadar orolda chegarachilar xizmat qilgan va Odessa milliy universiteti olimlari ishlagan, bu yerda prichalga, shuningdek pochta, bank va retranslyator (retranslatsiya uchun oraliq punkt vazifasini o‘taydigan inshoot)ga ega kichik posyolka qurilgan, turistik va dayving markazlar tashkil etilishi rejalashtirilgandi.
Rossiya harbiylari uchun bu orol qanday manfaatni anglatishi mumkinligi haqida savol tug‘iladi. Ammo ular bu orolchani urushning ilk kunlaridayoq egallashgandi.
Britaniya mudofaa vazirligi vakillarining hisoblashicha, agar Rossiya orolda mustahkam o‘rnashib, u yerga havo hujumidan mudofaa, sohil mudofaasi, qanotli raketalar tizimlarini joylashtira olganida, u Qora dengizning shimoli-g‘arbida ustunlikni qo‘lga kiritgan bo‘lardi.
«Moskva» kreyseri yo‘qotilgani va ukrainlar kemalarga qarshi raketalarga ega bo‘lganiga qaramay, Rossiya harbiylari ukrain sohillariga desant tushirish amaliyotidan voz kechilishi haqida ma’lum qilishmadi. Ilon oroli o‘t ochish vositalari hamda radiolokatsion baza joylashtirish mumkin bo‘lgan platsdarm vazifasini o‘tashi mumkin edi.
Orol shunday geografik joylashuvga egaki, u yerdagi kuzatuv vositalari nafaqat Odessa oblasti atrofi, balki Moldova, Dnestrbo‘yi va Ruminiyaning ham havo va dengiz makonini nazorat qilish imkonini berardi.
Rossiya uchun ham, Ukraina uchun ham muammo shundaki, Ilon orolini egallash oson, uni saqlab tutish qiyin. U yerda otishmalardan yashirinadigan joy yo‘q, agar dushman tomon orolga kuchli o‘q yog‘dirishga qaror qilsa, garnizonni qanday himoya qilish mumkinligi tushunarsiz.
Ammo boshqa hamma gaplarga qo‘shimcha qilib aytish mumkinki, Ilon oroli - bu urush ramzlaridan biri.
24 fevral kuni Ukraina hududiga bostirib kirgan rossiyalik harbiylar Ilon oroli ustidan nazorat o‘rnatgandi. O‘shanda ijtimoiy tarmoqlarda rossiyaliklar harbiy kemasi ukrain askarlariga taslim bo‘lishni taklif etgani, ukrain harbiylaridan biri esa uyatsiz so‘zlar bilan rad javobi qaytargani haqidagi audioyozuv tarqalib ketgandi
Shundan keyin Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya harbiy kemasidan raketa-artilleriya zarbasi yo‘llanishi oqibatida oroldagi 13 nafar ukrain chegarachisi halok bo‘lganini ma’lum qildi.
Ammo keyinroq Ilon orolida xizmat qilgan ukrain harbiylari tirikligi va rossiyaliklar qo‘lida asirlikda ekani ma’lum bo‘ldi. Aprel oylarida ular rossiyalik asirlarga almashtirildi.
Ilon orolini egallashda ishtirok etgan «Moskva» kreyseri 13 aprel kuni raketa zarbasiga uchradi va keyingi kuni dengizga cho‘kib ketdi.
Chegarachilarning rus kemasiga qarata aytgan uyatsiz iborasi memga aylanib ketgan, «Ukrpochta» esa ushbu voqeaga bag‘ishlangan pochta markasini muomalaga chiqargandi.
Tonirovka”: Endi ruxsatnoma muddati uzaytirilib, jarima kamaytirilishi kerak

Prezident ko‘pchilik kutgan yangilikni e’lon qilarkan, ahamiyatini yo‘qotgan qoidalarni bekor qilish ishlari davom etishi, “bu hali boshlanishi” ekanini aytdi. Shundan kelib chiqib, bu maqolada avtooynalarni qoraytirishning boshqa qator nyuanslari bo‘yicha o‘z takliflarimizni bildirib o‘tamiz.


Nihoyat, avtomobillar oynasini qoraytirishga cheklovlar prezident topshirig‘i bilan ancha yumshatildi: orqa yon oynalarni qoraytirish bepul bo‘ldi, old yon oynalar uchun ruxsatnoma to‘lovi ancha arzonlashdi.
Ha, “tonirovka” gap-so‘zsiz allaqachon tekin bo‘lishi kerak edi. Ayniqsa, mashinalarning orqa yon oynalarini qoraytirish. Chunki orqa yon oynalarning qoraytirilishi chindan ham yozning jaziramasida quyoshning tig‘idan to‘sishga yordamlashadi, qolaversa – haydovchiga o‘tirgan o‘rnidan mashinani boshqarishda tevarak-atrofni kuzatishda aslo xalaqit bermaydi.
Shu paytgacha mashinalarning faqat orqa oynasini ruxsatnomasiz qoraytirish mumkin edi. Biroq o‘sha oynaning qoraytirilishi yoki parda taqilishi haydovchining o‘tirgan o‘rnidan ko‘zgu orqali orqani kuzatishga xalaqit beradi. Nega uni qoraytirish tekin-u, haydovchi deyarli qaramaydigan orqa yon oynalar tekin emas? Bu ham mantiqsizlik edi. Bunga prezident qarori bilan barham berildi.
Salondagi orqa yon oynalarni qoraytirish tekin bo‘lishi yo‘lovchilarni va sayyohlarni tashuvchi mikroavtobuslar va taksilar, ayniqsa jamoat transportida ham odamlarga qulaylik yaratadi.
Qolaversa, “tonirovka”ga ruxsat berish tekin bo‘lgani bilan, oynalarga plyonka yopishtirish pulli. Tekin bo‘lgach, talab ham ortadi va bu o‘z-o‘zidan narxlar o‘sishiga olib keladi. Aholi ancha-muncha xarajat qiladi. Bu xarajatga qo‘shimcha ravishda bir yillik ruxsatnoma uchun ham haq to‘lash adolatsizlik edi.
Qolaversa, O‘zbekistonda orqa oynalarga quyoshdan to‘sish uchun parda o‘rnatish mumkin. Bu ko‘plab sud jarayonlarida amaldagi tartib-qoidalarga zid emasligi o‘z isbotini topib bo‘lgan. Parda mumkin bo‘lgan joyga tonirovka plyonkasini yopishtirish mumkin bo‘lmagani kulgili-da.
Masalaning ikkinchi tomoni bor. Shaxsan men mashina oynalarining barchasini to‘liq tonirovka qilish bepul bo‘lishiga qarshi edim (yakunda shunday bo‘lib chiqdi ham).
Ha, avtomashina orqa eshigi oynalarini qoraytirish juda ko‘p davlatlarda tekin. Masalan, har tomonlama bizga eng yaqin davlat – Qozog‘istonda ham tekin. Old yon oynalarni qoraytirish esa ko‘p davlatlarda mumkin emas. Faqat kortejda ishtirok etadigan, mayoqchali mashinalarda to‘liq tonirovkaga ruxsat berilgan.
Eng avvalo, mashina old eshiklari oynasini qoraytirish – haydovchining boshqarish o‘rnidan tevarakni kuzatishga xalaqit beradi. Ayniqsa, tungi vaqtlarda. Qolaversa, hozirda mashinalar zavoddanoq barcha oynalarining shaffofligi 30 foizga so‘ndirilgan holatda chiqmoqda.

Shu sababli, mashinaning old eshiklari oynasini qoraytirishda shaffoflik 50 foizdan pasaymasligini qat’iy nazorat qilish lozim bo‘ladi. Ya’ni old eshik oynalari zavoddan 30 foiz qoraytirib chiqarilgan mashinalarga bor-yo‘g‘i 20 foizlik plyonka yopishtirilishi lozim bo‘ladi.


Ayni paytda oynalarni qoraytirish uchun berilgan bir yillik ruxsatnoma muddati o‘tgach, u zudlik bilan uzaytirilmasa, 25 BHM – 7,5 mln so‘m jarima to‘lanadi. Ruxsatsiz “tonirovka” uchun ham shu jarima.
Shu paytgacha old yon oynalarni qoraytirish uchun 15 mln so‘m, orqa yon oynalar uchun esa 1,5 mln so‘m atrofida to‘lov qilinayotgan edi. Old oynalar uchun bu jarima mantiqli ko‘rinsa-da, orqa oynalar “tonirovkasi” uchun jarima mutanosib ravishda kam bo‘lishi kerak emasmi? 1,5 mln so‘mlik ruxsatnoma muddati o‘tsa ham 7,5 mln jarima! Bunaqasi hech bir davlatda yo‘q edi.
Jarima miqdori ham qayta ko‘rib chiqilishi lozim bo‘ladi albatta. Aytaylik, 3 BHM miqdorida.
Ayni paytda “tonirovka” uchun ruxsatnoma bir yil muddatga beriladi. Lekin bir yil – hash-pash deguncha o‘tib ketadigan muddat. Shu sababli tonirovka uchun ruxsatnomani 5 yilgacha biryo‘la to‘lash mumkin qilib belgilash lozim. Haydovchi istasa, to‘lovning 5 yilligini birdan to‘lasin, bunda unga qandaydir chegirma (aytaylik, 30 foiz) berilsin.
Ayniqsa, shu yil may-iyun oylarida tonirovka uchun qimmatroq pul to‘laganlar puliga kuyib qolmasligi kerak. Ularga qo‘shimcha to‘lov bilan ruxsatnomani cho‘zish imkoni yaratilsa yaxshi bo‘lardi. Masalan, orqa yon oynalarni qoraytirish uchun 1,5 mln to‘laganlarga pulni-ku qaytarib bo‘lmas, biroq ularga yana 900 ming so‘m to‘lab, to‘liq tonirovka uchun ruxsatnoma olish imkoniyati yaratilishi kerak. Yoki 15 mln to‘laganlarga 7 yilgacha ruxsatnomasi cho‘zib berilishi lozim.
Rossiya Davlat dumasi kuni kecha ifloslangan davlat raqamlari, uyda unutib qoldirilgan hujjatlar, burilish chiroqchalaridan noto‘g‘ri foydalanish uchun jarimani bekor qilib, ogohlantirish joriy etdi.
Bizda ham shu kabi qoidabuzarliklar, bunga qo‘shimcha ravishda sug‘urta, “tonirovka” ruxsatnomasi muddati o‘tgan bo‘lsa, mashinani boshqarayotgan kishiga jarima qo‘llash, mashinasini jarima maydonchasiga kiritish o‘rniga ogohlantirish berish kerak. Hozir hamma YPX xodimlarida planshet bor. Qoidabuzarlik aniqlanganda ogohlantirish berilgani qayd etib qo‘yilsin – olam guliston.
Agar haydovchi qayd etilgan ogohlantirish olganidan so‘ng keyingi bir oy ichida qoidabuzarlik bartaraf etilmasa, belgilangan jarimani qo‘llash kerak.
Ya’ni old eshik yon oynalari 50 foizdan ko‘proq qoraytirilgan mashinalarga ham bir marta ogohlantirish berish kerak, shundan so‘ng u 1 oy ichida old oynasini boshqatdan tonirovkadan qilmasa, jarima qo‘llansa arziydi.
Bu masalada hamma tomonni e’tiborga olib, yetti o‘lchab bir kesish kerak. Yo‘llarda harakat xavfsizligi, insonlarning hayoti masalasi ham borligi unutilmasin. Chunki “beton” tonirovka qilingan avtomobillar yo‘llarda boshqalarga bepisand, yo‘l harakati qoidalarini mensishmaydi, avariyalar va unga eltuvchi holatlar keltirib chiqarishayotgani ham bor gap. Bu borada ham izlanishlar va nazoratni to‘xtatmaslik kerak.

Download 56,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish