Mundarija:
1.KIRISH.
1.1.“Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” QK MCHJ ning qisqacha tavsifi.
2.ASOSIY QISM.
2.1.Texnik xavfsizlik bilan tanishish.
2.2. Jarayonda ishlatiladigan o’lchash asboblari
2.3. Havo kompressorlari
3. NEFT-GAZ TARMOG‘INI MOLIYAVIY SOG‘LOMLASHTIRISH
XULOSA
4.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
KIRISH
“Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ ning qisqacha tavsifi
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi neft mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yirik sanoat korxonasi. Buxoro viloyati Qorovulbozor sh.da joylashgan. "O’zbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi tarkibiga kiradi. 1993 y.da qurilishi boshlanib, 1997 y. avg .da ishga tushirilgan. Qashqadaryo va Buxoro viloyatlaridagi gaz va neft konlari (asosan Ko’kdumaloq gaz kondensati koni) asosida ishlaydi. Turli neft mahsulotlari yuqori oktanli benzin (AI93, A76), dizel yoqilg’isi, aviakerosin, mazut, suyultirilgan neft gazlari (butan, texnik propan, propanbutan, oltingugurt) va b. mahsulotlar ishlab chiqaradi. Birinchi navbatining yillik loyiha quvvati 2,5 mln. t gaz kondensatani qayta ishlashga mo’ljallangan. Zavodning loyiha qiymati deyarli 500 mln. dollar.
«O’zbekneftgaz»: «Buxoro» neftni qayta ishlash zavodi 23 yillik tarixidagi eng yuqori ko’rsatkichni qayd etdi
«Buxoro» neftni qayta ishlash zavodi gazoylni gidrotozalash qurilmasida «O’zbekneftgaz» AJ mutaxassislarining o’z kuchi bilan katalizator eng zamonaviy turiga almashtirildi. Natijada O’zbekistonda ilk bor Yevro-4 va Yevro-5 ekologik toifadagi dizel yonilg’isini ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.
Endilikda, O’zbekistonda ishlab chiqarilayotgan yoqilg’ilar jahon standartiga to’la javob bera boshladi va eksportbop mahsulotga aylandi. 2020 yil yakuni bilan jami 85,9 ming tonna Yevro-3, 4, 5 dizel yonilg‘isi ishlab chiqarildi va iste'molchilarga yetkazib berildi.
2020 yilda «Buxoro» neftni qayta ishlash zavodida 843,9 ming tonna avtobenzin ishlab chiqarilib, bu miqdor zavodning 23 yillik tarixidagi eng yuqori ko’rsatkichga aylandi. O’zbekiston neft va gaz sanoati tarixida ilk bor neft mahsulotlari sotilishi to’liq bozor tamoyillari asosida joriy etildi.
Shuningdek, ortda qolgan 2020 yil davomida, mahalliy olimlar bilan hamkorlikning yangi bosqichi yo’lga qo’yilib, O’zbekiston kimyo farmatsevtika ilmiy tekshirish instituti bilan hamkorlikda ilk bor SAS-851 rusumidagi (Fransiya) adsorbent o’rniga, mahalliy UzAD-1 adsorbenti ishlab chiqarishga tatbiq qilindi.
Ko‘p yillar davomida reja qilib kelinayotgan «Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish va qayta qurish» loyihasiga birinchi qadam tashlandi va «O’zbekneftgaz» AJ, «Honeywell UOP» (AQSh) va «SK E&C» (Janubiy Koreya) kompaniyalari o’rtasida o’zaro anglashuv memorandumi imzolanishi tarix sahifalaridan joy oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |