Buxoro neftni qayta ishlash zavodi



Download 1,39 Mb.
bet2/7
Sana25.06.2022
Hajmi1,39 Mb.
#703451
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Malakaviy amaliyot

Texnik xavfsizligi
Neft sanoatida yong’in xavfsizligi
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar O’zbekiston Respublikasining Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi Qonuni va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-sonli Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko’rib chiqish va ishlab chiqish to’g’risidagi hamda 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli Mehnatni muhofaza qilish bo’yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to’g’risidagi qarorlariga muvofiq neft sanoatida yong’in xavfsizligi qoidalarini belgilaydi.
1-§. Neft burg’ quduqlarini burg’ulash
1. Burg’ quduqlarni burg’ulashdagi ishlarning xavfsiz bajarilishini maxsus burg‘ulash brigadalari amalga oshirishi kerak.
2. Mahsuldor qatlamni ochishdan oldin (kamida 50 m qolganda) korxonadagi maxsus komissiya neft favvoralarining ro’y berishini va bartaraf etishning oldini oluvchi harbiylashgan otryad xodimlari ishtirokida burg’quduq holatini o’rganib chiqishi hamda uning tayyorligi haqida dalolatnoma tuzishlari lozim.
3. Ochiq favvoraga sabab bo’ladigan xatolik (kamchilik)lar aniqlanganda ular bartaraf etilmaguncha ish bajarishni to’xtatib turish zarur.
4. Eritma (gil) qorgichda eritma tayyorlashda ko’pik hosil bo’lishiga yo’l qo’ymaslik kerak.
5. Burg’ulash jarayonida burg’quduqdan chiqayotgan eritmaning harorati va boshqa parametrlarni muntazam ravishda o’lchab turish lozim.
6. Burg’ulash olib borilayotgan hudud doimiy ravishda uglevodorodli eritma mahsulotlaridan tozalanib turilishi kerak.
7. Gazsimon agentlarni qo’llab burg’ulaganda, burg’quduq og’zini germetiklovchi zichlagich qurilma elementlari ishga yaroqli bo’lishi hamda suyuqlik, shlam, chang va gazni ish maydonchasiga tushishiga yo’l qo’ymaslik lozim.
8. Burg’quduq og’ziga ulangan tashlama quvur o’tkazgich shamol esayotgan tomonga teskari qaratilgan bo’lishi zarur.
9. Mazkur quvur o’tkazgichning uzunligi kamida 100 m bo’lishi kerak.
10. Qatlamdagi gaz burg’ulash quvurlariga kirib qolishining oldini olish uchun burg‘ulash quvurlari kolonnasiga teskari klapan o’rnatish zarur.
11. Ushbu klapanning holatini har safar burg’ulash quvurlarini burg’ quduqqa tushirishdan oldin tekshirish kerak.
12. Teskari klapan nosozligi tufayli qatlam gazi burg’ulash quvurlari orqali ishchi maydonga tushganda (quvurlarni tushirish yoki ko’tarish paytida) hodisa holatiga ko’ra, eritmani burg’ulash quvurlariga qayta haydash kerak.
13. Gazsimon agentlarni qo’llab ishlaganda preventorlarning germetikligi va ishonchliligini, har safar quvurlarni tushirish yoki ko’tarish davomida (har smenada kamida bir marta) tekshirib, natijalarini vaxta jurnaliga qayd qilib borish lozim.
14. Burg’ulashni boshlashdan oldin, burg’quduq og’zini germetiklovchi qurilmani gazsimon agentni burg’quduqqa salt holatda puflash yo’li bilan mustahkamligini tekshirish zarur. Bunda nosozliklar aniqlanganda mazkur zichlagich elementni almashtirish kerak.
15. Gazsimon agentlarni qo’llab burg’ulaganda, gaz namoyon bo’lishi holatlarida ish maydonida va gaz paydo bo’lgan joylardagi havoni gaz tahlillagich yordamida tekshirib turish zarur. Burg’quduqdan chiqayotgan eritma tarkibida gaz borligini ham uzluksiz ravishda tahlil qilib borish kerak.
16. O’rnatilgan gaztahlillagich apparat burg’ulovchiga yaxshi ko’rinib turishi lozim.
17. Ish maydonchasida tabiiy gaz miqdori alangalanish chegarasining 20 foizini tashkil etuvchi darajada bo’lganda burg’ulash ishlarini to’xtatib, gaz sizib chiqishi bartaraf etilishi zarur.
18. Gaz sizib chiqqanda uning ovozi (pishillashi) va hidi, sovun ko’pigi hamda ko’chma gaztahlillagichlar yordamida aniqlanishi zarur. Mazkur joylarni ochiq olov (mash’ala) yordamida aniqlash taqiqlanadi.
19. Ish joyidagi havo tarkibini nazorat qilish uchun burg’ulash joyiga turg’un (statsionar) yoki ko’chma gaztahlillagichlar o’rnatilishi kerak.
20. Ish joyidagi havo tarkibidagi gazni muntazam nazorat qilish zarur. Bunda uning davriyligi mahsuldor qatlamni ochish yoki burg’ulashda har smenada kamida bir marta, burg’quduqda gaz namoyon bo’lganda esa, har ikki soatda kamida bir marta nazorat qilinishi lozim.
21. Burg’ulash eritmalari sirkulatsiyasining har bir siklidan so’ng tozalash qurilmalarini tekshirish, ularni suv yordamida shlam va boshqa chiqindilardan tozalash zarur.
22. Burg’quduq og’zida yoki boshqa to’planishi mumkin bo’lgan joylarda alangalanish konsentratsiyasining quyi chegarasidan 20 foiz yuqori miqdorda gaz yig’ilib qolgan bo’lsa, burg’ulash ishlarini bajarish taqiqlanishi lozim.
23. Burg’ulash qurilmasi hududida yong’in sodir bo’lganda uni suv ta’minoti tizimiga ulangan quvurlar yordamida o’chirilishi zarur. Bunda suv ta’minoti tizimiga ulangan sisternaning sig’imi kamida 2 m3 bo’lishi lozim.


Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish