Yong’in xavfsizligi
Ammiakk ishlab chiqarish sexi yong’in xavfsizligi bo’yicha V kategoriyaga kiradi.
Yong’inga bardoshliligi bo’yicha IV gr kiradi.
Yong’in prafilaktikasi uchun binolar orasi bosh. Sex yong’in xavfsizligiga qarshi suv bilan ta’minlangan.
Ammiak ishlab chiqarish sehida yong’inni o’chirishni bir yo’li sovuq suv bilan o’chirish. Boshqa narsalar bilan o’chirish qatiyan man etiladi.Sexni 4 joyida suv kranlari bor.Undan tashqari o’t o’chirish balonlari hambor. Hamma uchustkalarda o’t o’chirish balonlari va qum bo’ladi.
Sex evakuatsiya yo’llari bilan ta’minlangan.Hamma apparat va trubaprovodlar 450S dan yuqori haroratga ega bo’lib, ular yonmaydigan qoplamalar bilan qoplpngan.
Yordamchi qurilmalari va ishchi xonalarida o’t o’chirish qurilmalar bilan ta’minlangan.
Texnologik jarayondan sershovqin va tebranishi kuchli bo’lgan mashina va mexanizmlarni chiqarib tashlash, shovqin manbasi bo’lgan mashina qurilmalarni ayrim xonalarga joylashtirish, sershovqin sexlarni aloxida ajratib joylashtirish, kuchli tebranishga ega bo’lgan sershovqin mexanizmlarni uzoqdan turib boshqarish tizimini qo’lash, shaxsiy muxofaza vositalaridan keng foydalaniladi.
2.2.Gazniqob va respiratorlarning qollashdagi xavfsizlik texnikasi bo’yicha tanishish
1.Umumiy malumotlar
1.1 Filtrlovchi sanoat gazvikobi nafas organlari, ko‘z, Terini havodagi gaz,aerozod (chang, tutun, tuman) saqlashda qo’llanlanadigan yakka tartibda himoyalanish vositasi hisoblanadi.
1.2 Gazniqobni nafas organlarini har kuni butun ishini smenasi davomida qollashda ishchi organizmiga zarar qilmaydi. Gazniqob yuzni yonadigan qism va gazga qarshi qutichadan iborat buladi. Quticha yuzni yopadigan qismiga mahsus egiluvchan (burama shakldagi) rezina shlang yordamida ulanadi.Gaznikobni saqlash, ko‘tarib yurish hamda foydalanishda qulay bolishi uchun, Uning kompilektigiga gazga qarshi halta ham qo’shilgan. Unda ikkita bo’limchalar bo'lib, bittasi yog’och taxtachalar bilan baquvvat qilib ishlangan bo'lib. unda gazga qarshi quticha saqlansa, boshqasida esa yuzni yonuvchi qism va rezina shlang joylashtriladi. Gazniqobning yuzni yopadigan qismi havodagi zararli moddalardan yuzni va kuzni saqlab, nafas organlariga tozalangan havo kelishini ta'minlaydi. Mazkur qism elastik rezinadan tayyorlangan shlem nikobdan iborat.Shlem-nikobga kuzoynak, nafas olish va chiqarishdagi havoni ajratib turuvchi klapan o’rnatilgan. Niqobning ichki yuzasi kozoynaklar terlab ketishini oldini oluvchi halqa bilan jihozlangan.
2 Gaznikob maskasini tanlash
2.1 Shelm-nikob 5 o‘lchamda tayyorlanadi. 0, 1, 2, 3, 4 o‘lcham raqami shlem-nikobning iyak tomoniga yozilgan bo‘ladi.
2.2 Shlem-nikobni tanlash uchun santimetr lenta bilan inson boshining ikki qismi o‘lchanadi:
a) birinchi o‘lchov- inson boshining iyagidan, yuzalari, boshning eng yuqori nuqtasi orqali aylana qilib olinadi;
b) ikkinchi o’lchov qoshlar va qulloq teshiklari barobaridagi aylananing yarmi qilib hisob olindi.
2.2.Jarayonda ishlatiladigan o’lchash asboblari
Do'stlaringiz bilan baham: |