Mavzuning maqsadi va vazifalari.Ushbu kurs ishini bajarishdan asosiy maqsadim sutemizuvchilar sinfiga mansub O’zbekistonda uchraydigan vakillari ularni ovlanadigan,kasallik tarqatuvchi va noyov turlarini tarqalishi va rivojlanishi hamda ularni inson hayoti va qishloq xo’jaligida tutgan o’rni va ahamiyatini o’rganishdan iborat.Bu ma’lumotlardan foydalanib sutimizuvchilarni inson hayotiga tadbiq etish. Sutemizuvchilarni tabiatdagi va inson hayotidagi rolini jamiyatga uqtirish va shu orqali ularga bo’ladigan tazyiqlarni oldini olish. Kamayib borayotgan turlarni ertaroq aniqlash va ularni muhofazaga olish. Shu bilan birga sutemizuvchilar tabiatdagi o’rnini chuqurroq tahlil qilish va buni namoyish qilish.O’quvchilar orasida sutemizuvchilar haqidagi bilimlarini oshirish. Ularni asrab avaylash va insonlar orasida sutemizuvchilarning ahamiyati haqida so’zlab berish. Mavzuning dolzarbligi.Hozirgi kunda yer sharida hayvonlarning 2mln dan ortiq turi tarqalgan. Atrofimizdagi olamda juda kata ahamiyat kasb etadigan hayvonlarning kunda kunora turlari yuqolib bormoqda. Bu esa tabiatda oziq zanjirining buzilishiga sabab bo’lmoqda. Oziq zanjirining balansi buzilishi insoniyat va tabiat uchun juda og’ir oqibatlarga olib keladi. Oziq zanjirining buzilishi natijasida ba’zi bir hayvonlar ko’payib, ba’zi bir hayvonlar kamayib bormoqda. Bunday holatlarda rivojlangan davlatlarda hayvonlarni muhofaza qilinadigan joylar, Qizil kitob tashkil qilinib hayvonlar muhofaza qilinmoqda. Hayvonlarning tabiatda va inson hayotidagi ahamiyati juda katta. Shu sababli ko’plab hayvon turlarini saqlab qolishga butun dunyo hamjamiyati birga kurashishi lozim.
Kurs ishining ob`ekti va predmeti.Sutemizuvchilar sinfi vakillari kurs ishining ob`ekti hisoblanadi. Sutemizuvchilar sinfiga kiruvchi hayvonlarni tarkibi, o`ziga xos tuzilish belgilari, tarqalishi va kasallik oqibatlari to`g`risida mutaxassis olimlarimiz tomonidan chop etilgan ilmiy va o`quv-uslubiy adabiyotlar ushbu kurs ishining predmeti hisoblanadi.
Ishning amaliy ahamiyati. O`rta umum ta`lim maktablarida, kollej va litseylarda hamda Oliy o`quv yurtlarida o`quvchi-talabalarga o` kelinayotgan zoologiya va gerpetologiya fanlaridan mavjud bo`lgan darslik va o`quv hamda uslubiy qo`llanmalarda,sutemizuvchilar sinfi to`g`risida ma`lumotlar yetarli darajada yoritilmagan. Bu ma`lumotlardan o`quvchi-talabalarga zoologiya fanida,,O'zbekistonda uchraydigan sutemizuvchilar,ovkanadigan,kasallik keltirib chiqaruvchi va noyob vakillri '' mavzusida dars o`tilganda qo`shimcha manbaa sifatida foydalanilsa bo`ladi.