“O’zbekistonda uchraydigan sutemizuvchilar,ovlanadigan vakillari,kasallik tarqatuvchi va noyob turlari”



Download 1,43 Mb.
bet1/11
Sana12.07.2022
Hajmi1,43 Mb.
#782292
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5260751298789120371 (3)



Guliston Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti
Biologiya ta’lim yo’nalishi 11-20Bguruh talabasi Otaqulova Sitorabibining Zoologiya fanidan “O’zbekistonda uchraydigan sutemizuvchilar,ovlanadigan vakillari,kasallik tarqatuvchi va noyob turlari”mavzusida yozgan




Ilmiy rahbar: biologiya fanlari doktori, prof. Dadaev S.D.
Guliston-2022


Mundarija
1.Kirish ……………………………………………………………3
I-bob.Adabiyotlar tahlili………................................................
II-bob.Asosiy qism……………………………………………….
2.1.O’zbekistonda uchraydigan sutemizuvchilar…………………………....
2.2.O’zbekistonda uchraydigan sutemizuvchilarning ovlanadigan vakillari..
2.3.Kasallik tarqatuvchi turlari………………………………………………
2.4.Noyob turlari……………………………………………………………
I-bob.Xulosa……………………………………………………..
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………….


Kirish
Insoniyat hayotida sutemizuvchilarningahamiyati juda katta.Hozirgi kunda ularning ko’plab turlari uchrab,yaxshi o’rganilgan.Sut emizuvchilar umurtqali hayvonlar sinfi. Trias oxirida yirtqich sudralib yuruvchilar — sinodontlardan kelib chiqqan.Sinodontlar bir guruhidan koʻp boʻrtiqlilar (qirilib ketgan), ikkinchisidan kloakalilar paydo boʻlgan. Koʻp boʻrtiqlilardan Yura davrida pantoteriyalar, ulardan esa hozirgi xaltalilar va yoʻldoshlilar vujudga kelganligi taxmin qilinadi.Sut emizuvchilarning tashqi koʻrinishi va oʻlchami har xil. Pakana oq tishlining (hasharotxoʻrlardan) uzunligi 4 sm, vazni 1,2 g kelsa, quruklikda yashovchi eng yirik hayvon — afrika filining balandligi 4,5 m, vazni 7,5 t ga yaqin. Hozirgi hayvonlar orasida eng yirigi koʻk kitning uz. 33 m, vazni 150 t. Sut emizuvchilar boʻyin umurtqalarining 7 ta boʻlishi, tishlarining har xil tuzilganligi, ular chuqurchalar (alveolalar)da joylashganligi, pastki jagʻi faqat tish suyaklaridan iboratligi, oʻrta qulogʻi boʻshligʻida 3 ta eshitish suyakchasining va soʻlagida kraxmalni parchalovchi ferment borligi bilan boshqa umurtqalilardan farq qiladi. Sut emizuvchilarning yumshoq labi ovqatni olish vazifasini bajaradi.Ichagi murakkab tuzilgan, baʼzi Sut emizuvchilar ning oshqozoni koʻp boʻlmali.Oʻpkasi alveolalardan iborat. Tana boʻshligʻining diafragma yordamida koʻkrak va qorin boʻshligʻiga boʻlinishi nafas olishini jadallashtiradi. Yuragi 4 kamerali; faqat chap aorta yoyi saqlanib qolgan. Sut emizuvchilar issiq qonli — gomoyoterm hayvonlar; arteriya va vena qoni toʻliq ajralgan. Eritrotsitlari yetilgan davrida yadrosiz.Ayirish sistemasi chanoq buyragidan iborat. Bosh miyasi yirik, uning oldingi qismi (yarimsharlari) poʻstloq xrsil qiladi. Sut emizuvchilarning murakkab nerv faoliyati va xulqatvori yarimsharlar poʻstlogʻining kuchli rivojlanganligi bilan boglik. Hid bilish, kurih, eshitish organlari yaxshi rivojlangan.Hiqildogʻi murakkab tuzilgan; unda ovoz paylari joylashgan.Tashqi quloq rivojlangan. Sut emizuvchilar ateriyalar va teriyalar (tirik tugʻuvchilar) kenja sinflariga ajratiladi. Ateriyalar proteriyalar (qirilib ketgan trikonodont va kloakalilar turkumlari) va alloteriyalarga (qirilib ketgan koʻp boʻrtiqlilar turkumi); teriyalar esa 3 boʻrtiqlilar (qirilib ketgan), xaltalilar va yoʻddoshlilarga boʻlinadi. Xaltalilarga 1 turkum, yoʻldoshlilarga hozirgi 17—23 va qad. qirilib ketgan 12 turkum kiradi. Hozirgi Sut emizuvchilar 4000 ga yaqin turni oʻz ichiga oladi. Issiq qonliligi, tanasining yung bilan qoplanganligi (suvda yashovchilar terisi ostida qalin yogʻ qatlamining boʻlishi), nasli toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilishi (sut bilan boqishi, himoya qilishi, tarbiyalashi) va boshqa turli xil moslanishga ega boʻlishi tufayli Sut emizuvchilar yer yuzidagi Shimoliy qutbdan tortib Antarktida qirgʻoqlarigacha boʻlgan barcha hududlarni egallagan.
Sut emizuvchilar qadimdan odam hayotida katta ahamiyatga ega boʻlgan.Koʻpchilik Sut emizuvchilar ovlangan.Bir qancha turlari xonakilashtirilib, ulardan oziqovqat manbai, ishchi kuchi yoki qoʻriqchi sifatida foydalanib kelinadi.20-asr dan moʻynali Sut emizuvchilarni xonakilashtirish, ulardan lab.hayvonlari sifatida foydalanish boshlandi. Bir qancha Sut emizuvchilar qishloq xoʻjaligi ekinlari, oʻrmonchilik (ayrim kemiruvchilar) va chorvachilikka (asosan, yirtqichlar) ziyon keltiradi. Ayrim Sut emizuvchilar (asosan, kemiruvchilar) oʻlat, tulyaremiya, quturish va boshqa ogʻir yuqumli kasalliklarning tarqalishida ishtirok etadi.

Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish