Bog'liq O’zbekistonda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish muammolar
12. Innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish bo ’yicha hulosalar Yuqoridagi fikr va mulohazalardan kelib chiqqan holda O’zbekiston Respublikasida innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish va rivojlantirish bo’yicha bizning nuqtai-nazarimizdan qilinishi kerak bo’lgan bir qancha asosiy ishlar va chora-tadbirlar majmuini qisqacha yoritib o’tamiz:
Respublikada Innovatsion Iqtisodiyotni shakllantirishni tezlashtirish bo'yicha Vazirlararo idora tashkil qilish va uning moliyaviy faoliyatini yuritish uchun mahsus innovatsion soliq (masalan, har bir korxona daromadidan 1% miqdorida) turini kiritish hamda unga respublikada innovatsiyalarni jadallashtirish bo’yicha quyida ko’rsatilgan ko’pchilik ishlarni bajarishda asosiy vakolatlarni berish;
Rivojlangan mamlakatlardagi biz uchun muhim bo’lgan barcha texnologik yangiliklarni o’rganish, yig’ish, keng aholi ommasiga bildirish va ularni o’zlashtirib, respublika iqtisodiyoti tarmoqlariga tezkorlik bilan tadbiq qilish;
Respublika iqtisodiyoti tarmoqlariga kiritilgan innovatsion yangilklarni imkoniyat boricha barcha boshqa tarmoqlarga tezkorlik bilan nusxalash, ya’ni, texnologiyalar ichki transferini amalga oshirish;
Qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish bo’yicha innovatsion takliflar bilan chiqqanlarga (masalan, tomchlab sug’orish usulida, bioenergetik usullarda, quyosh yoki shamol energiyalari hamda shunga o’xshash arzon va yangilanadigan texnologiyalar asosida mahsulot yetishtirmoqchi bo’lgan huquqiy va jismoniy shaxslarga) kerakli yer maydoni (masalan, 1 gektardan katta bo’lmagan) va imtiyozli hamda muddatli kam foizli yoki foizsiz (foydaga sheriklikni ko ’zda tutadigan) kreditlar ajratib berish;
179 Toshkent Moliya instituti Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
Yangilanadigan, arzon va ekologik toza energiya manba’lari va uskunalarini yaratish bilan shug’ullanadigan tashkilot yoki firmalarga eng yaxshi ish sharoitlari, moddiy va moliyaviy resurslar ajratib berish;
Ommaviy axborot vositalarida bilimlarga asoslangan innovatsion iqtisodiyot yangiliklari va afzalliklarini hamda zamonaviy innovativ asbob- uskunalar haqidagi barcha yangi ma’lumotlarni keng aholi ommasiga doimiy ravishda yetkazish;
O’zbekistonning innovatsion faoliyat yo’liga tezkorlik bilan o’tishining iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy shart-sharoitlarini ta’minlab beradigan samarali milliy inniovatsion tizimni yaratish;
Respublika iqtisodiyotining texnologik modernizatsiyasini va raqobatbardosh ilmiy-texnologik izlanishlarni ta’minlab beradigan mobil innovatsion sektorini yaratish;
Respublikada ishlab chiqariladigan innovatsion va exklyuziv mahsulotlarni tashki bozorlarga olish chiqish mexanizmini yaratish;
Milliy innovatsion tizimni yuqori malakali mutahassislar va ilmiy-texnik xodimlar bilan ta’minlab, uning potentsialini kuchaytirish;
Asosiy ahamiyatga ega bo’lgan ichki innovatsion loyihalarga investorlarni hamda horijiy kapitalni jalb qilish;
Tadbirkorlarning innovatsion potentsialini kuchaytirish va innovatsiyalarni rag’batlantirish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish;
Innovatsion faoliyatning amalga oshirilishiga halaqit beruvchi to’siqlar va faktorlarni tezkorlik bilan aniqlash va ularni bartaraf qilish;
Respublika olimlari va injener-texniklari yaratgan yangiliklarga patentlar va mualliflik huquqlarini olishga ko’mak berish hamda ularni chet ellarga keng miqyosda reklama qilish;
180 Toshkent Moliya instituti Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
Boshlang’ich, o’rta-mahsus va oily o’quv yurtlarida innovatsion iqtisodiyot tushunchalarini o’quvchi yoshlar va talabalar ongiga singdirib, ularga innovatsiyalarning respublika kelajagi uchun hayotiy ahamiyatga ega ekanligini tushuntirish;
O’zbekiston iqtisodiyotida ishlatilishi mumkin bo’lgan barcha texnologik yangiliklarning ma’lumotlar bazasini tashkil qilish va undan internet portali orqali barcha fuqarolar foydalana olishiga erishish;
Texnologik innovatsiyalarga bag’ishlangan bilimlar bazasini tashkil qilish va undan internet portali orqali barcha fuqarolar foydalana olishlariga erishish;
Texnoligik innovatsiyalar yaratgan yoki ularni chet ellardan o’zlashtirib, respublika iqtisodiyotiga tadbiq etish natijasida katta iqtisodiy samara olishga erishgan mutahassislarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish tizimini ishlab chiqish va uni amalga oshrish (bunday mutaxasisslarning innovatsiyalar tadbiq etilgan korxona oladigan foydaga sheriklik qilishi ko’zda tutilishi maqsadga muvofiq bo ’lar edi);
Respublika televideniesida bilimlarga asoslangan innovatsion texnologiyalarga oid alohida dastur tashkil qilish hamda unda bu sohadagi jahon va respublika miqyosidagi yetakchi mutahassislarning yangi ilmiy-texnologik ishlanmalari ommabop ko’rinishda namoyish etish va ularni keng aholi ommasiga tushunarli holda targ’bot qilish;
Oliy ta’lim va magistraturani tugallayotgalar hamda fan doktori (PhD) ilmiy darajasiga da’vogarlarning dissertasiyalarida majburiy tarzda innovatsiyalarga bag’ishlangan alohida bo’lim bo’jishini va undagi innovatsion amaliy natijani ko’rsatishni qat’iyan talab qilish;