O’zbekistonda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish muammolari va yechimlari



Download 31,95 Mb.
bet57/65
Sana21.06.2022
Hajmi31,95 Mb.
#689865
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   65
Bog'liq
O’zbekistonda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish muammolar

Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni ko’paytiradi hamda milliy iqtisodiyotning raqobatbatdoshliligini oshiradi. Innovatsion rivojlanish uchun iqtisodiyotning davlatga tegishli va hususiy sektorlari rivojlangan g’arb va sharq mamlakatlari bilan yaqindan hamkorlik qilib, o’z mahsulotlarini jahon bozorlariga chiqarishga ulardan har tomonlama yordam olishga intilishlari kerak. Buning uchun esa innovatsion hamkorlikning jahon andozalariga mos bo’lgan infratuzilmasini yaratish talab qilinadi. Bunday ish akkreditatsiya qilingan horijiy firmalar bilan yaqindan muloqot qilish natijasida qo’shma korxonalar, konsortsiumlar va al’yanslar tashkil qilish natijasida amalga oshiriladi. Jahon mamlakatlari bilan innovatsion faoliyatda hamkorlik qilishning asosiy shartlari – investitsion muhitni yaxshilash, ilmiy sektorga investorlarni jalb qilish uchun sharoitlar yaratish va innovatsion texnologiylarni respublikaga olib kelishdir. Asosiy tadbirlardan yana biri - alohida huquqiy rejimda faoliyat ko’rsatadigan Innovatsion Fond tashkil qilishdir. Uning asosiy funktsiyalariga innovatsion loyiha va dasturlarni past foizli yoki foizsiz (foydaga sheriklik asosida) kreditlash hamda ularni sug’urtalsh kirishi lozim. Innovatsion faoliyatni kreditlagan banklar foydasining bir qismini esa soliqdan ozod qilish ham yaxhsi natija bergan bo’lar edi. Xorijiy innovatsion texnologiyalarni o’zlashtirish uchun Texnologiyalar trensferi va Injiniring Markazi tashkil qilish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Shu va bu bilan bog’liq bir qancha muammolar Birlashgan Millatlar tashkiloti rivojlanish dasturi tomonidan tavsiya etilgan “O’zbekiston Respublikasining 2012-2020 yillarga mo’ljallangan innovatsion rivojlanish kontseptsiyasi” deb nomlangan xujjatda ham tavsif etilib,
174 Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
batafsil keltirilgan. Ushbu innovatsion rivojlanishga oid muammo va masalalar muvaffaqiyatli va og’shmay hal qilingan taqdirda O’zbekiston o’z ilmiy-texnik potentsiali bilan zamonaviy ilg’or texnologiyalardan iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida foydalanish hamda ularni yaratishda faol ishtirok etib, qisqa muddatlarda rivojlangan mamlakatlar darajasiga ko’tarila olar edi. Xuddi shunday maqsadlarni ko’zda tutgan holda xozirgi paytda O’zbekistonda investitsiyalarni jadallashtirish va innovatsion jarayonlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida bir qancha chora-tadbirlar kompleksi amalga oshirilmoqda. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 11 maydagi №UP-3751 sonli Qarori asosida mamlakatda samarali strukturaviy va investitsion siyosatni ta’minlash, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini qayta texnik jihozlash hamda mamlakatning tezkor dinamik rivojlanishini amalga oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi rivojlanish va rekonstruktsiya Fondi tashkil qilingan. Ushbu fondning ustav kapitali 15 milliard AQSH dollarini tashkil qilib, bu kapital 2012-2016 yillar davomida hosil qilinishi rejalashtirilgan. Fondning ta’sischisi (Uchreditel) bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Moliya Vazirligi hisoblanadi. Bu Fondning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan:
• Davlatning va xo’jalik sub’ektlarining moliyaviy mablag’larini O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirish va rekonstruktsiya qilish hamda innovatsion o’zgarishlarni amalga oshirish maqsadida akkumulyatsiya qilish, shu jumladan, tijorat banklari, horijiy fondlar, investorlar va boshqa tuzilmalarning mablag’laridan foydalanish;

175
Toshkent Moliya instituti

Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.

  • Iqtisodiyot rivojlanishi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan, yonilg’i-energetika kompleksi, kimyo sanoati, mashinasozlik va rangli metallurgiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish va ularni innovatsion strukturaviy o’zgartirish uchun moliyaviy mablag’lar ajratish;

  • Strategik jihatdan muhim bo’lgan korxonalarni va avvalo iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini texnik qayta qurollantirish hamda yangilashning innovatsion dasturlarini kreditlash;

  • Ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan milliy davlat dasturlarini va ishlab chiqarish hamda noishlab chiqarish infratuzilmalarini rivojlantirishning innovatsion loyihalarini moliyalashtirish (bu birinchi navbatda perspektiv va yaxshi rivojlanmagan xududlarga ta’alluqli).

Uyqorida ko’rsatib o’tilgan masalalarni hal qilish uchun Fond halqaro Moliya institutlari bilan, donor mamlakatlar bilan va mamlakatimizdagi kredit tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Undan tashqari, ushbu Fond barcha soliqlardan, yig’imlardan, bojxona to’lovlaridan va davlar maqsadli fondlarida bo’lgan barcha majburiy to’lovlardan ozod qilingan. Fondning asosiy investitsiya yo’nalishlari esa quyidagilar hisoblanadi:

  • Neft-gaz sanoati;

  • Kimyo va neft kimyosi tarmog’i;

  • Energetika tarmog’i;

  • Tog’-kon sanoati.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 2012 yil 10 apreldagi №УП-4434 sonli qaroriga innovatsion o’zgarishlar kritishni ko’zda tutgan “Bevosita horijiy investitsyalarni jonlantirish bo ’yicha qo ’shmcha tadbirlar ” nomli Qarorga imzo chekdi va unga binoan 2013 yil 01
176 Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
yanvaridan horijiy investorlarga yangi yengillklar kuchga kirdi. Bu qarorga muvofiq horijiy investitsiyalar jalb qilingan yangi korxonalarning import bojxona to’lovini to’lashdan ozod qilinishi nazarda turilgan. Shunga ko’ra, ta’sis fondida horijiy investitsiyalar miqdori 33% dan ko’p bo’lgan korxonalarning o’z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun O’zbekistonga olib kirayotgan mulki korxona davlat registratsiyasidan o’tgan sanadan so’ng ikki yilgacha bojxona to’lovlaridan ozod qilinadi.
Vazirlar Mahkamasi ham 2013 yilning 29 martida “O’zbekiston Respublikasiga donor mamlakatlar, halqaro va chet davlatlar hamda nodavlat tashkilotlarining 2013-2015 yillarda hayriya texnik yordam ko’rsatishi bo’yicha tadbirlar” deb nomlangan qarorini qabul qildi. Ushbu qaror asosida O’zbekistonga 2013-2015 yillarda jami 294 innovatsion loyiha bo’yicha 541,87 million dollarlik grantlar jalb qilinishini rejalashtirilaypti. Qarorga muvofiq, O’zbekiston tomoni ko’pchilik loyihalarni donor mamlakatlar, xorijiy davlat va nodavlat tashkilotlari bilan oldindan kelishib olgan va bu loyihalarning umumiy hajmi 200,783 million dollarni tashkil qiladi, bundan 194,763 million dollari donorlarning mablag’lari bo’lsa, 6,02 million dollari O’zbekiston tomoni mablag’laridir. O’zbekiston davlat organlari xorijiy davlatlar tomonidan 2013-2015 yillarda texnik yordam ko’rsatish grantlarining eng ahamiyatlilarining ruyhatini tasdiqladi. Bu ruyhatga umumiy qiymati 173,027 million dollarlik 145 ta innovatsion loyiha kiritilgan. Dasturga kiritilgan loyihalar ta’lim tizimini rivojlantirishga, sog’liqni saqlash tizimini zamonaviylashtirishga, qishloq va suv xo’jaligiga, ichimlik suv bilan ta’minlash tizimiga, iqtisodiyotga, ishlab chiqarishga,

177
Toshkent Moliya instituti

Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
moliyaviy bozorlarning rivojlanishiga, tadbirkorlikka, energiyadan foydalanish samaradorligini oshirishga va tiklanadigan muqobil energiya manba’larini yaratishga yo’naltirilgan. Donorlar tomonidan beriladigan mablag’lar hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar jumlasiga mobil axborot-kommunikatsion markazlar yaratish ham kirgan. Evropa Ittifoqi Komissiyasi ushbu loyihaga 200 ming dollar mablag’ ajratishi rejalashtirilgan. Bu mablag’lar zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari hamda web-texnologiyalar bilan ta’minlangan avtobuslar sotib olishga ishlatiladi va uning yordamida masofaviy ta’lim tizimi usullarini qo’llagan holda voliyatlarda trening va seminarlar o’tkaziladi. Ushbu loyiha bir yilda kichik biznes va hususiy tadbirkorlik sub’ektlaridan 960 tasining malakasini oshirish uchun hizmat qilib, respublikaning uzoq viloyatlaridagi tadbirkorlik faoliyatida band bo’lgan insonlarning “masofaviy ta’lim” usulida innovatsion ta’lim olishlariga imkon beradi.
Shunday qilib, uyqoridagilardan ma’lum bo’ladiki, innovatsion jarayonlarni jadallashtirish hamda xorijiy investitsiyalarni ko’paytirish mamlakatimiz hukumati va boshqaruv organlari faoliyatida eng asosiy o’rinlardan birini egallab kelmoqda. Ushbu chora-tadbirlarga qo’shimcha ravishda keyingi bo’limda mamlakatimizda zamona talablariga mos va to’kin turmush darajasini ta’minlaydigan innovatsion iqtisodiyotni vujudga keltirish uchun yuqorida tavsiflanganlardan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi lozim bo’lgan bir qancha hulosalar, takliflar va yechimlar majmui keltiriladi (agar bu kimningdir fikri yoki dunyoqarashi bilan mos kelmasa yohud biz ba’zi o’rinlarda yanglishishlarga yo’l qo’ygan bo’lsak, ulardan oldindan uzr so’raymiz va sizning bu boradagi qimmatli takliflaringizni kutamiz).
178 Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.

Download 31,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish