O’zbekistonda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish muammolari va yechimlari



Download 31,95 Mb.
bet55/65
Sana21.06.2022
Hajmi31,95 Mb.
#689865
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   65
Bog'liq
O’zbekistonda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish muammolar

Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
ta’lim muassasalari, tajriba konstruktorlik tashkilotlari, ilmiy ishlab chiqarish korxonalari va kichik innovatsion markazlar kiradi. O’zbekistonning ilmiy potentsiali 36 ming dan ortiq bo’lib, ulardan 2549 tasi fan doktori, 9254 tasi fan nomzodi va 15,7 mingdan ortig’i ilmiy izlanuvchilardir. Ilmiy izlanishlar fanlar Akademiyasining 45 ta ilmiy-tekshiruv institutlarida, 36 ta oily ta’lim muassasalarida, sog’likni saqlash Vazirligining 34 ta ilmiy tashilotlarida, Qishloq va suv xo’jaligi Vazirligining 30 ta ilmiy va oliy ta’lim maskanlarida, 79 ta ilmiy va innovatsion markazlarda hamda loyiha va tajriba-konstruktorlik tashkilotlarida olib boriladi. O’zbekiston aholisining umumiy ta’lim darajasi va ilmiy potentsiali jihatidan rivojlangan mamlakatlar bilan bir qatorda turadi. Ta’lim tizimida esa “Kadrlash tayyorlash milly dasturi” ga asosan bir qancha ijobiy o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Ta’lim tizimi uchun davlat xarajatlari ham nisbatan yuqori bo’lib, oxirgi yillarda uning miqdori yalpi ichki milliy mahsulotning 10% dan ortig’ini tashkil qiladi. Bu nafaqat Osiyoda, balki Evropa uchun ham katta ko’rsatgich hisoblanadi. Ta’lim sohasiga davlat byudjetining 50% atrofida mablag’ ajratilgan va respublikada ilmiy, ilmiy-texnik va innovatsion potentsialni rivojlantirish uchun maqsadli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bular jumlasiga ilmiy izlanishlar sifatini oshirishga yo’naltirigan va bir bosqichli yuqori malakali fan arboblari tayyorlashning yangi tizimini kiritish mumkin (Ph. D). Xozirgi paytda jami ajratilgan byudjet mablag’larining 35% qismi fundamental izlanishlarga, 56% qismi amaliy dasturlarga va 9% qismi innovatsion ishlanmalarga taqsimlangan. Respublika soliq Kodeksi bo’yicha byudjet mablag’lari hisobiga ilimy-texnik va innovatsion loyihalar bajarayotgan

166
Toshkent Moliya instituti

Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
tashkilotlar qo’shimcha qiymat solig’ni to’lashdan ozod qilingan. Katta korxonalarda amortizatsion fondlar va sof foydaning bir qismi jamlanib, modernizatsiyalash va yangi texnologiyalar fondlari tashkil qilingan. Bu mablag’lar innovatsion loyihalar va tajriba konstruktorlik ishlarini moliyalashtirish uchun ishlatilmoqda. Innovatsion loyihalarni tashkil qilish va ularning bajarilishini boshqarishni innovatsion faoliyat va texnologiyalar transferi xududiy markazlari amalga oshirmoqda. Bunday markazlar ilmiy-texnik faoliyatning mustaqil agentliklari bo’lib, ularning boshqaruv hay’atiga korxona, tashkilot, ilmiy va ta’lim muassasalari hamda boshqaruv organlari vakillari kiritiladi. Xozirgi paytda innovatsion faoliyat va texnologiyalar transferi xududiy markazlarining sakkiztasi faoliyat ko’rsatmoqda (Buhoro, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg’ona, Andijan, Namangan va Qoraqalpog’istonda).
Innovatsion o’zgarishlarni amalga oshirishda O’zbekistonga o’xshash va innovatsiyalarni muvaffaqiyatli amalga oshirgan mamlakatlar tajribasidan foydalanish alohida ahamiyatga ega bo’lishi mumkin. Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarining tajribasini o’rganish shuni ko’rsatadiki, qisqa muddatlarda katta natijalarga erishish uchun rivojlangan mamlakatlardagi innovatsion texnologiyalarni o’zlashtirib, ularni mamlakat ichqarisidagi korxonalarga tezkorlik bilan tadbiq qilish rivojlanishning eng ma’qbul yo’nalishidir. Innovatsion jarayonlarni tezlashtirish uchun hal qilinishi zarur bo’lgan o’rta va uzoq muddatli tadbirlar jumlasiga ilmiy-texnik ishlarni bajarish uchun ajratilgan byudjet resurslarini iqtisodiyotning eng muhim sohalariga mansub ilmiy-texnologik yo’nalishlarga jamlash va davlat bilan hususiy
167 Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
korxonalarning hamkorligini yo’lga qo’yish darkor. Birinchi yo’nalish davlatning fundamental ilmiy izlanishlarni faollashtirishini ko’zda tutib, O’bekiston inson kapitalining sifatini oshirish uchun hizmat qilishi lozim. Bu tadbirlar alohida yo’nalishlarga mansub bilimlarning bozorbop mahsulotga aylantirish uchun hizmat qiladigan innovatsion infratuzilmani yaratish maqsadida amalga oshirilishi kerak. Ikkinchi yo’nalish esa amaliy ishlanmalar va innovatsion infratuzilmaning davlat ishtiroki bilan amalga oshirilishini, texnologik modernizatsiya esa biznes tomonidan amalga oshirilishini ko’zda tutadi. Shunday qilib, innovatsion rivojlanish davlat va ish yurituvchi sub’ektlarning innovatsion faolligini oshirish, zahiralarning jalb qilinishi va ularning samarali ishlatilishi hamda institutsional o’zgarishlar hisobiga amalga oshiriladi.
O’zbekiston respublikasidagi uzoq muddatli innovatsion rivojlanishning asosiy maqsadi - mamlakatdagi ilmiy-texnik mutahassislarning chet el ilmiy potentsalidan va texnologiyasidan foydalanish hisobiga raqobatbardosh mahsulotlar va hizmatlar yaratishni ta’minlab beradigan ochiq ko’rinishdagi innovatsion tizimni tashkil qilishdir. O’rta muddatlar uchun innovatsion rivojlanishning asosiy yo’nalishlari esa quyidagilar bo’lishi mumkin:

  • Biznesning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratish va asosiy ishlab chiqarish tarmoqlarining innovatsion-investitsion jalb qilinuvchanligini oshirish;

  • Korxona va tashkilotlarning hamda yangi kichik innovatsion korxonalarning yuqori darajadagi innovatsion faoliyatiga erishish;

  • Bir-biri bilan moslashtirilgan fundamental va amaliy izlanishlarning samarasini oshirish, intellectual mulkning

168
Toshkent Moliya instituti

Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
kapitalizatsiyasini ta’minlash, respublika va viloyatlarga amaliy bilimlar hamda texnologiyalar transferini jadallashtirish;

  • Oliy va o’rta ta’limning halqaro standartlarga to’la mos tushishiga, ko’proq amaliy-innovatsion ilmiy izlanishlar olib borishga, ilmiy ishlarning samaradorligini oshirishga, davlat byudjeti hisobiga foydasiz va abstract ilmiy ishlar bajarish holatiga qat’iyan chek qo’yishga, o’quv jarayonining amaliyot bilan chambarchas bog’liqligiga erishishga va chet ellarning malakali olimlari bilan yaqindan hamkorlikni amalga oshirishga intilish;

  • Innovatsiyalarni jalb qila oladigan va progressiv texnologik hayot tarzi amalga oshirilishi uchun yetarli bo’lgan shart-sharoitlar yaratish.

Innovatsion rivojlanishning maqsadlari va asosiy yo’nalishlariga monand ravishda mamlakatda quyidagi masalalarni hal qilish lozim:
• Innovatsion mahsulotlarga talabchan, bilimli, madaniyatli,
vatanparvar va qo’yilgan maqsadlariga erisha oladigan hamda
innovatsion iqtisodiyotga mos bo’lgan insoniy potentsialni yaratish;

  • Zamonaviy texnologiyalarning eng muhim yo’nalishlarida investitsion faollikni oshirish hamda zamonaviy iqtisodiy innovatsiyalarga keng yo’l ochish;

  • Iqtisodiyot klasterizatsiyasi va davlat bilan hususiy korxonalarning hamkorligi kabi zamonaviy ishlab chiqarish siyosati tamoillariga asoslangan holda respublika iqitsodiyotining tezlashtirilgan modernizatsiyasini ta’minlash;

  • Raqobatbardosh ilmiy-texnologik izlanishlar sektorini yaratib, uning asosida jahon bozorlariga innovatsion mahsulotlar chiqarish;

169
Toshkent Moliya instituti

Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.

  • Respublika innovatsion sohasiga investitsion resurslarning keng miqyosda kirib kelishini ta’minlash;

  • Ilmiy-texnologik sohada faoliyat ko’rsatadigan kichik va venchur korxonalarning rivojlanishiga moddiy, ma’naviy, ijtimoiy va moliyaviy ko’mak berish;

  • Innovatsion rivojlanishning asosiy yo’nalishlarini keng jamoatchilikning faol ishtiroki orqali ishlab chiqarilishiga sharoitlar yaratish;

  • Innovatsiyalarni bir necha yo’nalishlarda, bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda holisona ekspertiza qilish va intellectual mulkning ishonchli himoyasini ta’minlash;

  • Innonatsion faoliyatning turli hildagi va ko’rinishdagi ko’rsatgichlarini va ularga mos bo’lgan indikatorlarini ishlab chiqish va uning monitoringini hamda baholovini amalga oshirish;

  • Innovatsiyalar sohasida ishlovchi boshqaruvchi-menejerlar va boshqa turlarga mansub bilimli hamda tajribali kadrlar tayyorlashni ko’paytirish;

  • Maktab, kollej, litsey va oliy o’quv yurtlarida ta’lim olayotgan yoshlarni zamonaviy ilm-fan va innovatsion texnika-texnologiyalarni chuqur o’rganishga keng qamrovda jalb qilish.

Mamlakatning innovatsion rivojlanishi bo’yicha yuqorida tavsif etilgan dolzarb masalalarni tizimli hamda kompleks hal qilish va zamonaviy milliy innovatsion tizimni shakllantirish bo’yicha qo’yilgan masalalarni muvaffaqiyatli ravishda hal qilish iqtisodiyotning raqobatbardosh potentsialini iqtisodiy rivojlanishning yangi manba’lariga aylantiradivi hamda buning asosida aholining turmush
170 Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
farovonligini yanada oshiradi. Bularni innovatsion rivojlanishning quyidagi asosiy bosqichlari ko’rinishida tafsiflash mumkin:

Download 31,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish