Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
tushuntirish zarur bo’ladi. Ommaviy axborot vositalarida ilmiy, texnik va boshqaruv bo’g’ini xodimlarining, innovatsion korxona va tashkilotlar namoyondalarining chiqishlarini tashkil qilish, ilmiy-amaliy konferentsiyalar o’tkazish, ijtimoiy-tematik reklamalar tarqatish, internet saytlari yaratish, mamlakat innovatsion siyosatini tushuntiruvchi va tashviqot qiluvchi xujjatli va badiiy filmlar yaratish kabilarni shu tadbirlar jumlasiga kiritish mumkin.
Innovatsiyalarni yaratish, tarqatish va hayotga tadbiq qilish uchun iqtisodiyotning turli sektorlarida ijobiy ishchanlik muhitini hosil qilish juda muhimdir. Buning uchun mamlakatda biznes yuritish qulay bo’lishi va iqtisodiyot shaffof hamda raqobatbardosh bo’lishi talab etiladi. Shu jumladan, O’zbekistonda innovatsion o’zgarishlarni jadallashtirish uchun eksport-import operatsiyalariga, soliqqa tortishga oid qonunlarga va valuta bilan ishlash bo’yicha tartib-qoidalarga tegishli o’zgartirishlar qilish maqsadga muvovif bo’lar edi.
Halqaro savdo uchun yaxshi sharoitlar yaratilishi nafaqat mamlakatdagi biznes muhitini yaxshilash, balki boshqa mamlakatlardan texnologiyalar transferi va zamonaviy bilimlar tarqalishi uchun ham o’ta muhimdir. Masalan, innovatsiyalarni joriy qilayotgan yoki qilgan davlatga tegishli va hususiy korxonalarni mahsulot eksport qilishdan tushgan valyuta tushumlarining barchasini majburiy tarzda davlatga sotishdan ozod qilish O’zbekiston iqtisodiyotining yuqori texnologiyali sektorlarini rivojlantirishga imkon berar edi. Undan tashqari, eksport va import operatsiyalarini amalga oshirish jarayonini soddalshtirish, uning muddatlarini qisqartirish va bojxona jarayonlarini osonlashtirish tashqi savdo uchun shart-sharoitlarni yaxshilashga hizmat qilgan bo’lar edi.
157
Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
Keyingi yillarda taqdim etilgan soliq afzalliklari asosan kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yo’naltirilgan, ammo kichik korxonalar innovatsion yangiliklarni yaratish, tarqatish va amaliyotga tadbiq qilish uchun yetarli bo’lgan resurslarga ega emas. Shuning uchun ham soliqqa tortish tizimini innovatsion nuqtai-nazardan optimallashtirish va innovatsiyalar bilan shug’ullanadigan korxona va tashkilotlar uchun turli ko’rinishlardagi soliq afzalliklari berish tizimini ishlab chiqish zamona talabi hisoblanadi. Innovatsion afzalliklardan yana biri – mamlakat uchun iqtisodiyotning eng muhim va dolzarb yo’nalishlarda innovatsiyalar joriy qilayotgan korxona va tashkilotlarga banklar tomonidan foizsiz, ammo kelajakda olinadigan foydaga sheriklik qilish (PLS) ni ko’zda tutadigan mahsus kreditlar berish mexanizmini ishlab chiqish bo’lishi ham mumkin.
Xozirgi paytda respublikada innovatsion siyosatni milliy darajada kompleks ravishda muvofialashtiradigan bir maxsus davlat organi yo’q. Ammo innovatsion o’zgarishlarni amalga oshirayotgan ko’pchilik mamlakatlarda bunday organlar mavjud. Mamlakatimizdagi innovatsion jarayon va ilmiy-izlanishlar bilan bog’liq faoliyatni Respublika Prezidentining 2006 yil 7 avgustdagi № YP-436 sonli “Fan va texnologiya rivojlanishini boshqarish va muvofiqlashtirish” hamda 2008 yil 15 iyulidagi № PP-916 sonli “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tadbiq qilishni yaxshilovchi qo’shimcha choralar” deb nomlangan Qarorlari asosida boshqariladi.
Innovatsion faoliyat yo’nalishidagi yangi qonunlar innovativ faoliyat bilan shug’ullanadigan sub’ektlarning o’zaro muloqotini huquqiy jihatdan boshqara olishi, intellectual mulk ob’ektlarining
158 Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
yaratilishini, moliyalashtirilishini, rag’batlantirilishi, bajarilishini, transferini va tarqatilishining huquqiy asoslarini aniq va ravshan ko’satib berishi lozim. Bu boradagi asosiy masalalardan biri, davlat byudjeti hisobiga yaratilgan intellectual faoliyat natijalariga egalik qilish masalasini hal qilishdir. Chunki xozirgi paytda davlat byudjeti hisobiga faoliyat ko’rsatadigan ilmiy-tekshirish tashkilotlarida yaratilgan intellektual faoliyat natijalariga (patent, litsenziya va boshqalarga) mulkdor sifatida o’sha tashkilot ko’rsatiladi – bu esa huquqiy jihatdan qarama-qarshilikka olib keladi. Shuning uchun ham davlat istalgan paytda bu natijalarga bo’lgan o’z huquqini talab qilishi mumkin, bu esa innovatsion investitsyalar jarayoning yaratuvchilari va ularning bajaruvchilari (ixtirochilar, ratsionalizatorlar, injener-texnik xodimlar, olimlar va boshqalar) bo’lgan konkret insonlar uchun qiyinchiliklar tug’diradi (ular o’zlari yaratgan intellectual mulkdan moddiy mafaatdor bo’lish imkoniyatidan mahrum bo’lib qolishlari mumkin). Bularni hisobga olgan holda intellektual mulkka bo’lgan huquqlarni himoyalash va taqsimlash bo’yicha amaldagi qonunlarni qayta ko’rib chiqish va ularni tijoriy foydalanish nuqtai-nazaridan rivojlantirish hayotiy va samrador innovatsion tizim yaratishning fundamental masalalaridir.
Rivojlangan mamlakatlardagi innovatsion sohaga oid masalalar ko’rib chiqlganda, ular uchun umumiy bo’lgan bir holatni kuzatish mumkin – ya’ni ularning ko’pchiligida davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan ilmiy tashkilotlar va universitetlar o’z faoliyatlari natijasida yaratgan ilmiy-texnologik yechimlarga o’zlari egalik qiladilar (ya’ni undan o’zlari moddiy manfa’at olish huquqiga ega bo’ladilar). Bu esa intellectual mulkning amaliyotga tadbiqini tezlashtirishga olib
159
Do'stlaringiz bilan baham: |