Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
Mahsulot tаnnаrхini kamаytirish mumkin bo’lаdi.
Ammo bu nаtijаlаrgа erishish uchun аkustik texnologiyalarni jоriy qilishdа ko’pchilik hоllаrdа tехnоlоgik jаrаyonlаrning bir qаnchа ko’rsatgichlаrini o’zgаrtirish zаrur bo’lаdi.
Oziq-ovqat sanoati tarmog’i miqyosida innovatsion rivojlanishni ta’minlash uchun muddatlari aniq ko’rsatigan holda tarmoq innovatsion rivojlanish Dasturlarini ishlab chiqish lozim bo’ladi. Bu Dasturda innovatsion rivojlanishning quyidagi yo’nalishlarini ko’rsatish kerak:
Imkoni boricha mamlakatdagi texnologiyalar asosida oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlaydigan turli korxonalar qurish, chunki bu ularning saqlanish muddatini oshirib, ularning savdo tarmoqlaridagi buzilish miqdorini ancha kamaytiradi. Bu esa o’z navbatida, xaridorlarga etib boradigan mahsulotlar hajmini ancha oshiradi;
Ishlab turgan korxonalarni innovatsion texnologiyalar asosida zamonaviylashtirish - bu amal yangi mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini ko’paytirib, ularning turli-tuman bo’lishini (assortimentini) ta’minlaydi ;
Chet el tajribasini o’rganish va uni o’zlashtirish asosida yangi innovatsion korxonalar qurish va ishga tushirish ortiqcha oziq-ozqat mahsulotlarini yaqin va uzoq xorijga eksport qilish imkonini berib, mamlakatga valyuta oqimini ko’paytirish uchun hizmat qiladi;
Ecologik toza oziq-ovqat mahsulotlarini (organik mahsulotlarni) yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va sotishning (shu jumladan, yaqin va uzoq horijiy mamlakatlarga) yangi usullarini tadbiq qilish bo’yicha
146 Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
ilmiy ishlarni jadallashtirish turli rivojlangan mamlakatlar savdo tashkilotlarining mamlakatda ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan qiziqishini oshiradi ;
> Mamlakatda yetishtiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarini turini
(nomenkulaturasini) imkon darajasida ko’paytirish. Bular jumlasiga
tsitrusli o’simliklarni, tropik meva va o’simliklarni, dorivor meva-
sabzavotlar va shifobaxsh giyohlarni kiritish mumkin.
Oziq-ovqat sanoatining innovatsion rivojlanishidagi ushbu har bir yo’nalish uchun moliyaviy manba’ va uning hajmlari aniq ko’rsatilishi darkor. O’zbekiston oziq-ovqat sanoati tarkibiy qismlarining tizimli tahlili va ularning o’zaro aloqalarini o’rganish esa bu sohaning innovatsion rivojlanishga to’siq bo’lishi mumkin bo’lgan quyidagi asosiy muammolar mavjudligini ko’rsatadi:
Oziq-ovqat sanoatidagi mavjud innovatsion tizimning har bir elementi bir-biriga bog’liq bo’lgan muammolar girdobida bo’lgani tufayli, tizim to’liq bo’lmay, u kelajakdagi to’laqonli innovatsion rivojlanishni ta’minlab bera olmaydi. Masalan, homashyo ishlab chiqarish, uni saqlash, yetkazish va qayta ishlash xozirgi davrda bir-biriga uzviy bog’liq emas;
Oziq-ovqat sanoatining har bir bo’g’imi uning o’zi uchungina mos bo’lgan alohida masalalarni hal qilishga harakat qilib, davlat miqyosidagi innovatsion rivojlanishning umumiy maqsadiga bo’ysungan emas - bu esa qo’shimcha qiyinchiliklar hosil qiladi;
O’rta va uzoq muddatlarga mo’ljallangan hamda dastur sifatida taqdim etilgan to’liq va puxta ishlab chiqilgan innovatsion siyosat yo’qligi tufayli oziq-ovqat sanoatiga innovatsiyalar kirib kelishi
147
Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
nihoyatda sekinlashgan. Bu boradagi ba’zi mavjud dasturlar ham joylardagi ilmiy-texnik kadrlar potentsalinini rivojlantirish, ularning malakasini oshirish, yangiliklarni qo’llab-quvvatlash va boshqa korxonalarga tarqatish kabi chora-tadbirlarni o’z tarkibiga olmagan;
> Milliy innovatsion tizim tarkibiy qismlari (shu jumladan, oziq-
Do'stlaringiz bilan baham: |