O’zbekistonda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish muammolari va yechimlari



Download 31,95 Mb.
bet49/65
Sana21.06.2022
Hajmi31,95 Mb.
#689865
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   65
Bog'liq
O’zbekistonda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish muammolar

ovqat sanoatidagi ham) bir-biri bilan yetarli bo’lmagan darajada
muloqot qiladi, bu esa zamonaviy innovatsion yangiliklarning ishlab
chiqarishga tadbiq qilinishiga jiddiy to’siq bo’lib, ishlab
chiqaruvchilarning talablariga muvofiq malakali kadrlar tayyorlash
masalasiga putur yetkazadi.
Oziq-ovqat sanoatidagi innovatsion va ilmiy izlanish jarayonini boshqarish mexanizmi zamonaviy innovatsion rivojlanish masalalarini muvaffaqiyatli hal qilish uchun mos tushmaydi, chunki:

  • O’zbekistondagi innovatsion faollikni oshirish uchun tizimli mexanizmlar va keng aholi qatlamlarining unga qiziqish uyg’otish chora-tadbirlari ishlab chiqilmagan;

  • Mamlakatdagi innovatsion rivojlanish jarayoni juda sust koordinatsiya qilinadi, chunki Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ilm va texnologiyalar rivojlanishini koordinatsiyalash Qo’mitasi amalga oshiraytgan tadbirlarni to’liq va yetarli deb bo’lmaydi.

  • Mamlakatdagi ilmiy izlanishlarning asosiy yo’nalishlari (va ko’pchilik dissertatnlarning ilmiy izlanishlari mavzulari) shunchalik keng va sayoz tavsif etilganki (iqtisodiy ahamiyatga molik va samara berishi mumkin bo’lgan real amaliyotdan ancha uzoqlashib, ko’proq nazariy ahamiyatga molik bo ’lib qolgan), ulardan konkret strategiya va dasturlar ishlab chiqarish uchun foydalainib bo’lmaydi;

148
Toshkent Moliya instituti

Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
> Innovatsion faoliyat bilan bog’liq huquqiy-normativ baza bir
qancha jiddiy kamchiliklarga ega, shu jumladan, innovatsion faoliyatga
tegishli asosiy qonun yo’qligi, byudjet mablag’lari hisobiga yaratilgan
intellectual faoliyat natijalariga egalik qilish masalalari to’liq hal
qilinmaganli va bunda foyda qanday taqsimlanishi aniq emasligi, davlat
korxonalarida yaratilgan intellectual mulkka ilmiy-texnik xodimlarning
qanday egalik qilishlari masalasi hal qilinmaganligi va boshqalar.
Yuqorida ko’rsatilganlardan kelib chiqqan holda mamlakatimiz oqiz-ovqat sanoatida innovatsion o’zgarishlar qilish uchun (bu iqtisodiyotning boshqa ishlab chiqarish tarmoqlariga ham tegishli, albatta) zaruriy bo’lgan hamda respublika innovatsion muhitida mavjud bo’lgan bir qancha asosiy muammolarni ko’rsatib o’tishimiz mumkin:
> Innovatsion faoliyatning barcha bosqichlarini muvaffaqiyatli
amalga oshirish uchun zarur bo’lgan aniq va ravshan qonunlar
majmuasining mavjud emasligi. Bunday qonunlarni yaratishda
innovatsiyalarning davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanish mexanizmlari,
byudjetdan moliyalashtirish va afzalliklar (soliqdan chegirmalar, davlat
kafolatlari berish, subventsiya va subsidiyalar ajratish, kam foizli yoki
foizsiz kreditlar berish, ilmiy xodimlarning innovatsion yangiliklar
tadbiq qilishdan oladigan ulushi aniq emasligi va boshqalar), davlat va
hususiy korxonalarning innovatsion faoliyatni amalga oshirish tartibini
belgilab beradigan tartib va qoidalar, innovatsion infratuzilma
sub’ektlari orasidagi o’zaro munosabatlar qanday bo’lishini nazarda
turish kerak;
>Ichki bozorda ilg’or texnologiyalar va yangiliklarga to’lov qobiliyatining ancha pastligi, ilm-fanning amaliyotdan ancha uzoqlashib

149
Toshkent Moliya instituti

Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
qolgani tufayli (chunki hozirgi paytda ko’pchilik ilmiy ishlar innovatsiyalar yaratish uchun emas, balki, yuqori mansablarga erishish maqsadida amalga oshirilayotgani, malakaviy imtihonlar xo’ja-ko ’rsinga topshirilayotganligi, bir qancha ilmiy ishlar esa dissertantga boshqalar tomonidan yozib berilayotgani hech kimga sir emas) iqtisodiyot real sektorining ilmiy texnik faoliyat natijalariga talabi pastligi va respublikada innovatsion mahsulotlar to’laqonli bozorining mavjud emasligi;
> Innovatsion infratuzilma alohida elementlarini qo’llab-quvvatlashning mahsus moliyaviy mexanizmlarining rivojlanmaganligi, innovatsion tadbirkorlik va mustaqil innovatsion loyihalarni amalga oshirish tartibining ishlab chiqilmaganligi, tavakkall moliyalashtirish fondlarining (venchur biznesning) amaliyotga tadbiq etilmaganligi, intellectual mulkni baholash mexanismi mavjud emasligi va innovatsion kompaniyalar uchun fond bozorining yaxshi rivojlanmaganligi;
>Davlat tomonidan fan va texnikaning asosiy yo’nalishlarini aniqlashning samarali mexanizmi mavlud emasligi, ko’pchilik ilmiy tashkilotlar (va oliy o’quv yurtlari) davlat yordamini olgan holda, respublika iqtisodiyoti uchun zarur bo’lagn ilmiy izlanishlar olib bormayotganligi, bajarilayotgan ilmiy ishlarning ma’no va mohiyati ko’pincha abstract va amaliot uchun foydasiz ekanligi. Bularning barchasi ilmiy izlanishlar uchun ajratilgan byudjet mablag’larini samarasiz sarflashga olib kelib, fan va texnikaning kerakli yo’nalishlarida ilmiy izlanishlar olib borish imkonini bermayapti. Natijada iqtisodiyot rivojlanishining innovatsion yo’lga tushishi murakkablashayapti;

150

Download 31,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish