O’zbekistonda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish muammolari va yechimlari



Download 31,95 Mb.
bet46/65
Sana21.06.2022
Hajmi31,95 Mb.
#689865
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   65
Bog'liq
O’zbekistonda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish muammolar

Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
Yana shuni ham ta’kidlashimiz kerakki, respublikamiz qishloq xo’lajigida innovatsion faoliyatni yanada faollashtirish uchun kichik biznes hamda fermer xo’jaliklari uchun huquqiy-normativ bazani rivojlantirish va innovatsion loyihalarni amalga oshirishda davlat ko’magining ilmiy-metodik asosini yaratish lozim. Bunda quyidagi muammolarga asosiy diqqat-e’tiborni qaratish zarur:
> Davlat byudjeti mablag’lari hisobiga bajarilgan innovatsion ilmiy-
texnik loyihalarning huquqiy jihatdan bajaruvchiga biriktirishning
normativ-huquqiy asoslari hamda erishilgan ilmiy-texnik natijalar va
intellectual mulkka egalik qilish huquqlarini aniqlashga;
> Ilmiy-texnik natijalarga bo’lgan davlat huquqini ish yurituvchi
sub’ektlarga berish va ularni ishlab chiqarishga tadbiq qilish tartib-
qoidalariga;

  • Intellektual mulk va intellectual faoliyat natijalarini hisobga olish, inventarizatsiya qilish, amortizatsiyalash va baholashning tartibiga;

  • Davlat tomonidan qishloq xo’jalik ehtiyojlari uchun kerakli bo’lgan innovatsion mahsulotlar va hizmatlar yetkazib berishni boshqarishning huquqiy-normativ qoidalarini mukammallashtirishga.

Qishloq xo’jaligiga innovatsion texnologiyalarni tadbiq qilishda undagi kichik biznes va fermer xo’jaliklariga moliyaviy yordam ko’rsatish masalalariga ham alohida e’tibor qaratish kerak. Masalan, yuqori texnologiyali venchur loyihalarni (quyosh, shamol va bioenergetika, yopiq yer maydoni sharoitida mahsulotlar yetishtirish, tomchilab sug’orish kabilar) amalga oshirish uchun moliyaviy shart-sharoitlar yaratish maqsadga muvofiq. Bu yo’nalishlarda innovatsion loyihalarni moliyalashtirish grantlar yoki subsidiyalar berish, lizing
141 Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
(moliyaviy ijara), kreditlarning foiz stavkasini pasaytirish kabi mexanizmlar asosida amalga oshirilishi mumkin. Qishloq xo’jaligidagi kichik biznes va fermer xo’jaliklarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi bulardan kattaroq bo’lgan ishlab chiqarish va innovatsion kompaniyalar bilan hamkorlik mexanizmi orqali amalga oshirilishi ham mumkin. Bu qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari bilan aloqalarni mustahkamlab, mahsulot soni, turi, sifati va raqobatbardoshligini oshiradi. Bu esa o’z navbatida mahsulot tannarxini pasaytirib, uni chuqur qayta ishlash imkonini yaratadi va nodavlat hamda hususiy investitsiyalarining qishloq xo’jaligiga jadal jalb qilinishiga olib keladi. Tegishli universitetlar va ilmiy tashkilotlarda qishloq xo’jaligining innovatsion rivojlanishi bilan bog’liq muammolar bilan shug’ullanadigan bo’linmalar tashkil qilish innovatsiyalarning rivojlanishi uchun alohida ahamiyatga ega bo’lgan bo’lar edi.
Innovatsion-texnologik modernizatsiyalar masalalarini hal qilish bo’yicha yangi industrial mamlakatlardagi davlat va hususiy korxonalar hamkorligi tajribasini o’rganish shuni ko’rsatadiki, davlat tuzilmalari iqtisodiy tizimni moslashtirish, milliy bozorlar hususiyatlarini hisobga olish va innovatsion kompaniyalarning ko’pchilik muammolarini hal qila olish yo’li bilan qishloq xo’jaligidagi innovatsion biznesni faollashtira oladi. Davlat va hususiy biznesning yaqindan o’zaro hamkorligi innovatsion faoliyatni faollashtirishning muhim yo’nalishi sifatida qishloq xo’jalik iqtisodiyotining murakkab masalalarini muvaffaqiyatli hal qila oladi. Bunday hamkorlik mexanizmining asosi sifatida ilmiy tashkilotlar, oily ta’lim muassasalari, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari, fermer xo’jaliklari,

142
Toshkent Moliya instituti

Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
agrofirmalar, moliyaviy va innovatsion biznes tuzilmalarining birgalikdagi faoliyati tushuniladi. Davlat va biznes tuzilmalarining o’zaro hamkorlini amalga oshirish bo’yicha samarador boshqaruv bo’g’inlarini yaratish nafaqat qishloq xo’jaligida balki barcha boshqa tarmoqlarda ham investitsion va innovatsion faollikni oshiradi hamda ijtimoiy ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantiradi. Natijada agrar sohadagi iqtisodiy siyosatning samaradorligi oshadi. Davlat va hususiy biznes hamkorligini rivojlantirish qishloq xo’jaligidagi ilmiy izlanishlarga turtki bo’ladi va mahsulot yetishtirishdagi ijobiy o’zgarishlarga olib keladi hamda viloyatlardagi ko’pchilik firma va tashkilotlar bu ish bilan shug’ullanishga kirishib, ko’p miqdordagi yangi ish joylari yaratadilar. Ammo bu ishni amalga oshirish uchun jahonning ko’pchilik mamlakatlarida bu boradagi yig’ilgan qimmatli tajribani (ilobiy va salbiy jihatlarini) o’rganib chiqish va ularni mamlakatimiz qishloq xo’jalagiga tadbiq qilish lozim.

Download 31,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish