Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
bizning xozirgi davrdagi zanoatdan tubdan farq qiladi. Juda katta korxonalar va bir xil yumush bilan band bo’lgan industrial shaharlar zamonaviy innovatsion iqtisodiyot uchun kerak emas. Zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan, avtomatik uskunalar, komp’yuterlar va robotlar bilan jihozlangan innovation korxonalar butun boshli shahar aholisi bajaradigan ishni bajarib, undan ko’ra ancha ko’proq raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqara oladi. Bunday zamonaviy texnologiyalar ihcham, tejamkor, deyarli inson ishtirokisiz faoliyat ko’rsatadi va barcha ekologik talablarga javob bera oladi. Misol sifatida, Buyuk Britaniya, Yaponiya va Germaniya 25-30 yillar oldin bunday texnologiyalarga o’tib olganlar va moslashuvchan intellectual avtomatik tizimlar asosida xozirgacha ham raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni davom ettirayaptilar. Ammo O’zbekistonda innovatsion iqtisodiyotga o’tish juda ko’pchilik katta mol-mulk egalarining katta miqdorda mablag’lar ishlatishi kerakligiga olib keladi va xuddi shuning uchun ham ular bu ishga kirishishni istamaydilar. Ularning korxonalari xozirgi paytda keltirayotgan daromadi ularni juda xam qanoatlantirgani uchun (chunki ular juda kam ish xaqqi to’lash hisobiga yuzlab insonlarni o’zlari uchun ishlatishga ko’nikib qolganlar) innovatsiyalar talab qiladigan qo’shimcha pul sarf qilishni o’zlari uchun ortiqcha tashvish deb hisoblaydilar. Xuddi shuning uchun ham juda ko’p katta korxonalarning egalari istamaganlari tufayli innovatsion iqtisodiyot ularga kerak emas. Agar respublika miqyosida innovatsion yo’lga o’tish boshlansa, innovatsiyalarni istamaydigan korxona egalari bo’lgan katta mulkdorlarning o’z mulklarini darhol sotib yuborishdan yoki ilm-fan bilan hamkorlik qilib, innovatsion o’zgarishlar qilishdan o’zga choralari
154 Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
qolmaydi, chunki aks holda ular bankrot bo’lib, barcha mulklaridan va pullaridan ham ajraydilar. Bunday transformatsiya (tizimli o’zgarishlar) oqibatida yirik mulkdorlar sinfi innovatsion iqtisodiyot amal qilishi tufayli tez sur’atlar bilan rivojlanadigan ilm-fan sohasida paydo bo’ladi (chunki ular turli xil texnologiyalarni ishlab chiqaradilar, sotadilar va unga hizmat ko’rsatishlari tufayli pul topadilar), mamlakatda esa texnologiyalar yaratish va unga hizmat ko’rsatish yo’nalishidagi ilmiy-texnik muammolar bilan shug’ullanadigan tashkilotlar soni taxminan 15-20 martagacha ko’payishi mumkin. Chunki barcha halqaro va ichki bozorda muvaffaqiyat qozonmoqchi bo’lgan tadbirkor va mulkdorlar ular orqali yoki ulardan zamonaviy texnologiyalarni sotib oladilar hamda ularning hizmatlaridan foydalanadilar. Shuning uchun ham intellectual mulkka va bilimli ilmiy-texnik xodimlarga bo’lgan talab keskin ko’payadi.
Texnologiyalar tranferi bo’yicha ahvolini yaxshilash uchun bir qancha chora-tadbirlar ko’rilishi mumkin. Masalan, katta horijiy kompaniyalar (transmilliy korporatsiyalar) bilan investitsion shartnomalar tuzishda ularga mahalliy kadrlar tayyorlab berish sharti bilan O’zbekistonda qo’shma yoki horijiy ilmiy-tekshirish marqazi (yoki bo’limi) tashkil qilish hamda mamlakat korxonalarida ilmiy izlanishlar natijalarini aprobatsiya qilishni ko’zda tutadigan bandlarni kiritish mumkin. Respublika viloyatlarining iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash va u yerlardagi aholining ilmiy-texnik darajasini ko’tarish uchun chekka xududlarda yangi texnologiyalar asosida ish joylari tashkil etgan horijiy firmalarga 3-4 yillk muddatga soliqdan ozod qilsh siyosatini yurgazish mumkin. Patetnlashtirilgan texnologiyalarni transfer qilgan va ishlab
155
Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
chiqarish “nay-xay” lariga ega bo’lgan bevosita horijiy investitsiyalarni amalga oshirgan kompaniyalarni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va mahsulot ishlab chiqarishni boshlash sharti bilan 50% li miqdorda soliqdan ozod qilish investitsiyalarga bo’lgan qiziqishni oshirar edi. Texnologiyalar transferi sohasiga hizmat ko’rsatish bilan shug’ullanadigan nodavlat va notijorat tashkilotlarining faoliyatidan olinadigan daromadga ham tegishli normativ-huquqiy baza asosida soliq afzalliklari berish ijobiy natija berar edi. Umuman, yaqin bir necha yillar ichida mamlakat iqtisodiyotida innovatsion jarayonni samarali rivojlantirish uchun imkoniyat darajasida rivojlangan mamlakatlarning ilmiy-texnik va ishlab chiqarish texnologik imkoniyatlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo’lar edi. Bu ish yuqori samarali yangi texnologiyalarga litsenziyalar sotib olish va ularni O’zbekistonlik olimlar va injener-texnik xodimlar yordamida ishlab chiqarishga tadbiq qilish va bozorlarga chiqarish orqali ham amalga oshirilishi mumkin.
Ommaviy axborot vositalarida innovatsiyalarning tashviqoti keng aholi ommasining ijodiy faolligini oshiradi hamda yangicha firklaydigan insonlarni va ijod qilishga undaydigan yangihca hayot tarzini vujudga keltiradi. Shuning uchun ham innovatsiyalarning ijtimoiy-siyosiy ahamiyatini keng tashviqot qilish davlat information siyosatining asosiy masalalaridan biri bo’lishi lozim. Bu muammoni hal qilish jamiyat a’zolarida mamlakatning innovatsion rivojlanishiga nisbatan katta qiziqish va ijobiy yondoshuv uyg’otadi. Buning uchun esa aholi hayoti sifatini oshirish va uning moddiy ta’minlanishini yaxshilash uchun innovatsiyalar hayotiy muhimligini televidenie, radio, oynoma, kunnoma va electron nashrlarda hamda turli anjumanlarda batafsil
156 Toshkent Moliya instituti
Do'stlaringiz bilan baham: |