Takrorlash
MAVZU 2-nazorat ishi tahlili
MAQSAD: A) ta’limiy maqsad - O’quvchilar yo’l qo’ygan hatolar ustida ishlash
B) tarbiyaviy maqsad –o’quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash
C) rivojlantiruvchi maqsad – o’quvchilar ongiga ijod qilish g’oyasini singdurish
DARS TURI: umumlashtiruvchi
USLUB: an’anavuy
JIHOZ:darslik
DARSNING BORISHI:
I. Tashkiliy davr : A) salomlashish
. B) davomatni aniqlash
II. UY VAZIFASINI SO’RASH
A)Mashqlar orqali.
Savollar orqalli
III.YANGI MAVZU BAYONI
Oiquvchilar yo’l qo’ygan hatolar ustida ishlayman
IV.MUSTAHKAMLASH
Izohlash orqali
V.BAHOLASH MEZONI
Ishtirokiga qarab
VI.UYGA VAZIFA
Takrorlash
MAVZU 21- darsMATN MAVZUSI
MAQSAD: A) ta’limiy maqsad - O’quvchilarbilan o’tilgan mavzuni takrorlash
B) tarbiyaviy maqsad –o’quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash
C) rivojlantiruvchi maqsad – o’quvchilar ongiga ijod qilish g’oyasini singdurish
DARS TURI: umumlashtiruvchi
USLUB: an’anavuy
JIHOZ:darslik
DARSNING BORISHI:
I. Tashkiliy davr : A) salomlashish
. B) davomatni aniqlash
II. UY VAZIFASINI SO’RASH
A)Mashqlar orqali.
5- topshiriq. Tobe so'zi sifat va ravishlardan iborat bo'lgan
birikmalar hosil qiling. Ular ishtirokida gaplar tuzing.
N a m u n a: yaxshi ishlamoq. Bolalar hasharda yaxshi ishladilar
B) Savollar orqalli
1.Boshqaruv munosabati qanday hosil qilinadi?
2.So'zlarning qanday birikuvini moslashuv deymiz?
3.So'zlarning o'zaro teng bog'lanishi tobe bog'lanishdan nimasi bilan farqlanadi?
III.YANGI MAVZU BAYONI
IV.MUSTAHKAMLASH
A)mashqlar orqali
69- mashq. Quyidagi insho mavzularini qiyoslang. Ularning qaysi biri voqeani kengroq tasvirlashi mumkin? Nima uchun? Ikkinchi mavzuga sarlavha toping va matn tuzing:
Yozgi ta'tilda.
Ta'til kunlarining birida.
Yozgi ta'tilning so'nggi kunlari.
70- mashq. 1- topshiriq. O'quvchi tuzgan ertakka sarlavha tanlang.
Bu matnni mazmun jihatdan uch qismga qanday bo'lish mumkin? Ertakda nimalar haqida kengroq, nimalar haqida qisqaroq to'xtalish kerak edi?
Bir bor ekan, bir yo'q ekan, bir Ozodbek degan bola bor ekan. U maktabda hamma fanlardan a'lo baholarga o'qir ekan.
Bir kuni darsda rasm o'qituvchisi shunday deb so'z boshlabdi:
— Bolalar, bugun «Kimning qushi chiroyli?» mavzusida rasm tanlovi o'tkazamiz. Har kim o'zi sevgan qushning rasmini chizsin. Qani, kimning qushi chiroyli ekan? — debdi.
Kimdir bulbulning, kimdir laylakning, yana kimdir to'tining rasmini o'rinlatib chizibdi. Ozodbek esa humo qushining rasmini chiza boshlabdi. U awallari ham bu qushning rasmini ko'p chizgan. U hamma qushlar ichida humoni yaxshi ko'rar ekan. Chunki humo qushi odam- larga baxt keltirar ekan.
Bu qush gerbimizdan joy olib, qanotlarini yozib, uchishga shay bo'lib turarkan.
Ozodbekning humo qushi tanlovda g'olib bo'libdi.
(G'ayrat Usmonov, Asaka shahridagi 9- maktab o'quvchisi)
2- topshiriq. Ertakni tuzatib, to'ldirib ko'chiring.
71- mashq.: 1- topshiriq. Matnga sarlavha tanlang. Unga «Doniyorlarning yangi uyi», «Baland uyda yashash zavqi», «Yana qo'shni bo'lib qolgani yaxshi bo'ldi» sarlavhalaridan qaysi biri ko'proq to'g'ri keladi? Birinchi va oxirg'i xatboshi- (abzas)lardagi gaplarni bog'layotgan vositalarni aniqlang.
Doniyor o'n ikkinchi qavatning ayvonida o'tirib atrofni tomosha qilardi. Balandda yashash qiziq bo'lar ekan. U yerdan shaharning talay qismi, hatto olisdagi oppoq tog' cho'qqilari ham ko'rinardi.
Doniyorlarning avvalgi uyi Eski shaharning qoq o'rtasida edi, desa bo'ladi. Torgina jin ko'chada turishardi. Shu paytgacha xuddi quduqqa tushib yashayotganligini sezmas ekan. Mana endi «osmon-u falak»ka chiqib oldi. Balkonda o'tirib, olis-olislarni tomosha qilish mumkin. Hov, ana savdo markazining muhtasham binosi, orqasida odamlar yashay- digan osmono'par uylar; yonida «Chorsu» mehmonxonasi. Eski sha- har bozorining qubbasi, «Ko'kaldosh» madrasasi...
Ha, yangi uy Doniyorga yoqdi. Yana bir yaxshi tomoni — mahallalaridan besh-olti xonadon shu uyga ko'chib kelgan. Ming qilsa ham eski qadrdonlar... Begonalarning orasiga tushib qolsang, til topishib olguncha ancha vaqt o'tadi. Ayniqsa, Ergashlarning ham shu ko'p qavatli uyga ko'chishgani zo'r bo'ldi.
Ergash — Doniyorning sinfdoshi, yoshlikdan birga o'sgan sodiq do'sti. Juda alomat bola, u bilan yurgan odam sira zerikmaydi...
(F. M.)
2- topshiriq. Matndan boshqaruv munosabatidagi so'z birikmalarini ajratib yozing va hokim so'zlarning turkumini ayting.
B)savollar orqali
V.BAHOLASH MEZONI
Ishtirokiga qarab
VI.UYGA VAZIFA
72- mashq. Uyga vazifa. Quyidagi matnga sarlavha toping. Uni davom ettira olasizmi? Gaplarni mazmunan bog'layotgan vositalarni ko'rsating.
Qish. Sovuq shamol esadi. Qor yog'moqda. Zahro hovliga chiqdi.
U bahorda olma ko'chati ekkan edi. Hozir ko'chat oppoq qorga burkangan. Ko'chat ostida chiroyli bir sa'va o'ziga don axtarar edi. Zahro qushni tomosha qilib turdi. Sa'va «chvi-chvi»lab, olmaning u shoxidan bu shoxiga sakrab o'tdi. Zahro «Qushning qorni ochganga o'xshaydi, don topa olmaganidan yig'layapti» deb o'yladi-da, yugu- rib uyiga kirib ketdi...
Do'stlaringiz bilan baham: |