Ona tili
MAVZU 23- darsSO'Z BIRIKMASI VA QO'SHMA SO'Z
MAQSAD: A) ta’limiy maqsad - O’quvchilarga mavzu haqida bilim berish
B) tarbiyaviy maqsad –o’quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash
C) rivojlantiruvchi maqsad – o’quvchilar ongiga ijod qilish g’oyasini singdurish
DARS TURI: umumlashtiruvchi
USLUB: an’anavuy
JIHOZ:darslik
DARSNING BORISHI:
I. Tashkiliy davr : A) salomlashish
. B) davomatni aniqlash
II. UY VAZIFASINI SO’RASH
A)Mashqlar orqali.
75- mashq. Uyga vazifa. «0'zbek tilining izohli lug'ati»dan foydalanib, so'z birikmasi va so'zning ma'nodoshligiga misollar topib yozing.
B)Savollar orqalli
1.So'z birikmasi va so'zning o'xshash va farqli xususiyatlari haqida gapiring.
2.Nega so'zga leksik hodisa sifatida, so'z birikmasiga grammatik hodisa sifatida qaraymiz? Fikringizni misollar asosida tushuntiring.
3.Ba'zi so'zlar (masalan, rassom so'zi) ifodalaydigan ma'noni nega so'z birikmasi holatidagi birliklar (masalan, mo'yqalam ustasi) asosida ifodalaymiz?
III.YANGI MAVZU BAYONI
— Bilib oling. So'z birikmasida ham, qo'shma so'zda ham qismlar bir xildagi so'z turkumlariga oid bo'lishi, har ikkalasi ham bir xil grammatik shaklga ega bo'lishi mumkin. Masalan, oq qush — oqqush (har ikkisida ham sifat+ot), suv ilon — suvilon (har ikkisida ham ot+ot).
Bu ularning shakliy o'xshashligidir. Lekin so'z birikmasidagi qismlar ma'no mustaqilligini saqlagan bo'ladi. Qo'shma so'z tarkibidagi qism- larning ma'nosi esa saqlanmagan bo'lib, qo'shma so'zning umumiy ma'nosi orqali anglashiladi.
So'z birikmasidagi qismlar orasida grammatik aloqa sezilib turadi, qo'shma so'z qismlari orasidagi grammatik aloga esa yo'qolgan bo'ladi.
So'z birikmasini tashkil qilgan qismlarning har biriga alohida- alohida so'roq berish mumkin: kitobni (nimani?) o 'qimoq, uydan (qayer- dan?) chiqmoq kabi. Qo'shma so'zlarga esa yaxlit bir savol berish mumkin: kungaboqar (nima?), kamquwat (qanday?).
So'z birikmasining qismlari o'z mustaqil so'z urg'usini saqlagan bo'ladi (uyning eshigi, xatni o'qidim, tez yugurdi), qo'shma so'z esa umumiy bir urg'uga ega bo'ladi (oqko'ngil, bilakuzuk, Yangiqo'rg'on).
Qo'shma so'zlarning ko'pchiligi tarixan so'z birikmalari asosida yuzaga kelgan.
IV.MUSTAHKAMLASH
A)mashqlar orqali
76- mashq. Berilgan gap juftliklaridagi ajratib ko'rsatilgan til bir- liklarini qiyoslab, ularning ma'nolaridagi va yozilishdagi farqlarini aniqlang.
1. Dori bosh og'rig'ini darrov qoldirdi. «Boshog'riqni ko'paytirmang», — dedi rahbarimiz. 2. Qayerdandir oq qushlar uchib keldi. Bola jarohatlangan oqqushni davoladi. 3. Qiziqchi qizil ishton kiygan edi. Qizilishton daraxt po'stlog'i orasidagi qurtlarni terib yeydi. 4. Qi- zilurug' kechroq unadi, lekin ko'p hosil beradi. Qizil urug'dan ungan ko'chatlar sog'lom rivojlandi. 5. Maktab direktori kotiba olib kirgan hujjatlarga qo'l qo'ydi. Rahimjon ma'yus holda so'ri suyanchig'ga qo'l qo'ydi.
77- mashq. So'z birikmalaridan hosil qilingan qo'shma so'zlarga misollar toping.
78- mashq. Gaplardagi so'z birikmalari va qo'shma so'zlarni guruhlab yozing. Ularning o'zaro o'xshash va farqli jihatlarini tu- shuntiring.
1. Ertasiga yana allaqayoqda bo'g'iqqina momaqaldiroq guldurab, beozorgina yomg'ir sevalab o'tdi, bo'liq tuproq hidi anqidi. (As.M.) 2. Azim va chuqur daryolar shovqinsiz oqadi, sayoz jilg'alar esa sershovqin oqadi, oqil va g'ayratli kishilar kam gapirib, ko'p ish qiladilar. (R.Usmonov) 3. Norbobo belbog'ini qaytadan bog'lab, ikki qo'li bilan belini siqib qo'ydi. (Oydin) 4. Anhor bo'yidagi hovlilarning ochiq eshiklaridan ozoda supalar, sadarayhon, namozshomgullar ko'rindi. (S. A.)
B)savollar orqali
1.So'z birikmasi va qo'shma so'zning o'zaro o'xshash jihatlarini misollar asosida tushuntiring.
2.So'z birikmasi va qo'shma so'zning farqli xususiyatlarini sharhlab be ring.
3.So'z birikmasi va qo'shma so'z qishmlarida urg'uning o'rni qanday?
V.BAHOLASH MEZONI
Ishtirokiga qarab
VI.UYGA VAZIFA
79- mashq. «Adabiyot» darsligingizdagi biror badiiy parchadan qo'shma so'zlar qatnashgan 3 ta gap topib ko'chiring. Ulardagi so'z birikmalarini guruhlab yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |