Ona tili
MAVZU 19 – dars TENG BOG'LANISH VA TOBE BOG'LANISH
MAQSAD: A) ta’limiy maqsad - O’quvchilarga mavzu haqida bilim berish
B) tarbiyaviy maqsad –o’quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash
C) rivojlantiruvchi maqsad – o’quvchilar ongiga ijod qilish g’oyasini singdurish
DARS TURI: umumlashtiruvchi
USLUB: an’anavuy
JIHOZ:darslik
DARSNING BORISHI:
I. Tashkiliy davr : A) salomlashish
. B) davomatni aniqlash
II. UY VAZIFASINI SO’RASH
A)Mashqlar orqali. 64- mashq. Bitishuv, boshqaruv va moslashuv usullari bilan birikkan so'z birikmalarining har biriga 5 tadan misol yozing.
B) Savollar orqalli
So'z birikmasida so'zlarni bog'lashga xizmat qiluvchi vositalar qaysilar? Misollar bilan izohlang.
So'z birikmasi tarkibidagi hokim va tobe so'zlarning o'zaro birikishi
necha usul bilan yuz beradi? Ular qaysilar?
Bitishuv usuli bilan so'zlarning birikishiga misollar keltiring.
Boshqaruvda so'zlar o'zaro nimalar vositasida birikadi?
So'zlarning qanday birikuvini moslashuv deymiz?
III.YANGI MAVZU BAYONI
So'zlarning o'zaro bog'lanishi ikki xil bo'ladi:
teng bog'lanish — ikki so'zning teng huquqli, biri ikkin- chisiga bo'ysunmay bog'lanishi: opam va kitob, uy va torn kabi.
tobe bog'lanish — bir so'zning (tobe so'zning) boshqa bir so'zga (hokim so'zga) bo'ysunishi orqali bog'lanishi: opamning kitobi, uyning tomi kabi.
So'zlarning teng bog'lanishi so'z qo'shilmalarini hosil qiladi. So'z qo'shilmasida har bir so'z ma'no mustaqilligini, alohida-alohida narsalarni nomlab kelish xususiyatini saqlab qoladi: opam va kitob, siz bilan biz kabi.
So'zlarning tobelanish asosida bog'lanishi so'z birikmalarini hosil qiladi va so'z birikmasi ikki va undan ortiq so'zdan iborat bo'lishiga qaramay, bitta tushunchani ifodalaydi: opamning kitobi, qizil gul, uyga kirmoq So'z qo'shilmalarida so'zlar sanash ohangi (yozuvda vergul) yoki teng bog'lovchilar vositasida birikadi.
IV.MUSTAHKAMLASH
A)mashqlar orqali
mashq: 1- topshiriq. Berilgan juftliklarni qiyoslab, ular orasidagi
farqni izohlang.
1) Karimjonning akasi — Karimjon va akasi; 2) aytib chiqdi — aytdi, chiqdi; 3) mening otam — men bilan otam; 4) gazetadagi maqola — gazeta va maqola; 5) onasining qizi — onasi va qizi.
2- topshiriq. Berilgan juftliklardagi so'zlarning tartibini o'zgartirib
ko'ring. Qanday xulosaga kelganingizni ayting.
mashq 1- topshiriq. Berilgan misollarda so'zlar qanday vositalar
bilan o'zaro birikkanligini aniqlang.
1) Abdusattor, Qahramon, Botir va men; 2) yer-u osmon; 3) oy-u quyosh; 4) Sarvinoz yoki Diyora; 5) ba'zan qor, ba'zan yomg'ir; 6) na kitob, na daftar; 7) ko'z hamda quloq.
2- topshiriq. Yuqorida berilgan so'z qo'shilmalarini qo'llab gaplar tuzing.
67- mashq. So'z qo'shilmalarini qo'llab, 2—3 tadan gap tuzing. So'z qo'shilmalari qanday vosita yordamida hosil qilinganligini izohlang.
B)savollar orqali
So'zlarning o'zaro teng bog'lanishi deganda nimani tushunasiz?
So'zlarning o'zaro tobe bog'lanishini misollar asosida tavsiflang.
«So 'z birikmasi» va «so 'z qo 'shilmasi»ning farqi nimada ?
V.BAHOLASH MEZONI
Ishtirokiga qarab
VI.UYGA VAZIFA
68- mashq. Uyga vazifa. Rasmni kuzating, undagi tasvir asosida 5— 6 gapdan iborat matn tuzing. Gaplardagi so'z birikmalarini va so'z qo'shilmalarini aniqlang va bog'lovchi vositalarni izohlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |