(Uyg'un)
2.
|
O'zbekiston — Vatanim
|
2.
|
Besh asrkim nazmiy saroyni
|
|
manim.
|
|
Titratadi zanjirband bir sher.
|
|
|
|
(A. Oripov)
|
3.
|
Mehnat baxt keltirar.
|
3.
|
Suv — zar, suvchi — zargar.
|
|
|
|
(Maqol)
|
4.
|
Suv — hayot manbayi.
|
4.
|
Mehnat, mehnatning tagi rohat.
|
|
|
|
(Maqol)
|
52- mashq. Quyidagi insho mavzulariga mos keluvchi epigraflar toping.
Alisher Navoiyning «Topmadim» g'azali tahlili.
Muqimiy satirasida mahalliy amaldorlarning fosh qilinishi.
A. Qodiriy — tarixiy romanlar ustasi.
Zaynab obraziga tavsif.
mashq. «0'zbekistonimning ertasi», «Yangi asr orzulari», «0'. Ho- shimov asarlarini sevib o'qiyman», «Men sevgan adabiy qahramon» mavzularining biriga reja tuzing va epigraf tanlang.
B)savollar orqali
Epigraf nima? Inshoga epigraf qanday tanlanadi?
Barcha insholarda epigraf bo'lishi shartmi?
Epigraf inshoning qaysi qismida joylashadi, unda qanday finish belgilari qo'yiladi?
V.BAHOLASH MEZONI
Ishtirokiga qarab
VI.UYGA VAZIFA
mashq. Uyga vazifa. «Ma'naviyat — qalbim quyoshi», «Men ozod
Vatan farzandiman», «Onajonim — mehribonim» mav- zularidan birini tanlab uy inshosi yozing. Insho mazmuniga mos keluvchi epigraf qo'yishga harakat qiling.
Ona tili
MAVZU 16- dars SINTAKSIS HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
MAQSAD: A) ta’limiy maqsad - O’quvchilarga mavzu haqida bilim berish
B) tarbiyaviy maqsad –o’quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash
C) rivojlantiruvchi maqsad – o’quvchilar ongiga ijod qilish g’oyasini singdurish
DARS TURI: umumlashtiruvchi
USLUB: an’anavuy
JIHOZ:darslik
DARSNING BORISHI:
I. Tashkiliy davr : A) salomlashish
. B) davomatni aniqlash
II. UY VAZIFASINI SO’RASH
A)Mashqlar orqali.
mashq. «Ma'naviyat — qalbim quyoshi», «Men ozod
Vatan farzandiman», «Onajonim — mehribonim» mav- zularidan birini tanlab uy inshosi yozing. Insho mazmuniga mos keluvchi epigraf qo'yishga harakat qiling.
Savollar orqalli
1.Epigraf nima? Inshoga epigraf qanday tanlanadi?
2.Barcha insholarda epigraf bo'lishi shartmi?
3.Epigraf inshoning qaysi qismida joylashadi, unda qanday finish belgilari qo'yiladi?
III.YANGI MAVZU BAYONI
Bilib oling. Biz foydalanayotgan til turli birliklardan, vosita- lardan iborat. Ularning har biri tilda o'zining muhim vazifasini bajara- di. Tahlil qilganda til birliklari ajratiladi, aniqlanadi va izohlanadi. Bilib oling. So'zlarning tildagi muayyan qonun-qoidalar asosida o'zaro birikuvidan so'z birikmalari va gaplar hosil bo'ladi. So'z birikmalari va gaplar o'z qurilishi va ifoda mazmuniga ko'ra farqlanadi.
So'z birikmalari va gaplarning qurilishi va ifoda xususiyatlarini o'rganuvchi tilshunoslik bo'limi sintaksis deyiladi.
Sintaksis so'zlarning bir-biri bilan boqlanishi hamda gap tuzilishi qonun-qoidalarini o'rganganligi uchun unda: 1) so'z birikmasi sin- taksisi; 2) gap sintaksisi kabi bo'limlar mavjuddir.
Gap og'zaki nutqda ma'lum bir ohang bilan aytiladi. Bu ohang yozuvda tinish belgilari bilan ifoda etiladi. Tinish belgilari qo'llanishi haqidagi qoidalar yig'indisi punktuatsiya deyiladi.
Har qanday til o'zining nutq tovushlari, so'zlari (iboralari) va qo'shimchalaridagi imkoniyatlarini sintaksisda, ya'ni gap qurilishida namoyon qiladi.
IV.MUSTAHKAMLASH
A)mashqlar orqali
topshiriq. O'qing. Ushbu matnda nechta gap borligini ayting.
Bo'ston qishlog'iga og'ir-vazmin qadamlar bilan kuz kirib keldi. Havoga yelpig'ichday qat-qat bulutlar chiqdi. Quyoshning iliq, tansiq nurlari odamlarga xush yoqadigan bo'lib qoldi. Chor atrof yaproqlarning mungli shivir-shiviriga to'ldi. (O'.H.)
topshiriq. Quyidagi gapda nechta so'z birikmasi borligini aniqlang.
Katta sement ko'prik ustidan mashinalar tinimsiz o'tib turibdi. (S.A.)
topshiriq. Har bir gapda nechtadan so'z borligini aniqlang.
1. Tebranib yonayotgan sham zo'r mo'jizaday hammaning diqqatini jalb qilgan edi. (A.Q.) 2. Otni tepmaydi dema, itni qopmay- di dema. (Maqol) 3. Anvar do'stining gap boshlaganidan quvonib ketdi. (O'.H.) 4. Jannat xola shoshib yo'lakka yugurdi. (S.A.)
topshiriq. Mushuk, piyoz, chclak, stul so'zlaridagi tovushlar miq-
dorini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |