Ona tili
MAVZU 18 – dars SO'Z BIRIKMASIDA SO'ZLARNING O'ZARO BIRIKISH USULLARI
MAQSAD: A) ta’limiy maqsad - O’quvchilarga mavzu haqida bilim berish
B) tarbiyaviy maqsad –o’quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash
C) rivojlantiruvchi maqsad – o’quvchilar ongiga ijod qilish g’oyasini singdurish
DARS TURI: umumlashtiruvchi
USLUB: an’anavuy
JIHOZ:darslik
DARSNING BORISHI:
I. Tashkiliy davr : A) salomlashish
. B) davomatni aniqlash
II. UY VAZIFASINI SO’RASH
A)Mashqlar orqali.
59- mashq. Gapdagi so'z birikmalarini aniqlovchili birikmalar, to'ldiruvchili birikmalar va holli birikmalar kabi guruhlarga ajratib ko'chiring.
Shaharda ko'p qavatli baland binolar qurish avj olgan.
B)Savollar orqalli
1.So'zlarning qanday birikuviga so'z birikmasi deyiladi?
2.So'z birikmasidagi bosh so'z va tobe so'zni misollar asosida tavsiflab bering. Otli so 'z birikmasi va fe 'Hi so 'z birikmasiga misollar keltiring. Ular nega shunday ataladi?
3.So'z birikmasida hokim so'z va tobe so'zlarning joylashuvi haqida
so 'zlang
III.YANGI MAVZU BAYONI
Bilib oling. So'z birikmalari tarkibidagi tobe va hokim so'zning hech qanday qo'shimchasiz, faqat ohang va ma'nosiga ko'ra bog'lanishi bitishuv deyiladi: tez termoq, chiroyli gapirmoq, ishchan o'quvchi, mehribon murabbiy.
Tobe so'zning hokim so'zga tushum, jo'nalish, o'rin-payt va chiqish kelishigi qo'shimchalari yoki ko'makchilar yordamida bog'lanishi boshqaruv deyiladi: do'stlarni hurmat qilmoq, g'alaba uchun kurashmoq, yoshlarga g'amxo'rlik qilmoq, sharoitga ko'ra yon- dashmoq.
Tobe so'zning hokim so'zga qaratqich kelishigi qo'shimchasi yordamida, hokim so'zning esa tobe so'zga egalik qo'shimchalari yordamida bog'lanishi moslashuv deyiladi: kitobning muqovasi, xonalarning kattarog'i, bizning sinfimiz, sizning ukangiz
IV.MUSTAHKAMLASH
A)mashqlar orqali
mashq. Berilgan so'z birikmalari tarkibidagi ajratilgan vosita-
lardan qaysi birlari so'zlarni bir-biriga bog'lashga, qaysi birlari esa lug'aviy ma'noga qo'shimcha ma'nolar berishga xizmat qilishini aniqlang. Fikringizni isbot- lang.
Choynakdan kattaroq, o'quvchining sovg'alari, qalam bilan chiz- moq, kitobning muqovasi, g'oliblik uchun kurashish.
mashq. Berilgan so'z birikmalarini quyidagi belgilar asosida uch
guruhga ajrating: 1. Tobe so'z hokim so'z bilan faqat ohang va ma'nosiga ko'ra birikkan (egalik, kelishik qo'shimchalari, ko'makchilar yo'q). 2. Tobe so'z hokim so'z bilan kelishik (qaratqichdan boshqa) qo'shimchalari yoki ko'makchilar yordamida birikkan. 3. Tobe so'z qaratqich kelishigi, hokim so'z esa egalik qo'shimchalari yordamida birikkan.
Nazirjonning do'stlari, erta turmoq, bog'ga kirmoq, uydan chiq- moq, bolalardan biri, katta xona, bemor uchun dori, maktabimiz- ning jamoasi, xonani bezamoq, shaharda yashamoq, oltin uzuk, do'stlar bilan uchrashuv, o'quvchiga e'tibor.
mashq. 1- topshiriq.Berilgan so'z juftlaridan bitishuv, boshqaruv
va moslashuv usullari bilan so'z birikmalari hosil qiling, ular ishtirokida gaplar tuzing:
1) tilla, tish; 2) masala, yechmoq; 3) o'rtoqlar, suhbatlashmoq; 4) quvnoq, yashamoq; 5) shahrimiz, ko'chalar; 6) Salima, ko'rishish; 7) qizil, olma.
2- topshiriq. Hosil qilingan so'z birikmalaringizning hokim so'zi fe'l yoki ot turkumiga mansubligiga ko'ra: 1) fe'lli so'z birikmalari; 2) otli so'z birikmalari kabi guruhlarga ajrating.
mashq. Matnni o'qing. Ajratilgan so'z birikmalarida aniqlovchi va
to'ldiruvchining belgili yoki belgisiz shakllarda kelgan- ligini aniqlang.
ONA YURT SOG'INCHI
Vatan nima o'zi? Vatan — ona allasi taralgan, beshiging izlari chizilgan zamin. Ajdodlaring ko'milgan qabriston, ota-onangning izlari qolgan ko'chalar, sening lahjangda so'zlashadigan, qosh-u ko'zi xud- di sening kabilar yashaydigan qadrdon yer — Vatandir!
Birinchi bor bahorni tanigan, ilk bor varrak uchirgan, birinchi marta hayitlik olgan joying, birinchi o'qituvchi, birinchi muhabba- tingni tanitgan makon — Vatandir!
O'z jonidan yaratgani uchun ham ona yaxshi-yu yomon bolasini tishida tishlab o'tadi. Vatan ham o'shanday bag'ri keng. Qadamlaringni ko'ksiga qo'yib, suyab yashaydi seni.
Osmoni ko'rpang, maysasi dimog'ingni bosib yotadigan muat- tar bolishingdir. Vatan mung'aygan tandirli, pastakkina tomli kulbangdan boshlanadi. Unga bo'lgan muhabbating ham shu ostonada tug'iladi.
(T. Socliqova)
B)savollar orqali
So'z birikmasida so'zlarni bog'lashga xizmat qiluvchi vositalar qaysilar? Misollar bilan izohlang.
So'z birikmasi tarkibidagi hokim va tobe so'zlarning o'zaro birikishi
necha usul bilan yuz beradi? Ular qaysilar?
Bitishuv usuli bilan so'zlarning birikishiga misollar keltiring.
Boshqaruvda so'zlar o'zaro nimalar vositasida birikadi?
So'zlarning qanday birikuvini moslashuv deymiz?
V.BAHOLASH MEZONI
Ishtirokiga qarab
VI.UYGA VAZIFA
64- mashq. Bitishuv, boshqaruv va moslashuv usullari bilan birikkan so'z birikmalarining har biriga 5 tadan misol yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |